Niderlandiya davlati ta’lim tizimi


NIDERLANDIYA TA’LIM TIZIMI


Download 115.96 Kb.
bet7/7
Sana21.04.2023
Hajmi115.96 Kb.
#1375665
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Niderlandiya davlati ta’lim tizimi

NIDERLANDIYA TA’LIM TIZIMI

  • Niderlandiya mamlakatida ta’lim qanday yo’lga qo’yilganligini talabalarga bayon qilishni boshlashdan oldin, ularga bu ajoyib mamlakat to’grisida ba’zi ma’lumotlarni berish maqsadga muvofiqdir.
  • Niderlandiyaning er maydoni 42 ming kmG’kv bo’lib, unda 15 million aholi istiqomat qiladi. Uning shimoliy dengiz bo’yida uch daryo Reyn, Maasa, Sxelde dengizga quyilish joyida joylashganligi, Niderlandiyaga katta geografik qulaylik tug’diradi. Shu tufayli ham aholining katta qismi kemasozlik, turizm, tranzit yuklarni kemalar bilan tashib bsrish bilan band. Ishga yaroqli aholidan 6 millioni yoki 67 foizi maishiy xizmat ko’rsatish sohasida, 28 foizi sanoatda, 5 foizi qishloq xo’jaligi va baliqchilik xo’jaliklarida mehnat qiladi. Davlat tuzimida konstitutsion monarxiya, uning o’z parlamenti ham faoliyat ko’rsatadi. Bu mamlakat 12 viloyatdan tashkil topgan, poytaxti Amsterdam shahridir.
  • Niderlandiya kichik mamlakat bo’lsada, lekin xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Hozirgi Birlashgan Millatlar tashkilotining o’tmishdoshi bo’lgan millatlar ligasi aynan birinchi bor Niderlandiyada tashkil etilgan edi. Bu mamlakatda 1899, 1907-yillarda xalqaro tinchlik konferentsiyalari bo’lib o’tgan. Hozir xalqaro arbitraj, xalqaro sud shu mamlakatning Gaaga shahrining Tinchlik saroyida joylashgan.
  • Uning siyosati tinchlik siyosatidir. U xalqaro tinchlikni saqlash tashkilotlarining a’zosi, tinchlik forumlarining barchasida faol qatnashadi. U BMT, NATO, EES, Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatining faol a’zosidir.
  • Niderlandiya ta’lim tizimlarining shakllanish davri 1789 yilda frantsuz revolyutsiyasi, ya’ni inqilobi natijasida paydo bo’lgan Bativ Respublikasi davriga to’g’ri keladi.

NIDERLANDIYA TA’LIM TIZIMI

  • Hozirgi paytda mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan, shu jumladan, xrestian yoki katolik cherkovlari tamonidan tashkil etilgan.
  • Bu mamlakatda ta’lim tizimi 7-3-2 shakldadir. Boshlang’ich ta’lim maktabgacha tarbiya bilan qo’shilgan. Uning shakli quyidagi bosqichdadir:
  • — boshlang’ich ta’lim;
  • — o’rta ta’lim;
  • — maxsus ta’lim;
  • — oliy ta’lim;
  • — chet elliklar uchun ta’lim.
  • Boshlang’ich ta’lim
  • Boshlang’ich maktab 4-12 yoshli bolalarga mo’ljallangan. Bolalar 4-5 yoshlarida maktabga keladilar. Boshlang’ich sinflarda o’qish haftasiga 5 kun. Bolalar 8 dan 15 gacha maqtabda bo’ladilar. Mashg’ulotlar o’yin shaklida amalga oshiriladi, dars soatlari chegaralangan emas. Golland maktablarida 15, 20, 30, 40 minutlik darslari o’tiladi. Soat 12 dan 13.30 gacha tushlik tanaffus. Bu paytda bolalar uylarida ovqatlanib keladilar.
  • O’qituvchilar uchun tushlikda 45 minut tanaffus beriladi. Mashg’ulotlar aksariyat potok bo’yicha amalga oshiriladi.
  • Bu mamlakatda 4 yoshdan kichik bolalar uchun o’quv-tarbiya muassasalari yo’q. Bolalar yaslilari ham bor, lekin ular ta’lim vazirligi tasarrufida emas.
  • Boshlang’ich maktabning dastlabki ikki yili o’quv o’yin rejasida bolalarni o’qishga, yozishga, hisoblashga, rasm solishga, qo’l mehnatiga o’rgatish ko’zda tutilgan. O’quvning keyingi 6 yillik bosqichida bolalarga niderlaid tili, matematika, yozuv, tarix, gsografiya, fizika, jamiyatshunoslik fanlaridan dars o’tiladi. Maxsus maktablarda ilohiyot darslari o’qitiladi. Boshlang’ich maktab o’quvining so’nggi bosqichida bolalarga ingliz tilidan dars beriladi. Boshlang’ich sinfni bitirganlik haqida o’quvchilarga maxsus hujjat berilmaydi.
  • Bolaning boshlang’ich maktabdagi bilimi, aqliy va jismoniy rivojlanishiga qarab ota-onalar o’rta maktabni tanlaydilar.
  • O’rta ta’lim Niderlandiya maktablarida o’rta ta’lim:
  •  umumiy o’rta ta’lim;  umumiy ilmiy o’rta ta’lim;

NIDERLANDIYADAGI IXTIROLAR


Download 115.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling