Неоплатонизм


Download 34.78 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi34.78 Kb.
#1374087
1   2   3   4
Bog'liq
НЕОПЛАТОНИЗМ

Yamvlix 280—330 yy.

Siriyada yashagan va ishlagan.
Antik politeizmni tiklashga harakat qilgan.
Matematika, astronomłya, musiqa nazariyasi bilan shugCullangan.

«Pifagor hayoti»
«Xudolar haqida»
«Platoncha ilohiyot»
«Timsollar haqida»

Prokl

Konstantinopolda tug C ilgan,

«Birinchi asoslar ilohiyoti»

410—485

Aleksandriya va Afinada o'qigan. Platon akademiyasining tinglovchisi bo 'Igan.
Plotinning ta'limotini ijodiy rivojlantirib, mantiqiy nihoyasiga ełkazgan.

«Platon ilohiyoti haqida»
Sharhlar

Plotin milodiy205-270yy.) neoplatonizmning asoschisi bo'lib, qadimgi yirik faylasuflarning eng so'nggisidir. Uning hayoti Rim tarixining ayanchli davriga to'g'ri keladi. U tug'ilgan davrda armiya qudratli edi va amaldagi imperatorlarni pora evaziga taxtga o'tkazar edi; shu bilan birga ana shunday yo'l bilan ulami yo'q qilardi. Bunday xatti-harakatlar esa chegara mustahkamligiga putur yetkazar edi. Bu esa shimoldan germanlar, sharqdan forslarni bosqinchilik harakatlariga yo'l ochib berardi. Urushlar va epidemiyalar imperiya aholisining deyarli uchdan bir qismini qirilib ketishiga Olib keldi, aynan shu davrda oshib ketgan soliqlar va kamayib ketgan zahiralar dushman yetib borolmagan chekka hududlarda ham moliyaviy inqirozni yuzaga keltirdi. Ayniqsa, madaniyatning o'chog'i sanalgan shaharlar aziyat chekdi; o'ziga to'q fuqarolar soliq yig'uvchilardan qutulish maqsadida shaharni tashlab qochdilar. Plotin vafotidan keyingi davrdagina yana tartib o'rnatildi, imperiya Diokletian va Konstantinlar ko'rgan keskin choralar natijasida saqlab qolindi.1
Plotinning fikricha, mavjudlikning asosini hissiyotdan, aqldan ustun turuvchi g'ayritabiiy, ilohiy tamoyil tashkil etadi. Borliqning barcha shakllari unga bog'liq. Plotin bu tamoyilni mutlaq borliq deb ataydi va uni aql bilan bilish mumkin emas; uni faqat qalban bilish mumkin, deb tushuntiradi.
Plotin ta'limotiga ko'ra, xudo birinchi va yagona borliq bo'lib undan asta-sekin, bosqichma-bosqich avval aql, so'ngra ruh va undan keyin tabiat nurlanib chiqadi. Buni u, yorug'likdan qorong'ulikka,mukammallikdan nomukamallikka qarab boruvchi emanatsiya jarayoni sifatida tasavvur etadi. (9-ilova).
9-ilova

Download 34.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling