Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja


Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi


Download 83.13 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi83.13 Kb.
#1491861
1   2   3   4   5
Bog'liq
Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja

2. Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi

2-jahon urushidan so`ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G’arbiy Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 1948 yildan boshlab bu g`oyalar Adenaurer-Erxard davlat doktrinasi statusiga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari V.Rebne, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishining barcha ko`rinishlarini tanqidiga boshchilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari Frayburg universitetida 1948 yildan "Ordo" nomli yillik to`plamni chiqara boshladilar, bu jurnal barcha davlatlar uchun neoliberalizning nazariy minbari rolini o`ynaydi. V.Oyken tomonidan tanlangan "Ordo" so`zi yig`ma bo`lib, erkin bozor xo`jaligining "tabiiiy tizimi" ma'nosini beruvchi mazmunga ega edi. Neoliberilizm G’arbiy Germaniya doktrinasi "Oyken maktabi" ta'siri ostida hatto "Ordoliberalizm" deb atala boshlandi.


"Ijtimoiy bozor xo`jaligining" mohiyati GFR neoliberalizm nazariyotchilari "erkin bozor" va adolatli taqsimot prinsiplarini "ijtimoiy tenglik"prinsipi g`oyasi bilan birga qo`shimcha muvaffaq bo`ldilar. Birinchi marta uning konsepsial g`oyasi A.Myuller-Armakning "Xo`jalik boshqaruvi va bozor xo`jaligi" (1947) kitobida izohlanadi, bunda "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" matni ham birinchi bor qo`llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
V.Rebekning "nemis iqtisodiy siyosati to`g`rimi?"(1950) degan kitobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer "ijtimoiy bozor xo`jaligi" modeli mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilinganligini bayon etadi.
V. Rebke xarakteristikasi bo`yicha, "ijtimoiy bozor xo`jaligi" - "iqtisodiy insonparvarlik" sari o`ldir. U o`zining "Insonparvar jamiyat" asarida kollektivizmga - persinolizm, hokimiyat konsentratsiyasiga - erkinlik, sentralizmga - desentralizm, tashkilotchilikka - o`zini-o`zi boshqarishni qarshi qo`yadi va boshqalar. 1957 y. XDS ning navbatdagi syezdida L.Erxard, V.Rebke g`oyalarini qullagan holda GFR da "ijtimoiy bozor xo`jaligi"ning 2- bosqichi boshlanganligini tasdiqladi. 60-yillarda L.Erxard o`z maqolasida avvalo "erkin musobaqa ijtimoiy bozor xo`jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi" deb ta'kidlangan edi. 1965 y. partiyaning navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" ni tashkil etish dasturining nihoyaga etganligini e'lon qildi. Bu dastur mamlakatni "rasmiylashgan jamiyat"ga aylantirildi.
"Rasmiylashgan jamiyat" doktrinasi L.Erxard va uning maslahatdoshlari bo`yicha bu eng yaxshi "tabiiy iqtisodiy tartib" ni izlash bo`lib, unga "ijtimoiy bozor xo`jaligi" orqali yetishish mumkin. Unda ijtimoiy tizim va ishlab chiqarish munosabatlarining besh shakli (tipi), sinflarining antogonizmi to`g`risidagi markscha g`oyalar qat'iyan inkor etiladi. Bu g`oyalar V.Oykenning inson jamiyati uchun faqat ikki tipdagi iqtisodiyot: "Markazdan boshqariladigan" (totalitarizm) va "Almashuv iqtisodiyoti" (boshqacha matn bo`yicha-"erkin, ochiq xo`jalik") xos, konkret tarixiy sharoitlarda biron tip belgilarining ustuvorligi bilan qo`shma shakli ham mavjud bo`ladi.
Valter Oyken (1891-1950) "Milliy iqtisodiyot asoslari" (1947) asarida (9 mrta qayta nashr etilgan) iqtisodiyotni qayta tashkil etishning asosiy shakllarini tiplarga bo`lish muammolarini fundamental ishlab chiqdi. Asli tarixchi bu olim kitobning "Iqtisodiy tizimlar" bobida bir xil jamiyatda ikkita ideal iqtisodiyot tiplari o`zaro birga yashaydi, bular almashuv va markazdan boshqariladigan iqtisodiyotlardir. Markazdan boshqariladigan iqtisodiyotga xos narsa shuki, har kungi jamiyatning iqtisodiy hayoti bir markazdan keluvchi reja (plan)lar bilan tartibga solinadi. Agar jamiyat iqtisodiyoti ikki yoki undan ortiq alohida xo’jaliklardan iborat bo`lsa (ularning har biri o`z rejalarini tuzadi va amalgi oshiradi), bu "almashuv iqtisodiyoti" sistemasidir.
Turli tarixiy sharoitlarda ko`pinsa bu sistemalar aralash holda bo`ladi, bu bir qancha misollar bilan isbotlab beriladi. Shu bilan birga, Oyken bo`yicha, eslab o`tilgan tiplar uch shaklda amalga oshadi, uning har biri quyidagicha ta'riflanadi: a)totalitar markazdan boshqariladigan iqtisodiyot (almashuv umuman inkor etiladi; mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot va iste'mol ohirgi maydo-chuydaga markaziy boshqarma buyruqlari asosida amalga oshiriladi); b) iqtisodiyotni markazdan boshqarish asosida iste'mol mollarini erkin almashuv (markaz tomonidan belgilanadigan "ishlab chiqarish kuchlaridan" foydalanish usullari, ishlab chiqarish jarayonining vaqtli tarkibi, maxsulotlarni taqsimlash usullari va boshqalar asosida amalgi oshiriladi. 1-variantdan farqli ravishda bu yerda iste'molchilar almashuv yo`li bilan ajratilgan iste'mol mollariga o`zgartirishlar kiritishlari mumkin); v) erkin iste'mol tanlovi asosidagi markazdan boshqariladigan iqtisodiyot (boyliklarni iste'mol uchun odatda markaziy inspatsiya ishlab chiqarishni belgilagan maxsulotlar ichidan erkin tashlash mumkin).
"Eruiye bozor xo`jaligi" avtomatik ravishda faoliyat yurita olmasligini V.Rebke va L.Erxard, ishlab chiqarish anarxiyasining har qanday ko`rinishlariga qarshi davlatning shunga muvofiq choralarni qo`llash uchun iqtisodiyotga aralashuvi zarurligi tan olinadi. Bu aralashuv erkin va ijtimoiy zarur jamiyat tuzumi sintezi (qo`shilishi)ni ta'minlashi kerak. Rebke-Erxardning obrazli ifodasiga ko`ra, davlat roli futbol maydonidagi sudya (arbitr) bilan tenglashtiriladi, arbitr futbol komandalari o`yinini ma'lum qoidalar asosida diqqat bilan kuzatib va boshqarib boradi, ammo, o`yinda bevosita ishtirok etishiga haqqi yo`q. Boshqa so`z bilan aytiladigan bo`lsa, davlat erkin bozor xo`jaligining ideal tipi bo`lgan "ijtimoiy bozor xo`jaligi" faoliyati sharoitini ta'minlash uchun erkin raqobat ("halol o`yin") "qoida"larining saqlanishi ustidan nazoratini olib borishi kerak. Undan tashqari davlat baho shakllanishi sharoitini nazorat qilishi, monopol baho o`rgatilishiga bo`lgan urunish harakat oldini olishi, monopoliyasiz tovar-pul xo`jaligida xususiy mulkning qo`riqlanishi ustuvor ahamiyatini kafolatlashi kerak.
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi "ijtimoiy bozor xo`jaligi" modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizmning "barcha uchun farovonlik jamiyati" konsepsiyasi bilan hamohangdir. Chunki, ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya va sinfiy antegonizm inkor etiladi. Bu modellardan bundan tashqari davlatning faol ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) g`oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va teng imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida aksionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar barqarorligining o`sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi va boshqalar ko`zda tutiladi.



Download 83.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling