Neyro med davo


Download 3.65 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi3.65 Kb.
#1620531
Bog'liq
Murojaat


Andijon viloyat
Soliq boshqarmasiga

Andijon viloyat Izboskan tuman Davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan “NEYRO MED DAVO” MChJ (STIR: 308786528) sizga shuni yozib ma’lum qiladiki, 2022-yil davomida Izboskan tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan Jamiyatda mavjud soliq imtiyozlarini hisobga olmasdan undirilgan ortiqcha soliq summasini qaytarish va boshqa soliq turiga o‘tkazish bo‘yicha murojaatlari Izboskan tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmayapti. Jamiyatning 2023-yil 17-apreldagi 516704-2023, 516706-2023 va 516710-2023- sonli murojaatlari qonunchilikdan belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmagan. Xususan, ortiqcha to‘langan soliq summasini soliq qarzini qoplash hisobiga olish Soliq kodeksining 104-moddasi 2-bandiga asosan 10 kun muddatda, ortiqcha undirilgan soliq summasini qaytarish Soliq kodeksining 105-moddasi 2-bandiga asosan 15 kun muddatda, unga hisoblangan foizlar bilan birga qaytarishi belgilangan. Jamiyat sizdan ushbu holatni ijobiy hal etishda amaliy yordam berishingizni so‘raydi.



NEYRO MED DAVO” MChJ Sh.Abdurasulov
raxbari
Download 3.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling