Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi


Download 39.5 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1474144
Bog'liq
NIKOHLANUVChI ShAXSLARNI TIBBIY KO


NIKOHLANUVChI ShAXSLARNI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISh tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasini bajarish yuzasidan hamda sog‘lom oilani shakllantirish, irsiyatga bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida nikohlanuvchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish to`g`risidagi Vazirlar Mahkamasi qarorida quyidagilar keltiriladi:


1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin; boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, jamoat tuzilmalari bilan birgalikda nikoh tuzishgacha tibbiy ko‘rikdan o‘tish masalalari dolzarb ekanligini yoshlarning keng qatlamlariga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etsin.
2. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ularga maslahat berish va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatini monitoring qilib, mavjud muammolarni tahlil etish, umumlashtirish Respublika va hududiy aholi reproduktiv salomatligi markazlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun Markazlar tuzilmasiga sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida mutaxassis shtatlar (tibbiy-genetik, psixolog, IT-texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis) kiritilsin.
3. Tibbiy ko‘rik Oila kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”, “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risida”, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik bilan tartibga solinadi.
4. Nikohlanuvchi shaxslar Nizomga muvofiq hajmlarda psixik, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
5. Nikohlanuvchi shaxslar FHDY organlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi sog‘liqni saqlash tizimining tegishli tibbiyot muassasalariga yuboriladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun berilgan yo‘llanmalar FHDY organlarida nikoh tuzish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida qayd etiladi.
6. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi ularning yashash joyidagi psixiatr vrachlar, narkologlar, teri-tanosil kasalliklari vrachlari, ftiziatrlar (dispanser va tuman kabinetlari) tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazish uchun asos hisoblanadigan FHDY organlari tomonidan berilgan yo‘llanma bo‘yicha bepul o‘tkaziladi.
Nikohlanuvchi shaxslar doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bepul dispanserizatsiyadan, ya’ni kardiolog, endokrinolog, revmatolog, urolog mutaxassislari jalb qilingan holda nikoh oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi hamda qo‘shimcha UTT, EKG, umumiy qon tahlili, qondagi qand miqdori aniqlanadi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak.
7. Ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsga belgilangan shakldagi alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, unda ko‘rikdan o‘tayotganning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar hamda tekshirish natijalari to‘liq hajmda aks ettiriladi.
8. Agar nikohlanuvchi shaxs o‘z xizmati yoki ishi turiga ko‘ra muayyan tibbiyot muassasasiga biriktirilgan bo‘lsa, u mazkur muassasada ko‘rikdan o‘tkaziladi.
9. Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslarning tibbiy ko‘rigi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot muassasalarida o‘tkaziladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohlanayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlarining vaqtincha yashash joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
11. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi natijalari to‘g‘risida tibbiyot muassasasining xulosasi ma’lumotnomada aks ettiriladi. Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi hamda alohida daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, daftar belgilangan muddat mobaynida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining arxivida saqlanadi. Ma’lumotnomaning amal qilish muddati — uch oy.
Tibbiyot muassasasining mas’ul xodimi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma berishda nikohlanuvchi shaxsga aniqlangan kasalliklarning nikoh tuzilgandan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini tushuntiradi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxs o‘tkazilgan tushuntirish to‘g‘risida Ma’lumotnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga imzo qo‘yadi.
Yuqoridagilardan ko`rinadiki, sog‘lom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi. Bu jarayonga mas`uliyat bilan yondoshish nafaqat FHDY organlari balki barchamizning burchimizdir.

Qiziriq tumani FHDY bo`limi
mudirasi X. Aliqulova
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling