Neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli


Download 59.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2023
Hajmi59.38 Kb.
#1079726
Bog'liq
Quturish88 - Vikipediya



Quturish
Quturish — neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli
zoonoz kasallik; tomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas
muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan
maʼlum, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan
(qarang 
Gidrofobiya
). Fransuz olimi Lui Paster 19-asrning 2-
yarmida quturish kasalligiga qarshi vaksina kashf etdi, shu
sababli quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan
barcha muassasalar Paster stansiyalari deb yuritila boshlandi.
Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tishlaganidan soʻng
vaqtida emlangan millionlab odamlar hayoti saqlanib qolindi.
Qoʻzgʻatuvchisi quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini
tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa chidamli, muzlatilganda
uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda, 3
—5% li lizol, xloramin eritmalarida tez nobud boʻladi.


Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14—16 kun. Shundan
keyin bezovtalik, yirtqichlik. xatti-harakatning oʻzgarishi, koʻp
soʻlak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech narsa ichmay, yemay
qoʻyadi. Soʻngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon
oʻlib qoladi.
Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va
boshqa tishlaganida, yoki soʻlagi teri yuzasiga tushgashia
yuqadi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan
bir necha oygacha (oʻrtacha 20— 30 kun). Quturgan it boʻyin,
yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni tishlaganda
uzoqroq boʻladi.
Kasallik kechishida 3 davr kuzatiladi: darakchi davr — odatda
kasallik asta-sekin boshlanadi, lohaslik, bosh ogʻrishi, biroz
isitma koʻtarilishi kuzatiladi. Bemorning kay-iyati oʻzgaradi,
hech narsa yoqmay, yolgʻizlikni istaydi; ovqat yemaydi.
Tishlangan joydagi yara bitib ketgan boʻlsa ham oʻsha sohada
ogʻriq paydo boʻlishi muhim belgi hisoblanadi; qoʻzgʻolish
(besaranjomlik) davri — nafas olish azobga aylanadi. Bemor
jonsarak, behalovat boʻlib qoladi. Muskullari, xususan, yutqin
va hiqildoq muskullari tirishadi; salgina shamol yoki bir oz
taʼsirot tufayli xuruj takrorlanaveradi. Nafas olish qiyinlashadi,
gidrofobiya, aerofobiya alomatlari paydo boʻladi. Soʻlagi koʻp
oqadi. Isitma koʻtariladi (39—40° gacha). Tirishish vaqtida
nafas toʻxtab, kishi oʻlib qolishi ham mumkin; falajlanish davri
— bunda muskullar falajlanib, bemor tinchib qoladi, lekin hushi


saqlanadi. Falajlanish pastdan yuqoriga koʻtarilib boradi va
yurak toʻxtashi, nafas markazi falajlanishi oqibatida oʻlim sodir
boʻladi.
Q.ning oldini olish uchun xonadonda boqiladigan itlar roʻyxatga
olinishi va profilaktik tarzda quturishga qarshi emlanishi lozim.
Odamni tishlagan it maʼlum boʻlsa, u veterinar nazoratida 10
kun ushlab turiladi. Agar u quturgan boʻlsa, shu muddat ichida
oʻladi. It tishlagan odamga tibbiy yordam poliklinikalar
qoshidagi travmatologiya punktida koʻrsatiladi. It tishlaganda
darhol shu punktlarga murojaat qilish, ungacha tishlangan
sohani darhol sovunlab yuvish va atrofiga yodning spirtli
eritmasini surtish kerak. Hosil boʻlgan yara tikilmaydi. Iloji
boricha ertaroq Q.ga qarshi kultural vaksina yuborishni
boshlash kerak, shunda emlash boshlanganidan 2 hafta
oʻtgach, immunitet paydo boʻlishi mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


Soʻnggi tahrir 6 oylar avval
 
Malikxan
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikiped
ia.org/w/index.php?title=Quturish&action=edit)
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
 almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedi
a.org/w/index.php?
title=Quturish&oldid
=2231788
" dan olindi


Download 59.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling