Neyronlarning birgalikda ishlashi
Download 13.64 Kb.
|
NEYRONLARNING BIRGALIKDA ISHLASHI
NEYRONLARNING BIRGALIKDA ISHLASHI 15.9-rasmda sensorli neyron, oraliq neyron va efferent neyron qo'zg'atuvchiga javob berish uchun qanday ishlashi ko'rsatilgan. Refleks yoyi - bu impulslar miyaning "ongli" qismlarini aralashtirmasdan, retseptordan effektorga uzatiladigan nerv yo’li. Ushbu yo'llar bilan muvofiqlashtirilgan oddiy refleks harakatlariga misollar: qo'lni o'tkir yoki issiq narsaga tekkanda tortib olish; ko’zni ochib yumish refleksi; diqqatni jamlash; ko'zga yorug’lik tushganda qorachiqning o’zgarishi. Ba'zi refleks yoylarida oraliq neyron ishtirok etmaydi va impuls to'g'ridan-to'g'ri sezgir neyrondan efferent neyronga o'tadi. Bunga misol qilib, shifokorlar asab tizimini sinash uchun foydalanadigan tizza (patellar) refleksini keltirish mumkin. Markaziy asab tizimida sensorli neyron va interneyron markaziy asab tizimining boshqa neyronlari bilan bog'lanish uchun imkoniyatga ega. Ushbu bog’lanishlar sezgir neyronlardan olingan ma'lumotlarni birlashtirishga imkon beradi, shuning uchun xatti-harakatlarning murakkab shakllarini uyg’unlashtirish mumkin. Neyronlar orasidagi bo'shliqlar sinapslar deb ataladi; ular impulslarning neyron yo'lida bir neyrondan ikkinchisiga o'tishiga imkon beradi. NERV IMPULSLARINING UZATILISHI Neyronlar elektrik impulslarini uzatadi. Bu impulslar hujayra yuzasi membranasi bo'ylab hujayraning bir chetidan ikkinchi chetiga juda tez tarqaladi; ular elektr toki kabi elektronlar oqimi emas, balki, signallar hujayra sirt membranasi bo'ylab elektr zaryadining taqsimlanishidagi juda qisqa o'zgarishlardir. Bu signallar harakat potentsiallari deb ataladi. Ular to'qima suyuqligi va akson sitoplazmasi o'rtasida natriy ionlari va kaliy ionlarining akson membranasi bo'ylab juda tez harakatlanishi natijasida yuzaga keladi. Kalit so’z: harakat potentsiali - natriy ionlarining ichkariga harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan neyronlar va mushak hujayralarining hujayra yuzasi membranalari bo'ylab -70 mV dan + 30 mV gacha bo'lgan potentsial farqning qisqa o'zgarishi. Kalmarlar va yomg'ir chuvalchanglari kabi hayvonlarning ba'zi aksonlari miyelinsiz va juda keng sathli bo’ladi, elektr zaryadidagi o'zgarishlarni o'lchash uchun ularning sitoplazmasiga mayda elektrodlarni kiritish mumkin. 15.10-rasmda ushbu aksonlardan birining bir qismi ko'rsatilgan. Impulslarni o'tkazmaydigan bo’shashuvchi aksonida aksonning ichki qismi tashqisi bilan solishtirganda har doim biroz salbiy elektr potentsialiga egaligini ko’rish mumkin (15.10 va 15.11-rasmlar). Ushbu potentsiallar orasidagi farq potentsial farq deb ataladi va ko'pincha -60 mV va -70 mV orasida bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, aksonning ichki qismidagi elektr potentsiali tashqi tomondan 60 mV dan 70 mV gacha va undan ham pastroqdir. Bu farq bo’shashish potentsiali deb ataladi. Neyronning bo’shashish potentsialiga hissa qo'shadigan bir qancha omillar mavjud. Hujayra yuzasi membranasidagi natriy-kaliy nasoslari (15.11b-rasm va 4-bo'lim, 4.5-bo'lim, membranalar bo'ylab moddalar harakati) doimiy ravishda natriy ionlarini (Na+) aksondan, kaliy ionlarini (K+) aksonga o‘tkazib turadi. Natriy-kaliy nasoslari membrana oqsillari bo'lib, ular ikkala ionni kontsentratsiya gradientlariga qarshi harakatlantirish uchun ATF gidrolizidan energiya ishlatadilar. Gidrolizlangan ATF ning har bir molekulasi uchun olingan har ikki kaliy ioni uchun aksondan uchta natriy ioni chiqariladi. Hujayra ichida ko'plab organik anionlar, masalan, manfiy zaryadlangan oqsillar mavjud. • Membrananing ionlarni o'tkazmasligi - neyron tinch holatda bo'lganda natriy ionlari akson membranasi orqali tarqala olmaydi. 4-bobdan fosfolipid ikki qavatida ionlarning harakatlanishiga yo'l qo'ymaydigan gidrofobik yadro mavjudligini unutmaslik lozim. Download 13.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling