Nerv tizimi va neyronlar reja: Neyronlarning strukturaviy klassifikatsiyasi: Neyron sinflari
Download 45.52 Kb.
|
NERV TIZIMI VA NEYRONLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararlanishi.
V juft uch shoxli KBM nervi aralash nervlardan tuzilgan bo`lib, harakat va sezishni bajaradi. Harakat qismi markaziy neyroni bosh miya po`stlog`ining oldingi markaziy egatidan boshlanib, ichki kapsulaning tizzasidan o`tadi va Vorolev ko`prigidagi yadrosiga kelib,
o`z tomonidan va qarama-qarshi tomondan kelib tugaydi, ya`ni yadrosi bosh miya po`stlog`i bilan ikki tomonlama bog`langan. Yadrodan ikkinchi periferik neyron boshlanadi. Kalla suyagidan tashqariga chiqib, chaynov mushaklarini nerv bilan ta`minlaydi. Zararlanishi. Agar markaziy neyron bir tomonlama zararlansa, markaziy falajlanish bo`lmaydi, chunki yadrosi bosh miya po`stlog`i bilan ikki tomonlama bog`langan. Agar periferik neyron bir tomonlama zararlansa, shu tomonda chaynash buziladi, ikki tomonlama zararlansa, pastki jag` osilib qoladi. Uch shoxli nervning sezgi qismi gangliya Gasserada birinchi neyron tanasi yotadi. Uchta katta dendritlari bor: ramus oftolmikus, ramus maksillaris, ramus mondibularus. Bular yuzni sezgi bilan ta`minlaydi. Aksoni esa ichkariga kirib, yadroda tugaydi. Bu yadro Vorolev ko`prigida joylashgan. Yadrodan ikkinchi neyron boshlanib, qarama-qarshi tomonga o`tadi va ko`z do`mbog`ida tugaydi. III neyron esa ko`z do`mbog`idan boshlanib, ichki kapsuladan o`tadi va miya po`stlog`i tepa qismining orqa markaziy egatida tugaydi. Zararlanishi. Birinchi shoxchasi zararlanganda shu joyda sezgi yo`qoladi. Qaysi shoxlarda zararlanish bo`lsa, shu joyda nevritik tipda sezgi yo`qoladi. Agar yadrosi zararlansa, unda segment xilida sezgi yo`qoladi. Yuzda halqasimon sezgi yo`qolishi kuzatiladi. VI juft uzoqlashtiruvchi KBM nervi. Yadrosi Vorolev ko`prigi rombovid chuqurchaning tagida joylashgan. Yadrodan ikkinchi periferik neyron boshlanib, Vorolev ko`prigi va uzunchoq miya chegarasida, miyadan va kalla suyagidan esa tepa ko`z oralig`idan chiqadi. Bu yerdan chiqib, tashqi lateral mushakni nerv bilan ta`minlaydi. Bu mushak ko`z olmasini tashqariga tortib turadi. Zararlanishi. Periferik neyron zararlansa, ichkariga qarab qolgan g`ilaylik hamda diplopiya kuzatiladi. VI jufi nervning ham markaziy neyroni bo`lib, u bosh miya po`stloq qismining peshanadagi oldingi markaziy egatidan boshlanadi. Pastga tushib ichki kapsulani tizzasidan o`tadi va yadroga kelib tugaydi. Demak, bu nervning ham markaziy falajlanishi kuzatilmaydi (16- rasm). Download 45.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling