Shartsiz reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va shunga o‘xshashlar)ga nisbatan tug‘ma reaksiyasi.
Shartli reflekslar – bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular tug‘ma bo‘lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi.
Retseptorlar – hissiy yoki sensor hujayralar bo‘lib, ular, ya’ni, bu ta’sirlanish, ichki yoki tashqi ta’sirlanish bo‘lishidan qat’iy nazar, u haqidagi axborotni qabul qilgandan so‘ng, o‘zgartirib, asab tizimiga etkazib beruvchi maxsus tuzilmalardir.
Ruh – falsafa va din borasidagi chuqur tushuncha. Ko’plab falsofa va diniy yo’nalishlarda, inson ruhi-o’lmas, mavhum deb hisoblangan, uning asosiy xususiyatlari his- tuyg’u, tafakkur ong, kechinma va irodadan iboratdir.
Eksperimental psixologiya- bu barcha turdagi ilmiy-psixologik izlanishlarning umumlashuvidir .
Fiziologiya (grekchadan – tabiat haqida fan) – jonli borliq haqidagi fan bo’lib, hayotning me’yoriy va g’ayritabiiy o’zgarish jarayonlarini o’rganadi.
Refleks – (lotin tilidan olingan bo’lib , orqaga qaytadigan, aks ma’nolarini bildiradi) – bu organizmlarning atrof-muhitga bo’lgan ixtiyorsiz javob deb ataladi, u keying faktlardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |