Nfuzion terapiya


Qon tarkibi, ivishi, vazifalari va qon aylanish sistemasi


Download 128.58 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi128.58 Kb.
#1393202
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nfuzion terapiya

Qon tarkibi, ivishi, vazifalari va qon aylanish sistemasi


  • Qon aylanish sistemasi — umumiy tushunchalar

  • Qon tarkibi qanday qismlardan iborat?

  • Qonning shaklli elementlari

  • Qonning vazifalari

  • Qonning ivishi nima?

4.1
(57)
Qon va qon tarkibi, qonning ivishi, vazifalari haqida fikr yuritar ekanmiz, eng avvalo qon aylanish sistemasi to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tish lozim.

Qon aylanish sistemasi — umumiy tushunchalar



Shifokor konsultatsiyasi

Analiz va diagnostika


  • Qonning biokimyoviy analizi

Qon aylanish sistemasi sirasiga yurak, arteriya, kapillyarlar, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi.
Yurakning avtomatik qisqarib va kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va kapillyarlar (mayda qon tomirlari) orqali tananing hamma to‘qima hamda hujayralariga tarqalib, so‘ngra mayda, o‘rta va yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi.
Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq moddalar, kislorod, gormonlarga boy bo‘lgan arterial qon aorta tomiriga quyiladi. Undan yirik, o‘rta, mayda arteriya tomirlari orqali to‘qima va hujayralar orasida joylashgan kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga o‘tadi.
Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ulardan mayda vena, kapillyar tomirlariga o‘tib, so‘ngra o‘rta, yirik vena tomirlari orqali yurakning o‘ng bo‘lmasiga kelib quyiladi.
Shunday qilib, qon aylanish sistemasi tananing hamma to‘qima-hujayralariga oziq moddalar va kislorod yetkazib beradi. Ularda hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni qabul qilib, ayirish organlariga yetkazadi. Shuning uchun yurak-qon tomir sistemasi «tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi.
Yurak-qon tomir sistemasi eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. Agar yurak qisqa vaqt to‘xtab qolsa, odamning hayoti ham to‘xtaydi.
Turli mamlakatlarida aholining qon gruppasi tekskirilganda quyidagi o‘rtacha ma’lumotlar olingan: I gruppa — 40% kishilar mansub, II gruppa – 39 %, III gruppa 15%, IV gruppa -6%.
Qon gruppalaridan tashqari podgruppalari ham aniqlangan. Masalan: A1, A2, A3, A4. Qon quyganda buni e’tiborga olish kerak.
Qon guruhlari haqida man bu maqola orqali to‘liq ma’lumot oling: Qon guruhlari

Download 128.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling