Nerv sistemasining fiziologiyasi va yosh xususiyatlari


Download 1.09 Mb.
bet6/6
Sana13.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1769643
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NERV SISTEMASINING FIZIOLOGIYASI VA YOSH XUSUSIYATLARI

Vegetativ nerv sistemasi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi .
Bu nerv sistemasi simpatik va parasimpatik qismlarga bo`linadi. Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi organlar faoliyatiga qarama-qarshi ta'sir ko`rsatadi. Masalan, simpatik nerv sistemasi ta'sirlanganda yurakning qisqarishlari soni va kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi, me'da —ichak yo`lining harakat funktsiyalari susayadi, ko`z qorachig`i kengayadi, moddalar almashinuvi tezlashadi. Parasimpatik nerv sistemasi ta'sirlanganda esa yurakning faoliyati susayadi, ba'zi qon tomirlari kengayadi, ma'da —ichak yo`lining harakat funktsiyalari ortadi, ko`z qorachig`i torayadi . Vegetativ nerv sistemasi ishini bosh miyaning turli sohalari va bosh miya katta yarim sharlari po`slog`i boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ishining rivojlanishi hara-katlarning rivojlanishiga bog`liq, chunki skelet muskullarining qisqarishi reflektor ravishda yurak faollashiga, ovqat hazm qilishiga, nafas olishga, siydik ajralishiga, qon bosimi ortishiga sabab bo`ladi. Favqulot sharoitida vegetativ nerv sistemasi tashqi ta'sirlarga javob berib, ayniqsa turli emotsional reaktsiyalarda qon aylanishi, nafas olish, hazm qilish, ayirish, ichki sekretsiya organlarining funktsional xolatini o`zgartirish hususiyatiga ega, Vegetativ nerv tizimining organizm ichki muhiti turg`unligini saqlashdagi ro`li juda muhimdir. Simpatik nerv sistemasi markazlari orqa miyaning ko`krak va bel bo`limlarida, parasimpatik nerv sistemasining markazlari o`rta miyada, bosh miyaning uzunchoq bo`limlarida va orqa miyaning dumg`aza bo`limida bo`ladi.
Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling