Endokrin tizimi-Markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan.
Instinkt- U yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan xulq-atvor.
Ong- Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi
Ongsizlik.- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.
Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi.
Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq.
Irsiyat- organizmlarning o‘z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir.
Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi.
Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.
Psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik.
Jins – psixologiyada biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri va erkak yoki ayol farqlarini aniqlashtirish xususiyatidir.
Testosteron-asosiy erkak gormon. U erkaklarda hamda ayollarda uchraydi. Agar testosterone ayol organizmida ko’payib ketsa, u holda bu homilada erkak jinsiy a’zolarining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, o’g’il bolalarda jinsiy yetilish davrida tashqi jinsiy belgilarning rivojlanishi tezlashishi kuzatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |