Nikoh shartnomasi er va xotin mulkining shartnomaviy rejimi hisoblanadi


Download 119.98 Kb.
Sana17.11.2020
Hajmi119.98 Kb.
#146941
Bog'liq
Nikoh shartnomasi


Nikoh shartnomasi – er va xotin mulkining shartnomaviy rejimi hisoblanadi.

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo’lgan davrida yoki er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 29-moddasi).

Nikoh shartnomasi “kontrakt” – oddiy bitim bo’lib, sud jarayonida bu bitimga nisbatan uni tuzgan shaxslar tomonidan ham, boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan ham e’tiroz bildirilishi mumkin.

Nikoh shartnomasidan ko’zlangan maqsad tomonlar kelishuvi bo’yicha er-xotin mulkining alohida rejimini belgilashdan iborat. Kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi (O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 29-36-moddalari) ushbu me’yorni aniqlashtirdi, nikoh shartnomasi tushunchasini berdi, uni tuzish, o’zgartirish va bekor qilishning asosiy tartibini belgiladi.

Nikoh shartnomasi orqali er-xotin qonun bilan belgilangan umumiy birgalikdagi mulk rejimini o’zgartirishi, er-xotinning barcha mulki uchun birgalikdagi, hissali yoki alohida mulk rejimini o’rnatishi, uni alohida turlarga yoki er-xotin har birining mulkiga ajratishi mumkin. Nikoh shartnomasida er-xotin oila xarajatlarini birgalikda ta’minlash va amalga oshirish, bir-birining daromadlarida ishtirok qilish bo’yicha o’z huquqlari va majburiyatlarini belgilab olish, nikoh bekor qilingan taqdirda er-xotinning har biriga beriladigan mulkni belgilash, shuningdek nikoh shartnomasiga er-xotinning mulkiy munosabatlariga taalluqli boshqa qoidalarni kiritish huquqiga egalar.

Nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo’lgan bitimlar tarkibiga kiradi, shartnoma vakillar orqali tuzilishi mumkin emas.

Amaliyotda nikoh shartnomalari, odatda, davlat yoki boshqa maxsus ro’yxatdan o’tkaziladigan mulklarga nisbatan tuziladi. Nikoh shartnomasida qayd qilinmagan mulklarga nisbatan umumiy birgalikdagi mulk rejimi saqlanib qoladi. Nikoh shartnomasi er-xotin kelishuvi bo’yicha istalgan vaqtda bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin, mazkur tadbir nikoh shartnomasini tuzish bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi. Nikoh shartnomasi ijrosidan bir tomonlama bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi. Nikoh shartnomasining amal qilish muddati nikoh bekor qilingan paytdan boshlab to’xtatiladi, nikoh bekor qilingandan keyingi davr uchun nikoh shartnomasi bilan nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.

Nikoh shartnomasining ijobiy tarafi shundaki, er-xotinda nikoh qayd etilgunga qadar va nikoh bekor qilingandan so’ng shaxsiy mulk huquqi kimga va qanday mulk tegishli ekanligi to’g’risida aniq tushuncha mavjud bo’ladi. Er-xotin o’rtasida birgalikda orttirilgan mulk chegaralari belgilanadi, nikoh bekor qilingandan so’ng do’stona munosabatlar imkoniyati saqlanib qoladi. Ammo salbiy tomonlari ham mavjud: birgalikdagi hayotning barcha vaziyatlarini oldindan nazarda tutishning imkoniyati yo’q.

Nikoh shartnomasi doirasi juda keng bo’lishi mumkin. Shartnomani tasdiqlagan notarius nikoh shartnomasining qonunga muvofiqligi uchun javobgar bo’ladi. Bunday shartnomaning axloq-odob me’yorlariga muvofiqligi uchun faqat er-xotin javobgar bo’ladilar. Bunda, uzog’i bilan, taraflardan biri noqonuniy ravishda shartnomani imzolashga majbur qilinganligi oshkor qilinishi mumkin.

Tashqi qaraganda nikoh shartnomasi oddiydek tuyulsa-da, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha nikoh shartnomalarining qonunga muvofiqligiga e’tiroz bildirish, nikoh shartnomasini to’liq yoki qisman haqiqiy emas, deb e’tirof qilish mumkin. Shartnoma shartlari O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining nikoh shartnomasi mazmunini nazarda tutadigan 31-moddasi talablariga zid bo’lgan taqdirda, sud er-xotindan birining talabi bo’yicha nikoh shartnomasini to’liq yoki qisman haqiqiy emas, deb e’tirof qilishi mumkin.

Er-xotin o’zaro qonun bilan ruxsat berilgan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga kirishish huquqiga egalar. Er-xotindan birining huquqlarini cheklab qo’yishga qaratilgan shartnomalar haqiqiy emas.

Mamlakatimizda nikoh shartnomasi bo’yicha mavjud amaliyot hozircha katta emas. Biroq qonunning barcha talablariga javob beradigan savodli va to’g’ri tuzilgan shartnoma ham er-xotin tomonidan nikohda orttirilgan mulk rejimining oqilona tashkil qilinishini kafolatlamaydi. Tarix fanlari doktori Mirsodiq Ishoqovga ko’ra, mamlakatimizda nikoh shartnomasi hali u qadar ommalashmagan bo’lsa ham, davlatchiligimiz tarixida nikoh munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga oid ko’plab misollarni ko’rish mumkin.

Qonunchiligimizda ham nikoh shartnomasi tilga olingan. Mazkur maqolada nikoh shartnomasi nima, qanday tuziladi, uni tuzishda nimalarga e’tibor qaratish kerak kabi masalalarga e’tibor qaratamiz.

Nikoh shartnomasi nima?

Nikoh shartnomasi bu nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo’lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir (29-modda, Oila Kodeksi).



Nikoh shartnomasi nima uchun tuziladi?

Nikohni tugatish mobaynida tartibga solinishi eng qiyin bo’lgan masalalardan biri bu mulkning bo’linishidir. Nikoh shartnomasi, asosan, mulk bo’linishi va majburiyatlar taqsimlanishi qay tartibda amalga oshirilishini oldindan belgilab beradi.



Qachon tuziladi?

Nikoh shartnomasini nikoh davlat ro’yxatiga olingunga qadar ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin (30-modda, Oila Kodeksi).



Qay shaklda tuziladi?

Umuman olganda, furarolik munosabatlarida og’zaki shartnoma tuzishga ruxsat beriladi (Fuqarolik Kodeksining 105-106 moddalariga qarang). Ammo nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi talab etiladi (Oila Kodeksining 30-moddasi). Nikoh shartnomasi tuzilgandan so’ng u notarial tartibda tasdiqlanishi ham lozim. Nikoh shartnomasini tuzishda huquqshunos yordamidan foydalanish tavsiya etiladi.



Nikoh shartnomasining asosiy mazmuni nimalardan iborat bo’ladi?

Er va xotin nikoh shartnomasiga ko’ra birgalikdagi umumiy mulkining qonunda belgilangan tartibini o’zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan  har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o’rnatishlari mumkin (jismoniy shaxslarning mol-mulkga birgalikda, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibi qanday amalga oshirilishi haqida ma’lumot uchun Fuqarolik Kodeksining 216 va 225-moddalariga murojaat qiling).

Nikoh shartnomasi quyidagi holatlarni ham tartibga solishi mumkin (31-modda, Oila Kodeksi):

–          Er va xotinning ham mavjud, ham bo’lg’usi mol-mulkiga nisbatan;

–          O’zaro moddiy ta’minot berish va oila xarajatlarini ko’tarish;

–          Bir-birining daromadida ishtirok etish;

–          Nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olish;

Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog’liq qilib qo’yilishi mumkin.



Nikoh shartnomasini tuzishda qanday cheklovlar bor?

Nikoh shartnomasi quyidagi masalalar bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan normalarga zid keluvchi boshqa shartlarni belgilashi mumkin emas:

–          Er-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini belgilash;

–          Er-xotinning o’z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklash;

–          Er-xotin o’rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni belgilash;

–          Er-xotinning bolalarga nisbatan bo’lgan huquq va majburiyatlarini belgilash;

–          Mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni belgilash;

–          Er va xotindan birini o’ta noqulay holatga solib qo’yuvchi shartlarni belgilash;

 Nikoh shartnomasi qanday o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin?

Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi yozma tuzilgani uchun uni o’zgartirish yoki bekor qilish ham yozma shaklda amalga oshiriladi.

Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish mumkin emas. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Nikoh shartnomasi qanday holatlarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin?

Nikoh shartnomasi sud tomonidan Oila Kodeksining 31-moddasi 5-chi qismi talablariga zid kelganda hamda O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha to’la yoki qisman haqiqiy emas deb topishi mumkin (33-modda, Oila Kodeksi).



Aloqador Maqolalar:

  1. Nikoh buzilganda meros bo’linadimi? Savol: Er-xotin ajrashmoqchi bo’lsa, xotin erning vafot etib ketgan ota...

  2. Ajrashish uchun nikoh guvohnomasi kerakmi? Savol: Nikohdan ajrashmoqchiman, ammo nikoh guvohnomasi turmush o’rtog’imda. Sud arizamni...

  3. Nikoh yoshi necha yosh qilib belgilangan? Savol: Nikoh yoshi necha yoshdan qilib belgilangan? Javob: O’zbekiston Respublikasining...

  4. Nikoh tuzishda shaxsning fuqaroligiga qarab cheklovlar qo’yish mumkinmi? Savol: Men Andijonda istiqomat qilaman, O’zbekiston Respublikasi fuqarosiman. O’zbek millatiga...

  5. Nikoh shartnomasi nima degani?

  6. Oila kodeksiga muvofiq er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) ajrashgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi notarial tasdiqlangan kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi. Uning amal qilishi faqat nikoh FHDYo organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin boshlanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar qilingandi.

  7. Nikoh shartnomasi nikoh rasmiylashtirilgunga qadar ham, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.

  8. Nikoh shartnomasida barcha mol-mulkka, uning ayrim turlariga yoxud er va xotinning o‘z mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatish mumkin. Ya'ni ular nikoh davrida qo‘lga kiritgan mol-mulklar teng ikki qismga bo‘linmaydi. Er va xotinning har biriga mol-mulkning shartnoma bilan belgilangan qismigina tegishli bo‘ladi.

  9. Masalan, nikoh shartnomasi tuzilmagan holatda er-xotin birgalikdagi pulga kvartira sotib olgan bo‘lishsa, ajrashishda kvartira teng ikkiga bo‘linadi. 

  10. Agar nikoh shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, ajrashish va birgalikda yig‘ilgan mol-mulkni bo‘lishda sudya uning qoidalariga tayanadi. Shartnomada er-xotinning kelishuviga qarab kvartira ajrashilgandan keyin er yoki xotinning mulkiga o‘tadi yoki umuman sotilishi kerak deb qayd etilishi mumkin.

  11. Nikoh shartnomasi mavjud yoki bo‘lg‘usi mol-mulkka nisbatan ham, tuzilishi mumkin. Nikoh shartnomasining predmeti ko‘chmas mulk, mashinalar, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bo‘lishi mumkin.

  12. Nikoh shartnomasida turli maishiy shartlar (oilada er yoki xotin bajarishi lozim bo‘lgan yumushlar), boshqa shaxsiy majburiyatlar (masalan aliment), nazarda tutilishi mumkin emas.


Sudya: Majburiy nikoh shartnomasi, sep dalolatnomasi ajralishlarning oldini olishi mumkin


  • 21.04.2018 17:24 

 

  •  159 

 

  • O‘ZBEKISTON



TelegramFacebookTwitterOdnoklassniki

Sepga dalolatnoma tuzilsa...

Otaning sudni aldagani mayli, ammo o‘z farzandi haqiga xiyonat qilayotganini qanday izohlash mumkin? Vaholanki, ajrashgach, farzandini tarbiyalayotgan onalar alimentdan tashqari otalardan qo‘shimcha xarajatlar uchun mablag‘ undirishi mumkin. Xususan, bolaning davolanishi uchun, agar ona-bola ijarada yashayotgan bo‘lsa, ijara haqining 50 foizi uchun mablag‘ talab qilish huquqiga ega.

Mol-mulk bo‘linishida kelin sepida olib kelgan jihozlarni bermayotgan oilalar ham uchraydi. Menimcha, mahalla maslahatchisi, ayni paytda  xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis to‘y bo‘lgan oilada kelin sepini qayd qilib, dalolatnoma tuzib qo‘ysa, turli kelishmovchiliklarning oldi olinardi.

Agar nikoh shartnomasi tuzish majburiy etib belgilansa, 90 foiz ajralishlarning oldi olinadi, deb o‘ylayman. To‘g‘ri, xalqaro amaliyotda bunday tajriba qo‘llanilmagan. Ammo uni tatbiq qilishga ham hech qanday to‘siq yo‘q. Bizning milliy an’analarimiz va urf-odatlarimiz nikoh shartnomasining ixtiyoriy tuzilishiga monelik qiladi. Oila kodeksining mazkur moddasi ham amaliyotda ishlamaydi. 

 

 

Mahr qilingan narsani qaytarib olish gunoh



Qadim o‘tmishdoshlarimiz, zardushtiylarning "Avesto" kitobida ham nikoh shartnomasi xususida fikrlar bildirilgan. Islom dinida mahr degan tushuncha bor. Oilalarimizda bu tushunchaga birmuncha amal qilinadi-yu, uning mazmun-mohiyatiga ahamiyat berilmaydi. Xalqimiz oilada o‘g‘il tug‘ilgandan boshlab unga uy qurish harakatiga tushadi. Uylashdan oldin unga hovlisidan kamida ikki xonadan iborat uy ajratadi. Kelin bilan ko‘rishish marosimida "Mana shu uy seniki", – deya qaynota lafz qiladi. Qaynona ham tilla taqinchoqmi, biror qimmatbaho buyumni keliniga ilinadi. Mana shu narsa mahr, aslida. Mabodo ajrashguday bo‘lsa, kelini farzandi bilan o‘sha uyda yashashi kerak. Mahr qilingan narsani qaytarib olish ham gunoh. Mullalar nikoh o‘qishdan avval ozroq vaqt ajratib, oila a’zolariga shu haqda tushuncha bersa, yaxshi bo‘lardi.

Oilaviy ajralishlar faqatgina bitta oilaning emas, jamiyatning muammosi. Ushbu muammo ayollarning farzandini tashlab, chet elga ketishi, odam savdosi qurboniga aylanishi, farzand hayotidagi kemtiklar-u, erkak kishida oilaga nisbatan mas’uliyatsiz munosabatning shakllanishi kabi qator illatlarni yuzaga keltiradi.



Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi
Ma’rufjon Tojiboyevning so‘zlarini

http://zarnews.uz/uz/post/sudya-majburiy-nikoh-shartnomasi-sep-dalolatnomasi-ajralishlarning-oldini-olishi-mumkin

http://xs.uz/uz/post/nikoh-shartnomalarini-mazhburij-qilish-haqida-qonun-lojihasi-kiritildi

Namangan viloyat hokimligi Oila kodeksiga oʻzgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Hokimiyat xususan nikohlanuvchilar oʻrtasida nikoh shartnomasi tuzishni majburiy qilib belgilash haqida taklif kiritdi.

Hokimiyat kiritgan taklifiga koʻra, kelin va kuyov oʻrtasida nikoh shartnomasi tuzilgan holatda - ularning nikohi FHDYO organida qayd etilishi mumkin boʻladi.

Bugungi kunda nikoh shartnomasi - er va xotinning nikohda boʻlgan davrida va nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi hisoblanib, hozirgi kunda uni tuzish ixtiyoriydir.

Elatib oʻtamiz, yaqinda nashrimizda “Oila” ilmiy – amaliy markazi mutaxassisi Gulnora Ishanxanova bilan intervyu chop etilgan edi. Unda mutaxassis “Nikoh shartnomasi oilani mustahkamlaydi, agar ajralishga toʻgʻri kelsa - koʻplab mojarolardan saqlab qoladi”, - degan fikr bildirgan edi.

O‘zbekistonda nikoh shartnomasini tuzishni majburiy qilish taklif qilindi

Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa davlatlari, AQSh va Kanadada nikoh shartnomasi instituti keng ommalashgan. Bu haqda “Oila”  ilmiy-amaliy tadqiqot markazining oila institutini mustahkamlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i Gulnora Ishanxonova “Xalq so‘zi” gazetasiga intervyuda ma'lum qildi.  

2018 yil davomida notarial idoralarda 219 ta nikoh shartnomasi tuzilgan. Shu yil ichida FHDYolar tomonidan 311,4 mingta nikoh va 32,3 ta ajrashish qayd qilingan. 

Mutaxassisning fikricha, Oila kodeksining nikoh shartnomasiga tegishli me'yorlarini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi va ehtimol majburiy nikoh shartnomasini tuzish yo‘lidan borish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Ishanxonovaning fikricha, nikoh shartnomasi oila, muhabbat rishtalarini barbod qilmay, aksincha uning mustahkamlanishiga ko‘mak beradi.

O‘zbekiston Oila kodeksi 1998 yilda qabul qilingan va unga nikoh shartnomasiga oid 6-bob - “Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi” kiritilgan. 

Shartnoma nikoh qayd etilgunga qadar va nikoh vaqtida ham tuzilishi mumkin. U yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi lozim. Ushbu shartnomaga ko‘ra, er-xotinlar Oila kodeksining 23-moddasida o‘rnatilgan birgalikdagi umumiy mulk tartibini o‘zgartirish, butun mulkka birgalikda, ulushli yoki alohida, uning muayyan turlari yoki er-xotinning har birining mulkiga egalik qilish tartibini o‘rnatish huquqiga egalar.



https://kun.uz/uz/news/2019/02/07/ozbekistonda-nikoh-shartnomasini-tuzishni-majburiy-qilish-taklif-qilindi

Demenkovning soʻzlariga koʻra, bu yerda er va xotin tomonidan birgalikda orttirilgan mol-mulk borasida savollar tugʻilishi va bu keskin eʼtirozlarga sabab boʻlishi mumkin. Chunki oʻrtada ulushlar tengligi toʻgʻrisida masala oʻrtaga tashlanishi mumkin

TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda yaqin kelajakda nikoh shartnomalari barcha yangi oilalar uchun majburiy boʻlishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi. Rossiyalik advokat Filipp Demenkov er-xotinni nikoh shartnomasini tuzishga majburlash yaxshilik bilan yakun topmasligi mumkinligini aytmoqda.



© FLICKR / BRIAN AMBROZY

Oʻn mingdan ortiq roʻyxatdan oʻtkazilmagan oilalar aniqlandi

"Agar mamlakatda er-xotin uchun nikoh shartnomasi majburiy etib belgilanadigan boʻlsa, u holda oila kodeksidagi tenglik printsipidan voz kechish kerak boʻladi. Yaʼni bu oila kodeksini toʻlaligicha qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish va umuman olganda oila institutini ham toʻliq qayta koʻrib chiqilishiga olib kelishi mumkin. Erkak va ayolni qonunan nikoh shartnomasini tuzishga majbur etish - yaxshilikka olib kelmaydi. Chunki har qanday shartnoma singari nikoh shartnomasini ham daʼvo orqali sudda qayta koʻrib chiqish mumkin", - deydi ekspert.

Demenkovning soʻzlariga koʻra, bu yerda er va xotin tomonidan birgalikda orttirilgan mol-mulk borasida savollar tugʻilishi va bu keskin eʼtirozlarga sabab boʻlishi mumkin. Chunki oʻrtada ulushlar tengligi toʻgʻrisida masala oʻrtaga tashlanishi mumkin.

Ekspert shuningdek, Oʻzbekistonda nikoh shartnomasini joriy etishga - majburiyatni kuchaytirish deya qaralayotgani ham xalqaro amaliyotga unchalik toʻgʻri kelmasligini bildirdi. Sababi, xalqaro amaliyotda nikoh shartnomasiga majburiyat yuki deb emas, balki imkoniyat sifatida qaraladi.

Yaʼni shartnoma - keyinchalik yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ayrim masalalarni toʻliq bartaraf etish uchun imkoniyatdir. 

Advokat Demenkov Rossiya qonunchiligidan misol keltirar ekan, bu yerda hech kim hech kimni nikoh shartnomasini tuzishga majbur eta olmasligini qoʻshimcha qildi.



https://oz.sputniknews-uz.com/analytics/20190206/10741245/Niko-shartnomasini-mazhburiy-ilib-belgilash-yakhshilikka-olib-kelmaydi---ekspert.html
Download 119.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling