Независимость судебных органов Sud hokimiyatining mustaqilligi


Download 58.5 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi58.5 Kb.
#151356
Bog'liq
Odil sudlov prinsiplari


Независимость судебных органов

Sud hokimiyatining mustaqilligi

4-modda. Sud hokimiyatining mustaqilligi

Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.

67-modda. Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash

Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:

ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;

LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun mazkur Qonunning 63 va 72-moddalariga qarang.

ularning daxlsizligi;

odil sudlovni amalga oshirishdagi qat’iy taomil;

qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;

sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;

sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish.

Свобода слова и ассоциаций

So'z va uyushma erkinligi

Квалификация, подбор и подготовка

Malaka, tanlov va tayyorgarlik

61-modda. Sudyalikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin.

(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.

Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘n yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shart. O‘qish davrida ular asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroq o‘qishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

63-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais o‘rinbosarlari, sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan saylanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi.

(63-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.

74-modda. Sudyalar malaka hay’atlari

Sudyalarning malaka hay’atlari quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi:

sudyaning intizomiy javobgarligi;

sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;

sudyaning daxlsizligini ta’minlash;

sudyaga malaka darajasini berish;

xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-axloqi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalarning malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga ko‘maklashadi.

Sudyalar oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi.

(74-moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sudyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.

Условия службы и срок полномочий

Xizmat ko'rsatish shartlari va vakolat muddati

631-modda. Sudyaning vakolat muddati va uni hisoblash tartibi

Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.

Sudya o‘z vakolati muddati davomida harbiy sudning, viloyat va Toshkent shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning o‘zida sudyalik lavozimida bo‘lish muddati ikki yildan kam bo‘lmasligi kerak.

Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga binoan kiritiladi.

Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

632-modda. Sud raislarining vakolat muddati

Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.

Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u o‘zining faoliyatini o‘z roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi yoxud qolgan vakolat muddatiga o‘z roziligi bilan boshqa sudyalik lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi.

71-modda. Sudyaning vakolatlarini to‘xtatish

Sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda uning vakolatlari to‘xtatiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalarning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hay’ati qarori bilan quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin, agar:

(71-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

sudya o‘z lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa;

Oldingi tahrirga qarang.

sudya tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan bo‘lsa;

(71-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

sudya sud qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa.

Sudyaning vakolatlari bu vakolatlarni to‘xtatishga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.

Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.

LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi O‘RQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida”gi nizomning 57-moddasiga qarang.

Sudyalik vakolatlarining to‘xtatilishi unga ish haqi to‘lanishi to‘xtatilishiga yoki uning ish haqi miqdori kamaytirilishiga, sudyaning ta’minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab bo‘lmaydi, ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan hibsga olish chorasi tanlangan hollar bundan mustasno.

72-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

1) sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;

2) yozma ariza bergan taqdirda;

3) sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari to‘xtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettiravergan taqdirda;

4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;

5) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;

6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;

7) vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;

8) sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir bo‘lmay qolgan taqdirda;

9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga o‘tishga rozilik bermasa.

Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raisining va rais o‘rinbosarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;

Oldingi tahrirga qarang.

harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;

(72-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.

Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hay’ati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yo‘l qo‘yiladi.

Sudya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudyalarning malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.

LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi O‘RQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida”gi nizomning 58-moddasiga qarang.

Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 9-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mustasno.

Профессиональная тайна и иммунитет

Kasbiy sir va daxlsizlik

41-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar

O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari:

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarida bo‘lgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni;

(41-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)

harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qo‘mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’volari bo‘yicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;

Oldingi tahrirga qarang.

alohida holatlarga ko‘ra sudlar faoliyat ko‘rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;

(41-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

davlat sirlariga taalluqli ishlarni;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni ko‘radi.

66-modda. Sudyalarning majburiyatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalar o‘z vakolatlari doirasida ishlarni ko‘rish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga so‘zsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi, beg‘araz va adolatli bo‘lishi shart.

(66-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalar sudyalik sha’nini sudyalar odob-axloqi qoidalarini qat’iy saqlashlari, odil sudlovning obro‘sini, sudyalik qadr-qimmatini tushirishi yoki sudyaning xolisligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shart.

(66-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

Sudyalar sudyalarning maslahat sirini hamda yopiq sud majlislari o‘tkazish chog‘ida olingan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.

(66-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

70-modda. Sudyalar daxlsizligi

Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha o‘qotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.

(70-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

(70-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

(70-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, telefondagi so‘zlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan ko‘zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoki olishga faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining ruxsati yoki sudning qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.

(70-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sudda o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.

69-modda. Sud ishlarini hal qilishga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi

Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rishga to‘sqinlik qilish yoki g‘ayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin biron-bir tarzda ta’sir etish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sudyadan ko‘rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha biron-bir tushuntirishlar berishni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga bo‘lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Ommaviy axborot vositalari o‘z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan o‘zicha hal qilib qo‘yishga yoki sudga boshqacha tarzda ta’sir etishga haqli emas.

Наказание, отстранение от должности и увольнение

Jazo, ishdan bo'shatish va ishdan bo'shatish

73-modda. Sudyalarning intizomiy javobgarligi

Sudya:


odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun;

Oldingi tahrirga qarang.

sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etganlik uchun;

sudyalar odob-axloqi qoidalarini buzganligi uchun faqat sudyalar malaka hay’atining qaroriga ko‘ra intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

(73-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(73-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)

Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.



Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling