Nerv sistemasining fiziologiyasi va yosh xususiyatlari
Markaziy nerv sistemasining xususiyatlari
Download 1.09 Mb.
|
NERV SISTEMASINING FIZIOLOGIYASI VA YOSH XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qozgalish va tormozlanish jarayonlarining birligi.
Markaziy nerv sistemasining xususiyatlari. Nerv sistemasi nerv tolalaridan keladigan turli xildagi tashqi va ichki ta'sirni qabul qiladi. Reflekslarning nerv markazlari nerv sistemasining turli joylarida o'rnashgan. Bitta neyron bir nechta refleksda ishtirok etib, turli nerv markazlarida qatnashishi mumkin. Masalan, til muskullarini ta'minlovchi neyronlar chaynash, yutish, nutq organlarining reflektor harakatlarida ishtirok etadi.Ba'zi reflekslarni turli nerv markazlarining neyronlari yuzaga chiqaradi. Masalan, nafas olish va nafas chiqarish reflekslarda uzunchoq miyadagi, orqa miya va bosh miya katta yarim sharlarida markazlardagi neyronlar ham ishtirok etadi.
Nerv markazlari qo'zg'alish, tormozlanish, yig'ilish, transformasiya, mayinlik, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, dominanta va boshqa fiziologik xususiyatlarga ega. Nerv hujayralari tinch holatdan faol holatga ta'sirlovchilar ta'sirida o'tish xususiyatiga ega. Nerv impulsi neyronning tabiiy ta'sirlovchisi hisoblanadi. Yana bir xususiyati-qo'zg'alishdir, qo'zg'alish paytida ta'sirga javob reaksiyasi hosil bo'ladi.Nerv markazi-bir guruh neyronlarning funksional birikmasi hisoblanadi. Nutq, lablar, hiqildoq harakati muskullarining nerv markazlari uzunchoq, o'rta miya, bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ida joylashgan. So'zlar ma'nosini tushunishning nerv markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismida joylashgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqda nerv sistemasi qo'zg'aluvchanligi sust bo'lib, 12 kunlikda katta odamnikiga nisbatan kuchliroq bo'ladi. Ayniqsa bolada moddalar almashinuvi jadal kechishi munosabati bilan kislorod tanqisligiga sezgirlik juda kuchli bo'ladi. Qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining birligi.Nerv sistemasining har bir sohasi har bir ta'sirga qo'zg'alish yoki tormozlanish bilan javob beradi. Markaziy nerv sistemasidagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari o'zaro va makonda ta'sir etadi, ya'ni markaziy nerv sistemasidagi turli markazlar o'zaro bog'lanadi. Tormozlanish qo'zg'alishni susaytirish va to'xtatishga qaratilgan jarayondir. Nerv sistemasida qo'zg'alish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib turadi yoki aksincha. Markaziy nerv sistemasida bir guruh neyronlar qo’zg’alganda,ayrim guruhlar to’rmozlanadi. Masalan, qo'lni musht qilganda yelka oldining oldingi muskullari qisqaradi, ayni vaqtda yelka oldining orqadagi muskullari bo'shashadi, ya'ni bukuvchi muskullar nerv markazlari qo'zg'alib, yozuvchi muskullarning nerv markazlari tormozlanadi. Nerv sistemasining bu xildagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining o'zaro ta'siri uyg'unlik deyiladi. Orqa miya umurtqa pog`onasi kanalida birinchi bo`yin umurtqasi bilan ikkinchi bel umurtqasi oralig`ida joylashgan bo`lib, uning vazni yangi tug`ilgan bolada 3,2 g, 6-oylikda 6 g, 1 yoshda 10 g, 2-5 yoshda 12 g. 8-yoshda 19 g, kattalarda 30-40 g bo`ladi. Uzunligi bola tug`ilganida 13-15 sm, 2 yoshda 20 sm, 10 yoshda 28 sm, erkaklarda 45 sm, ayollarda 41-42 sm bo`ladi. Orqa miyada 13 miliondan ko`proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning ko`ndalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida oq modda bo`ladi. Kulrang moddaning oldingi, yon va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan, bu yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo`ladi, ularga sezuvchi, ya'ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Yon shohlari esa vegetativ reflekslarni boshqaruvchi tolalarni chiqaradi. Orqa miya rivojlanishining bosh miya rivojlanishidan farqi shuki, uning o`sishi harakat faoliyatining murakkabligi bilan paralel boradi. 2 yoshli bolalar orqa miyasi morfologik tuzilishi jihatdan katta odamlarnikiga juda yaqin bo`ladi. Yoshning oshib borishi orqa miya oldingi shoxlaridagi harakat hujayralarining soni oshadi. Balog`atga yetish davriga kelib orqa miya 4-5 marta kattalashadi. Orqa miya reflektor va o`tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo`ladi. Orqa miyaning o`tkazuvchanlik vazifasi undagi ko`tariluvchi va tushuvchi o`tkazuvchi yo`llar orqali amalga oshadi. Orqa miyaning turli qismlaridan 31 juft orqa miya nervlari chiqadi. 8 jufti bo`yin qismidan, 12 jufti ko`krak qismdan, 5 jufti bel qismdan, 5 jufti dumg`aza qismdan, 1-3 jufti dum qismdan chiqadi. Ular gavda, qo`l, oyoq. muskullari va terini nerv bilan taminlaydi. Orqa miya uch qavat parda bilan qoplangan. Orqa miyadagi ba'zi reflektor funksiyalar homilaning ona qornida rivojlanayotganida yuzaga keladi. Homila 2 - 3 oylik bo`lganida harakatlana boshlaydi. Yangi tugilgan bola oyoq panjasining tagi ta'sirlansa 2 - 3 minutdan so`ng oyoq, panjasida bukish refleksi hosil bo`ladi. Bu refleks bola tugilgandan so`ng 6 oy o`tgach yo`qolib ketadi. Bola 10 -12 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, nervlar mienlashishi 3 yoshgacha davom etadi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling