Nilelirlash Nivelirlash Turlari Reja


Download 106 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi106 Kb.
#1062133
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Rerferat


Nilelirlash Nivelirlash Turlari
Reja

  1. Nivelirlash haqida

  2. Nivelirlash turlari

  3. Oddiy va murakkab nivelirlash.




  1. Nivelirlash haqida

Nivelirlash — geodezik oʻlchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniklanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlangʻich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. Oʻzbekiston hududida bajariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt-Peterburg) futshtogining nol chizigʻi (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan (qarang Mutlaq balandlik). N.ni bajarish uslubiga qarab geometrik N., trigonometrik N., fizik (gidrostatik, barometrik va aero) N. va stereofotogrammetrik N. turlariga boʻlinadi. Geometrik N. gorizontal vizir nur, trigonometrik N. esa kiya vizir nur yordamida bajariladi. Stereofotogrammetrik N. bir joyning ikkita qoʻsh aerosuratlarini maxsus optik asbob (Mas, stereoskop)da kuzatib hosil qilinadigan joy rel-yefi modelida oʻlchab bajariladi. Geometrik N. nisbatan sodda va anikligi yuqori boʻlib, amalda juda keng qoʻllanadi; trigonometrik N. esa aniqligi nisbatan past, u togʻli hududlarda qoʻllanadi. Katta hududlarning topofafik haritalarini tuzishda stereofotogrammetrik N. asosiy hisoblanadi. 

  1. Nivelirlash turlari

Tayanch so’zlar va iboralar:
Nivеlir o’lchash aniqligi, konstruqsion hususiyati, kompеnsatorli nivеlir, nivеlir qismlari, nivеlirlarni tеkshirish, lazеrli nivеlir, gеodеzik rеyka.
Nivelirlash turlari
Nuqtaning balandligini o‘lchash yoki nivelirlash yo‘li bilan er yuzidagi nuqtalarning bir-biriga yoki boshlang‘ich deb qabul qilingan satxiy yuzaga nisbatan balandligi aniqlanadi.
Qo‘llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Geometrik nivelirlash.
2. Trigonometrik nivelirlash.
3. Barometrik nivelirlash.
4. Mexanik nivelirlash.
5. Gidrostatik nivelirlash.
6. Radio nivelirlash.
7. Stereofotogrammetrik nivelirlash.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling