Nikola tesla


Download 0.67 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#251760
Bog'liq
FIZIKA1


NIKOLA TESLA

Nikola Tesla (serb kirillchasida: Nikola Tesla; 10-iyul 1856 — 7-yanvar 1943) serb-amerikalik ixtirochi, mexanik va elektr muhandis boʻlgan. U kunimizda keng tarqalgan oʻzgaruvchan tokli elektr tizimiga asos solgan. Michael Faraday nazariyalariga tayanib, Tesla elektromagnetizmda inqilobiy kashfiyotlar ochdi. U shuningdek simsiz aloqa va radioga asos soldi.

TESLA (Tesla) Nikola (1856—1943) — elektrotexnika va radiotexnika sohalaridagi serb olimi. 1884 yildan boshlab AQSHda ilmiy ishlarini olib borgan. Aylanuvchi magnit maydoni hodisasini bayon qilgan (1888). Koʻp fazali elektr mashinalarni va koʻp fazali toklarning tarqalish sxemasini ishlab chiqqan. Yuqori chastotali tok texnikasi (generatorlari, transformatorlari, 1891 va boshqalar) yaratuvchisi. Signallar va energiyani Simsiz uzatish mumkinligini tadqiq qilgan.

Avstriya Imperiyasining (hozirda Xorvatiya) Xorvatiya Harbiy Chegarasidagi Smiljan qishlogʻida[1] (hozirda Gospić) etnik serblar oilasida Avstriya Imperiyasi fuqarosi oʻlaroq tugʻilgan Tesla keyinchalik Amerika fuqaroligini qabul qildi.[2] 1894-yili radio orqali qisqa masofali simsiz aloqani havola etgani[3] va "Toklar Urushi" gʻolibi boʻlgani uchun u Amerikada ishlagan elektrmuhandislardan eng buyugi sifatida hurmat qozondi.[4] U elektrmuhandislik kashshoflaridan biri boʻlib, uning kashfiyotlari katta ahamiyatga molikdir. Oʻsha paytda Amerikada Tesla eng mashhur olim, deb sanalardi.[5] Tesla 1891-yili elektr qurilmalarni quvvatlash uchun simsiz energiya uzatishni namoyish etdi,[6] qitʼalararo energiya uzatish maqsadida Wardenclyffe Minorasi loyihasini boshladi.

Tesla umrining oxirida odamovi boʻlishni boshladi; New York City mehmonxonasidagi xonasida yakka oʻzi yashab, gohida matbuot uchun gʻayrioddiy iddaolar qilish uchun xalq oldiga chiqardi.[7][8] Shu taʼkidlari va ishlarining sirli tabiati tufayli Tesla ommaviy madaniyatda arxetipik "aqldan ozgan olim" sifatida koʻrila boshladi.[9][10] U kambagʻallikda vafot etdi.[11]

Magnit maydonini oʻlchaydigan B (magnit induksiyasi) SI birligi 1960-yilgi Parijdagi Vaznlar va Oʻlchovlar Umumiy Konferensiyada uning sharafiga Tesla deb nomlandi.



MIRZO ULUG’BEK



MIRZO ULUG’BEK (1394 - 1449) Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulk va bobosi Temur shug‘ullanadilar. Ulug‘bekka shoir Muhammad Solihning bobosi Amir Shoh Malik vasiylik va murabbiylik qiladi. Amir Temur sevimli nevarasini safarlarda, yurishlarda ham birga olib yurgan. Temur vafotidan so‘ng 15 yashar Ulug‘bek Samarqand hokimi bo‘ladi. Poytaxti Hirot bo‘lgan Xuroson davlatini o‘zi boshqaradi. Ulug‘bek o‘z atrofiga «o‘z davrining Aflotuni» deb nom oltan Qozizoda Rumiy (Ulug‘bek uni o‘ziga ustoz deb bilgan), «o‘z zamonasining Ptolomeyi» bo‘lgan Ali Qushchi, matemagik va astronomlar Mansur Koshiy, Birjandiy, Miram Chalabiy, G’iyosaddin Jamshid kabi olimlarni jamlagan. Samarqanddagi Obirahmat soyi yoqasida 3 qavatli, balandligi 50 metr bo‘lgan rasadxona qurdirib, unda 1018 ta yulduzning muvozanatini aniqlashgan. Ulug‘bek o‘g‘li Abdulatif roziligi bilan 1449 yshga yollangan qotil Abbos tomonidan o‘ldirilgan. 15 yoshida Samarqand hokimi bo'lgan Ulug'bek o'z atrofiga mashhur olimlarni jalb qildi. Ular ko'magida Samarqandda rasadhona qurdirdi. Ulug'bek rasadhonadagi asboblar yordamida koinot sirlarini o'rgandi. U koinot ilmi sohasidagi ijodiy ishlarini "Ziji'" jadidi Ko'rogoniy" ("Yangi astranomiya jadvallari") kitobida bayon qilgan. Bu kitobda astronomiya 9falakkiyot) faniga asos solingan va 1019 ta yulduzning vaziyatlari jadvali ham berilgan. Bu asari bilan butun dunyoga astranom olim sifatida tanilgan. "Ziji jadidi Ko'ragoniy" kitobi dunyo xalqlari tillariga tarjima qilinib, boshqa olimlar tomonidan o'rganib kelingan. tob Londonda ush marta (1650,1652 va 1665 -yillarda), Parijda (1853-yilda), Amerikada (1917-yilda) nashr etilib, Ulug'bekning dunyo fani oldidagi xizmatlarini bayon etgan. Buyuk mutafakkir va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek Samarqandda fitnachilar tomonidan qatl etilgan. Sharq mamlakatlaridagi ilmiy an’analarga ko‘ra, falakiyot sohasida yaratilgan asarlar «Zij» deb atalgan va ular asosan jadvallardan iborat bo‘lgan. Ulug‘bek ilmiy merosining gultoji – uning «Zij»idir. «Ziji Ulug‘bek», «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» nomlari bilan shuhrat qozongan bu asar falakiyot ilmining nazariy va amaliy masalalarini qamrab olgan durdona asardir. «Zij» ikki bo‘limdan: keng muqaddima va 1018 sobita yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. Muqaddimaning o‘zi to‘rt qismni tashkil qiladi. Birinchi qism taqvim masalalariga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, ushbu qismda Turkiy muchal yillari haqidagi tushuncha ham mufassal bayon etilgan. Muqaddimaning ikkinchi qismi 22 bobdan iborat. U asosan matematika va sferik astronomiya masalalariga bag‘ishlangan. Bu qismda yulduzlarning balandligi va ular o‘rtasidagi masofa, meridian chizig‘i, uzunlik va kenglikni o‘lchash yo‘llari ko‘rsatilgan. Uchinchi qismda Quyosh va Oyning harakati bayon qilingan. Quyosh va Oy tutilishining aniq vaqtlari va uni aniqlashning o‘tmishdagi va Ulug‘bek davridagi yo‘llari keng tahlil qilingan. Olim quyosh va oyning harakatini to‘g‘ri hisoblagan va bu hisob-kitob hozirgi hisob-kitobdan deyarli farq qilmaydi. Ulug‘bek hisobi bo‘yicha yulduz yili 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniyani tashkil etadi. Bugungi kunda bir yulduz yili 365 kun 6 soat 9 daqiqa 6 soniyaga teng. Farq – 1 daqiqa 2 soniya, xolos. 1994 yilda Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik tavalludi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1994 yil «Ulug‘bek yili» deb e’lon qilindi. Alloma yubileyi munosabati bilan Fransiya poytaxti Parij shahrida – YUNESKO qarorgohida bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda ishtirok etgan mamlakatimiz olimlarining ilmiy ma’ruzalari dunyo hamjamiyati e’tiborini tortdi.

Albert Eynshteyn



(1879-1955)

Albert Eynshteyn 1879 yilning 14-mart sanasida Avstriyaga qarashli Ulm shahrida tavallud topgan. Bo‘lajak buyuk fizikning otasi German Eynshteyn ham, maktab chog‘laridayoq tengdoshlariga nisbatan kuchli zehni va ajoyib matematik qobiliyati bilan ajralib turgan ekan. Albert 1 yoshga to‘lgan yili, Eynshteynlar oilasi Myunxenga ko‘chib o‘tadi. Albert Eynshteyn 5 yoshlik paytida unga kompas sovg‘a qilishgan. Yosh Albert ushbu ajoyib narsaning xususiyatlaridan hayratlanib, butun kelajak hayotiga ta'sir ko‘rsatuvchi kuchli qiziqishlar olamiga sho‘ng‘ib ketgan. Keyinchalik, 12 yoshlik chog‘ida uning qo‘liga Yevklidning geometriya kitobi (ya'ni, "Boshlang‘ichlar" asari) tushib qoladi. Eynshteyn o‘zining fizika va umuman ilm-fan olamiga kirib kelishida bolaligida qo‘liga kelib tushgan aynan o‘sha ikkita narsa - kompas va geometriya kitobi hal qiluvchi o‘rin tutganini ko‘p bora ta'kidlagan.

 

Myunxenda Albert Eynshteyn avvaliga oddiy boshlang‘ich maktabga, keyinroq esa maxsus gimnaziyaga qatnay boshlagan. 6-sinfgacha bo‘lgan ta'limni Germaniyada olgan yosh Albert, keyinchalik Milanga yo‘l oladi va mustaqil o‘qiy boshlaydi.



1895 yilning kuzida u Shveytsariyaga ko‘chib o‘tadi. Uning maqsadi Syurixdagi oliy texnika o‘quv yurtiga - Syurix Politexnikumiga o‘qishga kirish bo‘lgan. Biroq, dastlabki urinishda Eynshteyn imtihonlardan o‘ta olmagan. Uni gumanitar fanlar va botanika, hamda, fransuz tilidan o‘tkazilgan imtihonlardagi bahosi qoniqarsiz bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da Syurix Politexnikumi direktori Eynshteynning aqliy salohiyatini o‘z vaqtida ilg‘ab qoladi va unga Aaraudagi maktabda vaqtincha o‘qib, o‘sha maktabning attestatiga ega bo‘lishi mumkinligini aytadi. Politexnikum direktori Eynshteynga "Siqilmang, Juzeppe Verdini ham Milan konservatoriyasiga darhol qabul qilishmagan. Sizning kelajagingiz porloq, men bunga aminman" - degan ekan o‘sha direktor.

Albert Eynshteyn direktorning maslahatiga ko‘ra Aarauga yo‘l oladi va u yerda bir yil ta'lim olgach, fizika o‘qituvchisi bo‘lishga qaror qiladi. U yil davomida avvalgi


imtihonda o‘ziga yetishmagan bilimlarni qaytadan mukammal o‘zlashtirib, puxta tayyorgarlik ko‘radi va keyingi imtihonda Syurix Politexnikumining fizika o‘qituvchiligi fakulteti talabasiga aylanadi.

Politexnikumda ta'lim ola boshlagan dastlabki yiliyoq Eynshteyn ko‘p vaqtini mazkur ilmiy dargohning yaxshi jihozlangan fizika laboratoriyasida o‘tkaza boshlagan. U hamma tajribalarni o‘zi, o‘z qo‘li bilan bajarishni istaydigan injiq va o‘ta qiziquvchan talaba bo‘lgan. Nazariy fizikaga bo‘lgan yuksak qiziqishidan tashqari, Eynshteyn talabalik yillarida shuningdek geologiya, madaniyatshunoslik, tarix, iqtisodiyot, hamda, adabiyotshunoslik fanlari bilan ham jiddiy qiziqqan. U darslardan tashqari vaqtini asosan yoki laboratoriyada, yoki kutubxonada o‘tkazardi. Ko‘pincha, u mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha kursdoshlaridan o‘zib ketib, asosan mustaqil izlanishlar bilan band bo‘lgan. Uning mutolaa stolida German Gelmgolts va Genrix Gerslarning ilmiy ishlarini, shuningdek, Darvinning asarlarini doimo uchratish mumkin edi.



Isaac Newton

Isaak Nyuton - (ing Sir Isaac Newton) Ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi eng mashhur olimlardan biri. Nyuton 1643 –yil 4-yanvarida Angliyaning Linkolnshir shahrida fermer oilasida tug’ildi. U Kembrij universitetining matematika fakultetiga o’qishga kirdi va uni 1665-yil tamomladi. O’sha yili chuma epidemiyasi kasalligi keng tarqala boshladi va bu kasallik Kembrij shahrigayam yetib keldi, natijada universitet yopildi. Keyinchalik Nyuton o’z shahri Linkolnshirga qaytdi. 1668 yilda Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan so’ng u Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi. 1672 yilda u London Qirollik jamiyatining a’zosi qilib saylandi, 1703 yilgacha esa uning prezidenti bo’ldi. Isaak Nyutonning ilm- fanga, xususan matematika, fizika faniga qoshgan hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda ko’plab qonunlarni va teoreyalarni kiritdi. Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorug’lik qonuniyatlari, yorug’likning tarqalishi ni o’rgandi. Nyuton matematik hisoblarni qo’llab ko’p asrlik muammo bo’lgan koinotdagi samoviy jismlar harakati muammolarini hal etdi. Yerning tortish kuchi borligini isbotladi, Aytishlaricha uning bu boradagi izlanishiga sabab: daraxt tagida o’tirganda boshiga olma tushgani ekan. O’zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi. U ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonasining ilmiy muammolari bilan uzviy bog’langan edi. Masalan, optika sohasidagi tadqiqotlar optik asboblarning kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan edi. “Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi” (1672) nomli optikaga oid qarashlarini bayon qildi. Bu ish qizg’in bahsga sababchi bo’ldi. Nyutonning yorug’lik tabiati haqidagi korpuskulyar qarashlariga ingliz olimi R.Guk qarshi chiqdi. U vaqtda Nyuton yorug’lik haqidagikorpuskulyar va to’lqin tasavvurlarni o’z ichiga oluvchi gipotezani olg’a surdi. 1704-yilda nyuton o’zining ko’plab mehnati natijasida yozgan “Optika” deb nomlangan kitobini chiqardi. Unda yorug’likning xususiyatlari, uning tarkibi, umuman olganda bu kitob optikaga bag’ishlangan edi. Nyutonning optika sohasidagi tajribalaridan biri, u quyosh nurini shisha prizma orqali qorong’i xonaga o’tkazib spektrdagi 7 xil rangni hosil qildi. U shuni isbotladiki: Oq yorug’lik tarkibida 7 xil rang mavjud ekan. Nyuton barcha sayyoralar quyosh atrofida aylanishini ilmiy ravishda isbotlab, Keplerning sayyoralar harakati haqidagi qonunlarini tasdiqladi. Nyuton matematika faniga ko’plab qonunlar kiritdi, masalan, kombinatorika elementlari, guruhlash, yoki sonlarni o’rnini almashtirishdagi usullar soni va hokazolarni fanga kiritdi. Aytishlaricha, Nyuton yoshligidan o'ta kamgap inson bo'lgan ekan. hech qanday ortiqcha yoki behuda gaplar aytishni xush ko'rmas ekan.
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling