Neyrokognitiv tadqiqotlar. Uyqu va amneziya. Ongning zamonaviy nazariyalari
Download 71.92 Kb.
|
4 lek kognitiv
Intellekt — insonning tafakkur yuritish kobiliyati.
Suniy intellekt — inson intellektining ba’zi vazifalarini o’zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar xususiyati. Sun’iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo’lgan, masalan, axborotni kabul dilish va undan ma’lum masalalarni xal kilishda foydalana olishi kabi akliy kobiliyatini ifodalaydi. Kompyuterda xal etilayotgan masalalar, atto ayrimlari anchagina murakkab bo’lsa-da, intellektual hisoblanmaydi. Bu o’rinda maktabda bajariladigan arifmetik amallar intellektual emasmi, degan savol tug’iladi. Bu ifodada masalaga tegishli qandaydir noaniq element mavjud. Bu masalani yechishning aniq algoritmi noma’lumligi yoki mavjud emasligidadir. Qandaydir standart materiallar masalani yechish metodini bilmaydigan o’quvchi uchun javobni izlash, aniq akliy mexnatni talab qiladigan intellektual amal hisoblanadi. Uslubni bilgan o’quvchi, ushbu turdagi masalani avtomatik ravishda yechadi. Shunday kilib, masala qanday murakkab bulmasin, agar uni yechishning aniq, uslubi (algoritmi) topilgan va mos dasturi ishlab chiqilgan bo’lsa, u ishni intellektual yoki xakikatdan ijodiy xal kilingan deb hisoblasa bo’ladi. Kompyuter uchun esa odatda bu ishning fakat mexaniq amallarni bajarish qismi koladi. Pekin bu barcha masalalarda ham emas. Shunday vaziyatlar bo’ladiki, masalani yechish algoritmi umuman topilmagan bulib, anchagina vaqt sarflaganda ham uni kompyuterda yechib bulmaydi. Bunday masalalar kam emas. Bular katoriga obrazlarni topish, shaxmat o’ynash dasturlarini yaratish, tarjimalarni avtomatlashtirish kabilarni kiritish mumkin. Inson shunday masalalarga duch kelganda, u qandaydir yagona yechimni yoki samarali uslubni topishga intilmaydi, balki masalani yechish jarayonida turli uslub va yo’l, axborot manbalaridan foydalanishga harakat kiladi. U mantii, konunlarini, matematik munosabatlar, murakkab masalani maydaroq masalalarga ajratish yo’llaridan yoki avval uchragan masalalarga o’xshash muloxaza kilishdan foydalanadi. Bir suz bilan aytganda, bu o’rinda inson fikr lashining moslashuvchanligi va ko’p tomonlamaligi namoyon bo’ladi. Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar, asosan, kompyuterni hozircha kam egallagan uslub va usullardan samaraliroq foydala nishga «o’rgatish»dan iborat. Hozirgi kunda bu sohada anchagina ishlar kilingan, ya’ni intellektual vazifalarni xal qiladigan dasturlar yaratilgan. Mutaxassislar yaratilgan dasturlarni aniqroq, bexato ishlaydigan kilib yaxshilash va ularni takomillashtirish ustida kizgin ish olib borishmokda. Kompyuterda muammoni yechishning optimal varianti tanlanadi. Chunki optimal variant tanlanmasa va masala to’g’ridan-to’g’ri yechiladigan bo’lsa, unga juda ko’p vaqt sarflashga tug’ri keladi. Masalan, uyingizdan liseyga borishning bir necha varianti bulishi mumkin. Birinchi bor liseyga borayotganingizda eng yaqin yo’lni topish uchun, albatta, yordamga muxtoj bulasiz. Bunday masalalarda umumiy o’xshashlik bor — ularni tasodifiy izlash uslugi yordamida yechiladi. Yechishning variantlari esa, ekspotensial ravishda ortib boradi. Demak, ko’p sondagi yechimlar ichidan eng kulayini topish asosiy muammo bo’lib qoladi va bu masalaning yechimi optimal variantni tanlashni takozo etadi. Kompyuterlarning paydo bulishi va dasturlar yordamida masalalarni yechish — bilishni yangi turlarining kelib chikishiga sabab bo’ldi. Intellektual tizimni bunday turlardan biri sifatida ko’rsatish mumkin. Intellektual tizimning asosiy prinsipe shundaki, biror masalani yechishda insonning mantiliy fikrlash usulidan foydalaniladi. Murakkab masalalarning yechimini izlashda inson ma’lum konuniyatlarni bilishga asoslanddi. U matematik teoremalar yoki amaliyogdan olingan koidalardan foydalanadi, murakkab masalalarni sodda masalalarga ajratadi va boshqa usullarni tatbiq etadi. Umuman, intellektual tizimning asosiy vazifasiga tuplangan bilimlar omborini tatbiq etish va undan foydalangan holda murakkab masalalarni yechishning optimal yo’llarini izlash hamda yechimini topish kiradi. Insonning bilish faoliyatida xayol, tafakkur, nutq va boshqa muhim psixik jarayonlar muhim o’rin yegallaydi. Xar qanday aqliy faoliyat bilishga, tajribaga va ijodiy tafakkurga asoslanadi. Tafakkurning muhim operasiyalari analiz va sintez, umumlashtirish va mavxumlashtirish bo’lib, har qanday aqliy faoliyatida o’zaro bog`lanib keladi. Inson aqliy faoliyati xususiyatlari boshqa oliy psixik funksiyalar, xotira, iroda, xissiyot hamda shaxsning individual-psixologik xususiyatlari va odatlari bilan chambarchas bog`liq o’ta maxsus usul xisoblanadi. O`yinchoq bolaga to’plangan tajribasini namoyon qilish, uni ijodiy qayta qurish (qurish-yasash), yangilarni yaratish imkonini beradi. Bolada o’yinchoqlar qanchalik ko’p bo’lsa, unda shunchalik ko’p ijodiy kuchlari rivojlanadi, bola shunchalik tez tashqi muhitni o’zlashtirib oladi. A.A.Fayvusovich(1928) tadqiqotlarining ko’rsatishicha, har xil diqqatning ko’chishini va atrofdagi predmetlarga ichki yextiyojni shakllantirish maqsadida, bolalar bog`chasidagi o’yinchoqlarni almashtirib turish zarur. Masalan: 6 oygacha bo’lgan bolalarda bir kunda 2-3marta, 1-2 yoshdagi bolalarda bir kunda 3-4 marta, 3 yoshgacha bolalarda bir kunda 4-5 marta amlashtirib turish zarur. Sodda va aniq o’yinchoqlarga, murakkabroq va mavxumroq o’yinchoqlar qurish, ularni bolaning psixik taraqqiyotiga moslab tanlanishi bolada fazoviy va so’z –mantiq tafakkurning rivojlanishiga imkon beradi. Qoidaga ko’ra o’yinchoqlarning diagnostika o’yinchoqlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi: a)o’yinchoqlarni ko’rganda bolada xissiy-qo’zg`alish mavjudligi va ushlab ko’rish istagi: b)xarakatlarning faolligi va ko’proq ushlab ko’rish: v)o’yinchoqni uni bajaradigan funksiyasiga mos ravishda o’ynash: g)o’yin vaziyatida yangi (almashtiruvchi) yelementlarning mavjudligi: d)o’ynning davomiyligi: ye)berilgan o’yinchoqda yextiyojning saqlanishi. Bu extiyojlar 1-3 yoshdagi bolalarda o’yin vaziyatida faollikni aniqlashga qaratilgan. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun dignostik o’lchovlar bir muncha kengayadi. Ularda nutqrivojlanganligi, fazoviy ko’rish tasavvurligining, xayolning, tafakkur operasiyalarini bajarish usullarinining rivojlanganligi kabi o’lchovlarni kiritish mumkin. Shuning uchun ham maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyachi u yoki bu psixikjarayonlarni rivojlantirish maqsadida didaktik materiallardan foydalanish mumkin. (Rasmlarga qarab hiqoya tuzish, kubiklar yasash, rasmlar chizish va boshqalar). Download 71.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling