Neyrokognitiv tadqiqotlar. Uyqu va amneziya. Ongning zamonaviy nazariyalari


Muvaffaqiyatga yerishishning ikkita sharti


Download 71.92 Kb.
bet2/5
Sana01.11.2023
Hajmi71.92 Kb.
#1736618
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 lek kognitiv

Muvaffaqiyatga yerishishning ikkita sharti:
Muvaffaqiyatga yerishish uchun ikkita shart kerak: ijobiy firlash va ijobiy sezgilar. Birinchisi – sizning analitik Meningiz mahsuli bo’lsa, ikkinchisi – yemosional sohaga taaluqlidir. Bu shartlardan faqat bittasiga yerishishga urinish faqat sizning yarim kuch bilan ishlashingizni va yarim imkoniyatingizdan foydalanishingizni ko’rsatadi. Bu kategoriyadagi mashqlar miyaning ikkala yarim sharidagi ijobiy sezgilarni kuchaytirishga qaratilgan.
Sizga ijobiy fikrlar bo’lgan “ta’kidlar” beriladi va ularni siz kun bo’yi ongingizda saqlab yurishingiz kerak. Sizga ijobiy qarashlarga ye’tiboringizni qaratishingizda yordam beradi. Bu shuningdek miyaning chap yarim sharini muvaffaqiyatlarga olib boradigan yangi g’oyalarga ochiq bo’lishga dasturlaydi. Bu mashqlarda vizual tasavvur miyaning o’ng yarim sharini yemosional darajada muvaffaqiyatning haqiqiy yekanligini dasturlashga xizmat qiladi. Shunday qilib ikkala yarim sharning ham ijobiy natijalarga yo’nalganligi sizga butun imkoniyatlaringizdan foydalanishga tayyor bo’lishingiz va muvaffaqiyatlarga yerishishingizga yordam beradi. Ushbu maqola intuitiv qobiliyatlarni rivojlantirish treningining kirish qismi bo’lib, undagi asosiy mashqlarni bajarishga tayyorgarlik jarayonlarini aks yettiradi. Trening mashqlarini o’zini bo’lsa faqat forumning yopiq qismida o’qishingiz mumkin.
Uyqu va amneziya
Insonning ish qobiliyati uchun uyquning miqdori, sifati va doimiyligi muhim ahamiyatga yega. Kam uxlash yoki uxlay olmaslik xotiraning yomonlashuviga, yomon kayfiyat va boshqa psixik buzilishlarga olib keladi, diqqatni to’play olmaslikda namoyon bo’ladi. Aksincha, doimiy yaxshi uxlash psixikaning ish qobiliyatini oshiradi. “I.P.Pavlov uyquni nerv sistemasi qutqaruvchisi”, Shekspir “ruh balzami”, Aristotel “hayot xizmatkori” deb bejiz aytishmagan. Uyqusizlik yoki uzoq vaqt yaxshi uxlamaslik salbiy o’zgarishlarga, masalan, yurak-qon-tomir kasalliklariga, hatto o’limga ham olib kelishi mumkin.
Uyqu bu bosh miya po’stloq hujayralarining faol tormozlanish jarayonidir. Miyaning ma’lum markazlari uyquning o’z vaqtida kelishiga javob beradi, bosh miya po’stloq hujayralari charchashning odini oladi. Lekin po’stloq ostidagi ko’p hujayralar uyqu vaqtida ham ishlashni davom yettiradi. Ularning ba’zilari po’stloqdagi tormozlanish holatini mustahkamlaydi, boshqalari yesa organizmning hayoti uchun muhim jarayonlar – yurak faoliyati, nafas olish, moddalar almashinuvi kabilarning ishini ta’minlaydi. Uyqu jarayoni chuqur uyqu va tush ko’radigan uyqu bilan doimiy almashishda kechadi. Chuqur uyquni “qisqa to’lqinlar uyqusi” ham deb atashadi, chuki elektroensefalogramada (EEG) po’stloqning bioelektrik faolligi qisqa to’lqinlarda namoyon bo’ladi. Tush ko’riladigan uyquda EEGda yuqori chastotali to’lqinlar paydo bo’ladi.
Bunday uyqu ”tez to’lqinlar uyqusi” deb ataladi, bu bosqichda inson qattiq uxlasa-da, tetiklik vaqtdagi to’lqinlarga o’xshaydi. Tush ko’rayotgan vaqtda inson ko’zi tez-tez harakatlanadi. Parodoksal uyqu (tush ko’radigan) umumiy uyqu davomiyligining 20-30%ini tashkil yetadi. Parodoksal uyquning birinchi bosqichi uxlagandan so’ng 40-90 daqiqadan so’ng boshlanadi, taxminan bir xil intervalda 4-6 marta takrorlanadi. Parodokal uyquning davomiyligi 5-20 daqiqa. Uyquning sifatini baholashda tush ko’riladigan uyquga katta ahamiyat beriladi. Chaqaloqlarda ortodoksal (tush ko’rmaydigan) va parodoksal uyqu nisbati 8:8 ga teng. Qariyalarda uyquning umumiy davomiyligi kamayganda bu nisbat 5:1 ga teng bo’ladi.
Yavanovich tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha, 5 kun uxlamagan insonlarga, uxlash imkoniyati berilganda, ularda parodoksal uyqu 2 marta ortgan. Tajriba ishtirokchilarini tush ko’radigan bosqichdan mahrum qilingandagi psixik jarayonlarning buzilishi kuzatilgan. Shunday qilib, tush ko’riladigan uyqu – yeng yaxshi uyqudir. Buni boshqa tadqiqotchilarning natijalari ham tasdiqladi.
Masalan, rus fiziologlari Baxur va Semenov tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha, uyqu dorilar va alkogol tush ko’riladigan uyqu bosqichlarini qisqartiradi va uyqu sifatini pasaytiradi. Bu vositalar miya tetikligi tizimiga ta’sir qilsa-da, ular tush ko’riladigan uyquning boshlanishiga halaqit beradi. Kechasi uyqu dorilar ichgan insonlar yertasiga yertalab o’zlarini charchoq, uxlamagandek, his qiladilar. Barcha uyqu dorilar uxlashga yordam beradigan narkotiklar hisoblanadi. Pragada o’tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, kechqurun uyqu dori ichgan insonlarda xotira va diqqatni bir joyga to’plash uchdan bir qismga pasayadi. Uyquga ketishdan oldin, kofeini bor ichimliklar istemol qilish ham uxlashga to’sqinlik qiladi. Kofeinning ta’siri 6 soat saqlanadi.
Yaxshi uxlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak. Xona salqin, qorong’iroq, yaxshi shamollatilgan bo’lishi lozim. Kechki ovqat yengil va foydali bo’lishi, to’yib olib uxlamaslik lozim. Televizordan detektiv filmlarni ko’rish, vijdon azobi bilan bog’liq nizolar uyquga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillar qatoriga kiradi.
So’nggi vaqtlarda kun davomida 10-15 daqiqalik qisqa uyqular qiziqish uyg’otmoqda. Bunday uyqu ish unumdorligini oshiradi. Asosan ayollar ishlaydigan korxonalarda bunday qisqa uyqu bo’lsa, ish unumdorligi kechgacha pasaymagan, bunday uyqu bo’lmasa, kunning ikkinchi yarmida mehnat unumdorligi pasaygan.
XXI asr ilm fanining yeng muvaffaqiyatli yechim topayotgan tibbiy- biologik muammolari orasida uyqu muammosi birinchilar qatorida tilga olinishi lozim. So’nggi o’n yillik tadqiqotlari uyqu mexanizmlari, uning yuzaga kelish sabablari, bedorlik bilan bog’liqligi, morfologik substrati, turli uyqu bosqichlari xususiyatlari, uning psixogigiyenik mohiyati to’g’risida yangi tasavvurlar berdi. Bu qonuniyatlarning ochilishi yeksperimentning zamonaviy metodik imkoniyatlari – butun uyqu jarayonida yensefalografiyadan foydalanish bilan yengillashadi. Biroq uyqu – bedorlik biomaromining qismi sifatida ko’riladigan, uyqu to’o’risidagi qarashlar o’zgarishi ham yaxshigina ahamiyat kasb yetadi.
Bugungi kunda onirologiya (uyqu to’g’risidagi fan)ning asosiy fazalari uyqu–bedorlik biomaromi tabiat maromlarining yeng murakkab tizimlaridan biri bo’lib, faqat ularning asosida a’zolar va organizmning bir butun holda funksiyalarini uzoq vaqt saqlash va qayta tiklash mumkin bo’lgan biologik mohiyatga yega yekanligini ilgari suradi. Sutkali maromlar murakkab maromlar tizimida o’ziga xos ahamiyatga yega. U yendogen, tashqi muhitga nisbatan boo’liq bo’lmagan ritmik jarayonlarni tashqi muhitning yekzogen geofizik omillari bilan bir vaqtda kechishini, shuningdek organizmning tashqi sharoitga mos ravishda moslashuvini ta’minlaydi. Sutkali marom organizmning ko’plab funksiyalari ko’rsatkichlari tebranishida namoyon bo’ladi: tana harorati, puls, nafas olish chastotasi, arterial qon bosimi, adrenalin sekresiyasi, ishlash qobiliyati, ichki ko’z bosimi, intellektual faoliyat mahsuldorligi va h.k. Bu marom S.Richter bo’yicha uch mexanizm bilan ta’minlanadi: “periferik soatlar” alohida hujayralarda joylashgan bo’lib, DNK bilan bog’liq, ularning faoliyati organizmning barcha funksiyalari tebranishlarining bioximik asosi hisoblanadi; periferik “biologik soatlar” faoliyati gipotalamik sohada joylashgan gomeostatik soatlar bilan boshqariladi; ritmik jarayonlarni boshqarishning shartli reflektor tarkibiy qismi bosh miya po’stlog’i bilan boo’liq. Bu mexanizmlarning faoliyati turli funksional ahamiyatga yega uyquning ketma-ket kirib kelishini va yensefalografik alomatlarni ta’minlaydi.
Chuqurlashayotgan uyqu holati alfa-to’lqinlari amplitudasining kichrayishi va sekin asta g’oyib bo’lishi bilan xarakterlanuvchi A bosqich, beqaror past amplitudali faolllikka yega V1 bosqichi va yakka teta- va delta- to’lqinlari va K- to’plamlariga yega V2 bosqichini o’z ichiga oladi. Yengil uyquga S bosqichi xos.Chuqur uyquda (D bosqichi) sust to’lqinlar amplitudasi 200-300 mk V gacha ortadi. Delta-to’lqin ko’rinishidagi sust faolligi ustun bo’lgan juda chuqur uyqu (Ye bosqich) ko’zlarning tezkor harakati bosqichi bilan almashib, bu bosqich tezkor yoki paradoksal uyqu deb nomlanib, bu vaqtda yensefalogrammada past amplitudali yakka teta-to’lqin , sustlashgan alfa- marom guruhlari va “arra- shakli” monofazali to’lqinlar chaqnashi yuzaga keladi.
Sust va g’ayritabiiy uyqu manzarasi tun davomida bir necha marta bir- biri bilan o’rnini almashadi. Shunday qilib, uyqu- bu organizmning o’ziga xos holati va faoliyati bo’lib, ularning asosi xujayralarning halqali bioximik jarayonlari hisoblanadi va ular markaziy nerv tizimining sinxronlashtiruvchi va faollashtiruvchi tuzilmalar tipologiyasi- XX asr fiziologiyasi va morfologiyasining yeng muhim yutuqlaridan biridir.
Zamonaviy tizimning shakllanish jarayonida uyqu haqidagi farazlar inkor yetilgan yoki avvalroq ilgari surilgan gipotezalar qatoridan joy olgan. Reoyensefolografiyadan foydalanish miya tomirlarining qonga to’lish darajasini aniqlash va na kuchaytirilgan qon to’lish, ilgari tahmin qilinganidek, na miya anemiyasi uyqu sabablari bo’la olmasligini belgilash imkonini berdi (uyqu davomida bemorligiga nisbatan kichik yoki kuchaytirilgan qon to’lish davri mavjud). Uyquning vujudga kelish sababi sifatida organizmda toksik mahsulotlari to’planishini ilgari surgan gumoral- ximik nazariya ko’p marta tekshirildi. Bu tadqiqot natijalari qarama-qarshiligicha qolmoqda. Qonga charchagan hayvonlar miyasi yekstrakti patologik uyquchi kasallar yoki orqa miya suyuqligini yuborish resepiyent- hayvonlarda uzoq davom yetuvchi uyquni yuzaga keltirdi va gumoral nazariya foydasiga so’zlaydi. Biroq unga qarshi bitta bo’lib qo’shilib rivojlangan yegizaklarda uyquning turli vaqtda kelishi guvohlik beradi.
Hozirgi vaqtda uyqu paytida miyada konsentrasiyasi ortib ketuvchi biologik faol moddalar–asetilxolin, gamma-aminamoyli kislota, serotinin va boshqalarning ahamiyati o’rganilmoqda. Ularning ta’siri bosh miya neyronlarining sinxronlashtiruvchi va faollashtiruvchi tizim ishidagi meditorlik ahamiyati doirasida ko’riladi.
Bugungi kunda bedorlik holatini tutib turishda analizatorlar ahamiyati shu narsa bilan izohlanadiki, periferiyadan kelayotgan impulslar oqimi miya sopi retikulyar formasiyasining faoliyatini kuchaytiradi, uning to’xtashi yesa, uyquning vujudga kelishini ta’minlaydi.
Uyqu markazlarini qidirishga qaratilgan klinik va yeksperimental ishlar, XX asrning birinchi yarmidayoq, keyinchalik bosh miya sinxronlashtiruvchi tizimining murakkab tuzilmasiga birlashtirilgan alohida sohalarni ajratish imkonini berdi.
Uyqu–bedorlik biomaromini ta’minlashda asosiy rolni faollashtiruvchi va sinxronlashtiruvchi tizimlarga qaratib, zamonaviy fiziologiya, gipogen apparatlarni o’z ichiga olgan omillarga ichki vegetativmarom, informasion zo’riqish, u tufayli yuzaga keladigan charchoq va shartli reflektor omillar (yorug’lik, shovqin, kun tartibi, uyqu) to’plami kiradi, deb hisoblaydi.
Psixogigiyena uchun uyquning funksional vazifasi to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlar juda muhimdir. Asr boshida I.P.Pavlov tomonidan uning saqlash funksiyasi ta’kidlangan. Lekin asr boshida uyqu dezintoksikasiya davri va miya neyronlari bilan oldinda turgan faoliyat uchun zarur bo’lgan yenergetik resurslar to’plash usuli sifatida ko’rilgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib maxsus yeksperiment tadqiqotchilari uyqu bilan bir qatorda uning alohida bosqichlari bilan ham boo’liq hayotiy muhim jarayonlar to’g’risida gapirish imkonini beradi. Zamonaviy tasavvurlar bo’yicha uyqu vaqtida bosh miya hujayralarida, na hujayra tuzilmasining morfologik doimiyligi, na ularning ishlashi mumkin bo’lgan faol reparativ jarayonlar kechadi. Sust uyqu vaqtida faol jarayonlar asosan neyrologiya hujayralarida kechadi, g’ayritabiiy uyqu vaqtida yesa neyronlarning o’zida kechadi, deb hisoblashadi (Demin N.M., Kogan A.B., Monseyeva N.I.). Ko’ngillilarni kuzatish natijalari shuni ko’rsatdiki, organizmni uyqudan ayirganda birinchi galda markaziy nerv tizimi azob chekadi: charchoq yuzaga keladi va ortadi, ixtiyoriy diqqat buziladi, yemosional beqarorlik va psixosensor siljishlar yuzaga keladi, ong buziladi, gallyusinasiyalar yuzaga keladi.
X1X asr oxirida M.M.Manasseina itlarda o’tkazgan so’nggi vaqtlarda yesa M.Mancha maymunlarda o’tkazgan tajribalarida shuni ko’rsatdiki, uzoq vaqt uyqusizlik hayvonlarni miyaga qon quyilishiga yeng muhim a’zolar (yurak va buyrak) degenerasiyasi bilan boo’liq o’limga olib keladi va hatto yetilmagan, yosh organizmga salbiy ta’sir yetadi.
Ayniqsa, muhim ahamiyat tadqiqotchilar tomonidan uyquga, uning ijodiy jarayonlar va shaxs uyo’unlashuvida ishtirokiga beriladi. G’ayritabiiy uyqu zamonaviy qarashlarga ko’ra, shaxsning ichki muammolarini o’zida aks yettirgan va ongsiz holda boshqariladigan tushlar mexanizmi bilan bog’liq. Insonni bu boshqaruvdan judo yetish yemosional va psixik faoliyat buzilishiga olib kelishi mumkin. Namoyon bo’luvchi uyquning faol xususiyatiga urg’u berib, zamonamiz tadqiqotchilari, uyqudagi ta’lim va ijodiy faoliyat imkoniyatlarini tan oladilar. Italyan tadqiqotchisi Parmedjiani uyquning bu vazifasini tavsiflab deydi: “jamiyat bir butun holda uxlashni to’xtatganda yedi, u o’zining ijodiy qobiliyatlari va xayolatini keskin qisqartirgan bo’lardi, uyqusiz jamiyat inqirozga yuz tutib, nevrozlar tartibsizligi botqog’iga botgan bo’lardi.”
Hozirgi kunda uyquga individual tajriba orttirishda ham maxsus ahamiyat berilmoqda: aytishlaricha, aynan tush jarayonida kun davomida olingan axborotni saralash va uni qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o’tkazish yuz beradi.
Asosiy ijtimoiy faoliyat o’qish bo’lgan bolalar uchun bu jarayonlar ayniqsa muhim. Keltirilgan dalillar uyquning bolalar va o’smirlar uchun yeng muhim psixogigiyenik ahamiyati va uning buzilishlari xavfi to’g’risida guvohlik beradi.
Uyquning psixogigiyenik ahamiyati ko’pchillik tadqiqotchilar tomonidan tan olinib, uning bolalik davrida o’ziga xos ahamiyati ta’kidlab o’tiladi, uning zaruriy yosh me’yori to’g’risidagi ma’lumotlari hali yetarli ilmiy asos topganicha yo’q. A.M. Veyn hozirgi kunda qabul qilingan quyidagi uyqu faoliyati me’yorlarini keltirib o’tadi. Chaqaloqlar uchun (1 oygacha)- 22 soat, 1-2 yoshdagi bolalar uchun 16-18 s, 3-4 yoshdagilar uchun – 14-16 s, 4-6 yoshdan -13-15 s, 6-9 yoshdan 12-10 s, 9-13 yoshdash 8-10 s, o’spirin yoshdagilar uchun 14- 19 yoshda – 8-9 s, kattalar uchun (20-30 yosh) 6-8 s, 30-40 yosh uchun – 5-7 s. Uyqu me’yorlari to’g’risidagi masala tobora tadqiqotchilar diqqatini o’ziga tortmoqda. Uyqu vaqtini qisqartirish, tabiiyki, bedorlik vaqtining uzayishi, kishining mehnat faolligini ortishiga olib kelgan bo’lardi. Hyech qanday notinchlikni his qilmay juda kam uxlaydigan kishilarning mavjudligi to’g’risidagi dalillar uyqu me’yorlarini qayta ko’rish fikriga olib keladi. R.Meddis “Harakasizlik nazariyasi”ni ilgari surib, unga muvofiq uyqu zamonaviy kishi uchun umuman “atavizm” hisoblanadi. O’z fikrini asoslab, muallif deydiki, uyqu jonivorlar va inson uchun boshida 2 sabab tufayli zarur yedi: 1) uyqu jarayonida kelasida ishlatish va oziq ovqat topish uchun quvvat to’plangan, 2) uyqu harakasizlik va dushmanga bilinmasligi hisobiga tirik organizmni sustroq himoya qilgan. Zamonaviy jamiyatda mehnatning o’ziga xos xususiyati o’zgardi, yendilikda u kamroq quvvat talab qiladi, uning faoliyat uchun yetarlicha to’planishi bedorlik jarayonida amalga oshadi. Uyquning sust-himoya vazifasi ham umuman biologik ahamiyatini yo’qotadi.
Yeng zarur jarayonlar uyquda juda tez kechishi mumkinligi to’o’risida ko’ngillilar ustidan kuzatishlar guvohlik beradi: uyqusizlik sababli yuzaga kelgan xulqning gallyusinasiyaga qadar buzilishlarida funksiyalarni qayta tiklash uchun bir necha soat to’liq uyquning o’zi yetarli. Biroq uyqu baribir zarurdir.
Bugungi kunda, uyquning biologik ahamiyati kamayishi yemas, balki uning reperativ jarayonlarning individual tezligi, uyquning yosh me’yorlari asosini, uning yetarligini baholovchi mezonlarni ajratishni ta’minlovchi mexanizmlari xususiyati va davomiyligi chegarasini o’rganish to’g’riroqdir.
Umumiy o’zini his qilish va uyqudan qoniqishning subektiv sezgilari shunday mezonlardan biri bo’lib, ko’pgina tadqiqotchilar fikriga ko’ra, hyech bo’lmaganda uyquning yetarliligi to’g’risidagi tasavvur ko’pgina an’analar bilan belgilanishi sababli uyqu me’yorlarini aniqlashda asos bo’lib xizmat qila olmas yekan.
Adabiy ma’lumotlarga ko’ra bolalarda uyqu davomiyligining buzilishi uning sifati buzilishiga nisbatan kam uchraydi. Uyqu sifatining buzilishi klinik va ifoda yetilish darajasi jihatdan juda xilma-xil bo’ladi: uyquning qiyin kelishi, uyo’onishning buzilishi, katta tushlar, noto’g’ri holat, ortiqcha harakatli faolllik, stereotip harakatlar va murakkab oyparastlik va alahsirash turlarining psixik fenomenlari, vegetativ paroksizm – ko’pincha bolalarda uyqu buzilishlarida kuzatiladi.
Uyqu kasalliklarining shahar aholisi orasida tarqalganligi to’g’risidagi ma’lumotlar A.M.Veyn (1974), qishloq aholisi orasida yesa, K.I.Mirovskiy(1972) tomonidan o’rganilgan. A.M.Veyn(1974) ma’lumot-lariga ko’ra 43 % so’ralganlar o’z uyqusining davomiyligi va sifati bilan qoniqmasligini aytganlar (20 % i – ham chuqurligining, ham davomiyligi, 10 % - chuqurligi, 13 %i- davomiyligi bo’yicha). K.I.Mirovskiy aniqlashicha, uyquning chuqurligi va davomiyligi bilan qoniqmagan kishilar soni qishloq aholisi orasida 56 % ni tashkil yetadi. So’ralganlarning 20 % i muntazam yoki goh- goh uxlatuvchi vositalarni qabul qiladilar. V.M.Shpak bu buzilishlarni nevrozning majburiy simptomi hisoblanadi. B.D.Karvasarskiy ularni katta bemorlarda 39.9 % hollarda kuzatdi.
Bolalarda uyqu buzilishi turli holatlarda, jismoniy va nerv-psixik kasalliklarda uchraydi. Biroq bolalar uchun uyquning katta psixogigiyenik ahamiyati hodisasi to’liq o’rganilmagan, yehtimol, buning sabablaridan biri uyqu buzilishining kundaligi va tezligidan iboratdir: u ko’pgina kasallik tizimiga kiradi va shu sababli ikkinchi darajali hisoblanadi. Bunda uning bola organizmiga mustaqil va qo’shimcha salbiy ahamiyati yetarlicha hisobga olinmagan.
Ontogenezda uyquning yelektroyensefalografik bosqichi sekin-asta yetiladi. Bola uyqusi katta odam uyqusidan yelektroyensefalografik o’lchov bilangina yemas, balki bolalarda yaqqolroq namoyon bo’luvchi statik, motor va vegetativ reaksiyalar jarayoniga ko’ra ham farq qiladi. A.S. Golbina bo’yicha bolaning uyqudagi holati chaqaloq uchun xos bo’lgan plastik tonus fazasi orqali fleksor to’liq bo’shashgan beqaror holatdan individual sevimli holat shakllanishiga o’tadi. Boladagi uyqu kasalligi, yeng avvalo, maromlar shakllanishining orqada qolish natijasi bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ritmik jarayonlarni boshqaruvchi murakkab tizim tarkibiy qismlari faoliyatining dezintegrasiyasida ham kuchaytirilgan vegetativ va holat reaksiyalarining o’z vaqtidan tashqarida namoyon bo’lishi patologik simptom sifatida ko’rilishi mumkin (masalan, maktab yoshidagi bolada yemish harakatlari). Sirkadion biomaromlar shakllanishidagi orqada qolish bolalarda serebral rezidual-organik nuqsonlarda kuzatiladi. Bunday miya shikastlanishining turli klinik variantlarida uyqu-bedorlik maromi buzilishlari kuzatiladi.
Nevropatiyaning klinik manzarasida zaruriy simptomlar uyqu kasalliklari hisoblanadi: “tinch uyqusizlik”, “uzlukli uyqu”, keskin halovat va h.k. Bu holatda bu og’ishlar ko’p fazali uyqu taraqqiyoti jadalligining orqada qolishi sifatida ko’riladi.
Uyqu bedorlik halqasi minimal miya disfunksiyasi shaklidagi ko’pincha paroksimal tip bo’yicha buziladi: tungi qo’rquv, yenurez, oyparastlik va h.k. yuzaga keladi. Nisbatan qo’polroq organik shikastlarda uyqu tuzilmasi kasalliklari ham og’irroq kechadi, uyqu va bedorlikning to’liq inversiyasi kuzatilishi mumkin. Bu o’zgarishlar uyqu va bedorlikning ko’chishiga javob beruvchi miya tuzilmasi shikkastlanishi bilan tushuntiriladi.
Sirkadion marom buzilishlari funksional holatda ham vujudga kelishi mumkin: qisqa muddatga (stereotip o’zgarishi, stress, axborot oqimining kattalashuvidagi reaksiya sifatida) va yanada uzoqroq muddatga (psixogen kasalliklar, nevroz). V.V. Kovalev bolalar va o’smirlarda psixogen uyqu kasalliklari keng tarqalganligiga qaramay, kam o’rganilganligiga ye’tibor qaratdi.
Uyqu va bedorlik darajalari buzilishi nevrosteniyaning asosiy klinik simptomi hisoblanadi: kunduz kuni uyqu kelishi va tunda turli uyqu buzilishlari. V.I.Tarbuzova tadqiqotlarida vasvasadagi o’ziga xos uyqu kasalliklari belgilangan.
O’rganib qolgan holatlar nevrozida ayniqsa uyquga ketish jarayoni oson buziladi, bu vaqtda yesa bemorlarda ularning neyrodinamikasi hisobiga ko’pincha patologik barqaror shartli reflekslar paydo bo’ladi. Bolalardagi nevrozlarda uyquning yeng farqli turlari o’zgaradi. Ayniqsa namoyon bo’lishi yosh bilan bog’liq uyquga ketish hollari o’ziga xosdir: go’daklarda bu uzoq vaqt qo’zg’algan holat va injiqliklar, maktab yoshidagi bolalarda kechki rituallar kuzatiladi, o’smirlar yesa tez-tez o’z-o’zini da’volashga kirishadilar. Asosiy holat, til, lab, barmoqlarni so’rish, bosh tebratish kabi stereotip harakatlar ko’p kuzatiladi. Ko’pincha uyqu jarayonida turli paroksizmal hodisalar kuzatiladi: oddiy paroksizmalar nevrotik bolalarning deyarli yarmida vegetativ faoliyat paroksizmi sifatidagi so’lak og’ishi. Tungi yenurez, bosh og’riq va yurak urishi hurujlari va boshqa vegetativ hurujlar taxminan 10 % hollarda kuzatiladi.
Paroksizmal tarkibiga oyparastlik va alahsirash ham kiradi. Uyqu uchun nizoli vaziyatni aks yettiruvchi qo’rqinchli va takrorlanib turuvchi yorqin tushlar xosdir. Uyqu nafaqat alohida tarkiblar bilan buziladi, balki alohida yepizodlarga bo’linadi: 80 % bolalarda sistematik qo’zg’alishlar- monofazali jarayon o’rniga polifazali uyqu kuzatiladi.
A.S.Golbinaning YeYeG, akto- va akulografiya, teri-galvanik reaksiyalari yordamida o’tkazilgan tadqiqotlari nevroz bilan og’rigan bolalarda uyqu tuzilmasining keskin buzilishini aniqladi: uyquga ketish davrininng uzayishi, tez-tez uyg’onish, uyquning yuqori bosqichlari davomiyligining ortishi, chuqur uyqu davomiyligining qisqarishi va parodaksal uyqu vaqtining ortishi uning tunning oxirgi soatlaridan o’rta soatlarga ko’chishi. Tabiiyki, bu yesa kun davomida beqaror faollikning vujudga kelishi, uyquchilik va lanjlilikning paydo bo’lishiga olib keladi. “Mazkur adabiyotlar va shaxsiy kuzatishlar kichik mubolag’a bilan nevroz uyqu kasalliklarisiz bo’lmaydi, balki ba’zan bu kasalliklar nevrozning yagona belgisi bo’ladi, deyishga imkon beradi”, - deb yozadi muallif va uning bu tasdig’ini tan olmay ilojimiz yo’q.
Uyqu kasalliklari to’g’risidagi bu ma’lumotlar nevroz bilan og’riyotgan bolalardan olindi. Deyarli sog’lom bolalar uyqusi qanday? Bolalar va o’smirlar gigiyenasi institutida anketa va individual so’rovnomalar yordamida 610 bolalardan uyquni ifoda yetuvchi dalillar olindi. Jami 309 o’g’il va 301 qiz bola tekshirildi. Tahlil shuni ko’rsatdiki, 55 % bolalar o’z uyqusidan qoniqmaydi. 28 % bolalarda uyquning noto’liq davomiyligi kuzatilgan, 15 % i noto’liq uyqu chuqurligiga azr qilgan, 12 % bolalarda ham qoniqarsiz uyqu chuqurligi, ham qoniqarsiz uyqu davomiyligi kuzatilgan. (K.I.Mirovskiy dalillari bo’yicha bu ko’rsatkichlar 33.10 va 13 % ni tashkil yetgan). Biroq A.M.Veyn bo’yicha shaharning katta yoshli aholisi uyqu kasalliklari chastotasi 43 % ni tashkil yetadi. Shunday qilib, bolalar va o’smirlardagi uyqu kasalliklari kattalarga nisbatan ko’p uchraydi. Ayniqsa, yuqori sinf o’quvchilarida uyquga to’ymaslik juda xavotirli: uyquning noto’liq davomiyligi yoki chuqurligi bo’yicha arizalar 75-80% ni tashkil yetdi.
Solishtirish shuni ko’rsatdiki, alahsirash, vegetativ paroksizm (so’lak og’ishi va terlash ) kabi uyqu kasalliklari yeng ko’p nevrozli bolalarda uchrar yekan. Ularda ko’proq patologik uyquda chaqirish, stereotip harakat reaksiyalari (bosh tebratish, barmoq, labni so’rish va h.k.) kuzatiladi. Uyqu nafaqat tushlar bilan ikki hissa to’liq, balki u sog’lom yemosional tusdagi bolalar uyqusidan keskin farq qiladi: asosan quvonchli tushlarni 41 % o’quvchilar va 408 % kasal bolalar ta’kidlab o’tdilar. Biroq tekshiruv shuni ko’rsatdiki, ko’pgina uyqu kasalliklari nevrozga xos bo’lib, deyarli sog’lom bolalarda ham shuncha ko’p uchraydi: harakatlarga to’la notinch uyqu, seskanishlar, tungi bosh og’rig’i, yurak urish hurujlari, oyparastlik, tungi qo’rquv, qo’rqinchli tushlar. Ko’pgina o’quvchilarda nafaqat uyqu jarayoni, balki butun uyqu-bedorlik sikli ham buziladi. 30 daqiqalardan ortiq vaqtda uyqu kelmasligi 15% kichik sinf o’quvchilari va 25 % o’smirlarda kuzatiladi. Barcha tekshirilgan bolalarning yarmi tongda uyqudan bedorlikka qiyinchilik bilan o’tadi, o’smirlarda uyquning bedorlikka sekin o’tishi 70 % ni tashkil yetdi. Tungi uyquga to’ymaslik tekshirilgan o’quvchilarda kunduzgi uyquchilik yoki agar imkoni bo’lsa, kunduzgi uyqu bilan to’ldirilardi. Kunduzgi uyquga yehtiyoj sezgan bolalar soni 1- sinfda 90 % ni tashkil yetib, so’ng u tez kamayib, 3- sinfda 10 % ga tushdi, lekin
4- sinfda u og’ishsiz o’sa boshlab, 8- sinfda 60 %, 10- sinfda yesa o’smirlarning to’rtdan 3 qismini tashkil yetdi.
Yomon uyqu sabablari o’quvchilarda yosh bilan bog’liq holda turlichadir. Kichik yoshdagi o’quvchilar muhitning nomaqbul sharoitlarida tez javob bildiradilar: xonada boshqa oila a’zolari, uy hayvonlarining mavjudligi, nizoli vaziyat, kun tartibining buzilishi. Yuqori sinf o’quvchilarida yomon uyqu ko’proq haddan ortiq o’qish va shaxs xususiyatlari (yemosional qo’zo’aluvchanlik, inertlik va h.k.) bilan bog’liq. Uyqu-bedorlik biomaromining buzilish sabablaridan ma’lum bir qismi genetik omillarga ham bog’liq: o’quvchilardagi uyqu kasalliklari 30.6 % da qarindoshlardagi shu holatlarga mos keladi, nevroz bilan oo’rigan bolalarda yesa bu ko’rsatkich 59.4ga ortmoqda (Golbin A.S.).
Deyarli sog’lom bolalar va o’smirlarda ko’p uchraydigan uyqu kasalliklarini qanday baholash lozim? Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, uyqu vazifasi ontogenezdagi ma’lum taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tadi. Uning yetilish ko’rsatkichlaridan biri organizmning polifazali uyqudan monofazalisiga o’tishdir. Mualliflar ko’rsatishicha, bunday o’tish maktab yosh davridayoq bo’lib o’tadi. Biroq kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, zamonaviy maktab topshiriqlari sharoitida deyarli barcha kunduzgi uzaytirilgan guruhda qolgan 1-sinf o’quvchilari (bundaylar yesa 1-sinf umumiy miqdorining 75 % ini tashkil yetgan) kunduzi muntazam uxlagan. Shunday qilib, o’quvchilarning kunduzgi uyquga yehtiyojining o’zi ham va uning yoshga doir dinamikasi to’ldirish mexanizmlari–noto’liq tungi uyquning kunduzgisi bilan to’ldirilishi va yuqori sinflarda bu yehtiyojning keskin ortishi to’g’risida guvohlik beradi.
Bolalarda va o’smirlarda uyqu kasalliklarini dezadaptasiyaning ilk simptomlari sifatida ko’rish to’o’risida bu kasalliklarning klinikagacha nerv-psixik holatlaridagi katta chastotasi guvohlik beradi: mutlaq sog’lom bolalarda uyquning ayrim o’zgarishlari 30% hollarda uchragan bo’lsa, yuqoridagi holatlarda ular 60 % da uchraydi.
Agarda uyqu buzilishlari barqaror bo’lsa, simptomlar ortadi, bu sohadagi og’ishlar yesa bola organizmi vazifalariga va umumiy o’zini his qilishiga ta’sir yesa, u holda bu buzilishlar kasallik deb yuritilishi lozim. Uyquning bola organizmiga ta’siri to’g’risidagi zamonaviy tibbiy bilimlarni yeng keng targ’iboti, bolalar va ota-onalarga zarur konsultativ yordam, muammoning gigiyenik jihatlarini ilmiy tadqiq qilish–o’sib kelayotgan avlodning nerv-psixik salomatligini saqlashga qaratilgan psixogigiyena vazifasidir.



Download 71.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling