Markaziy nerv sistemasi. Sut emizuvchilarda va odamlar MNS bir tomondan, barcha to’qima va xujayralarni bog’lab, ular integratsiyasini taminlasa, ikkinchsi tomondan organizmni tashqi muhit bilan bog’lab turadi. Nerv sistemasining asosiy ishlash mexanizmi refleksdir. Refleks retseptorlarda yuzaga keladigan qo’zgalishga nisbatan nerv markazidagi javob reaktsiyasidir. I.P. Pavlov «refleks» terminini quyidagicha tushuntiradi: «Refleks – retseptorlar yordamida qabul qilingan va organizmning ma’lum bir faoliyati bilan bog’lik bo’lgan tashqi agentlarlarning nerv bog’lanishidir». Xar qanday refleksning yuzaga kelishi uchun reflektor yoy kerak. Reflektor yoy quyidagi elementlardan tashqil topgan. - Retseptor (lotincha receptor – qabul qiluvchi )’
- Afferent yoki sezuvchi nerv tolasi, qaysikim ta’sirni markazga olib boradi.
- Nerv markazi, oralik nerv xujayralari,, sinapslar, qaysikim ta’sirni afferent nervdan efferent nervga o’tkazib beradi.
- Efferrment yoki harakatlantiruvchi nerv tolasi.
- Effektor – ishchi organ. Oddiy reflektor yoyi ikkita neyrondan iborat bo’ladi. Ko’pchilik reflektor yoylar esa bir necha neyronlardan iborat bo’ladi.
MNS faoliyatining koordinatsiya qilinishi . MNS da asosiy nerv protsesslari bo’lmish qo’zg’alish va tormozlanish ma’lum bir bog’langan tartibda, qonuniyatga bo’ysingan holda olib boriladi. M.N.S. xar qanday oddiy reflekslarni ham ma’lum tartibga solib turadi. Nerv prtseslarning irradiatsiyasi va qontsetratsiyasi yuqorida aytib o’tagnimizdek asosiy nerv protseslari hisoblangan, qo’zgalish va tormozlanish u yoki bu nerv markazlarida hosil bo’lib, MNS – si bo’ylab keng tarqalish xususiyatiga ega. Biron markazda hosil bo’lgan kuzgalishning nerv sistemasi buylab tarqalishi irradiatsiya deyiladi. Odatda xar bir retseptorda hosil bo’lgan kuzgalish bevosita o’ziga tegishli bo’lgan markazlda chegaralanib qolmasdan balki butun MNS – ga yoyildi. Buning asosiy sababi shundaki, ta’sir bir reflektor yoydan ikkinchisiga, undan uchinchisiga va shu tartibda boshqa reflektor yoylarga tarqaladi. Nerv protsessorlarning irradiatsiyasi qitiqlagich kuchiga hamda nerv markazlarning labilligiga bog’lik.
Do'stlaringiz bilan baham: |