Nima uchun Internet ashyolar (IoT) juda muhim?
Bulutli hisoblashlar ekotizimi haqida tushuncha bering
Download 180.04 Kb.
|
Bulutli texnologiyalari Umumiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 66. Bulutli ekotizim tasniflanishi
- 67. Bulutli ekotizimdagi qatnashchilarning o‘zaro taʻsirlashuvlari
65. Bulutli hisoblashlar ekotizimi haqida tushuncha bering
Bulutli hisoblashlar konsepsiyasini qo‘llash ssenariylaridan foydalanilganda, qo‘llanadigan texnologiyalarda, qiyin va muammoli masalalarda, hamda tadrijiy rivojlanish davomida ommaviy va tijorat sektorlarida faol muhokama jarayonida aniqlashtiriladigan va asoslanadigan afzalliklarda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, taʻrif, xossalar, xarakteristikalar va ularning muvofiqligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib rivojlanib boradi[30], shu boisdan bulutli hisoblashlar ekotizimi (bulutli ekotizim) deb ataluvchi tushunchaga murojaat qilish maqsadga muvofiq. 66. Bulutli ekotizim tasniflanishi Bulutli ekotizim – bu birga ishlaydigan va bulutli xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq komponentlarning murakkab tizimini tavsiflash uchun qo‘llanadigan atama. ITU ning maqsadli guruhlari (FG Cloud TR, Part 1:Introduction to the cloud ecosystem: definitions, taxonomies, usecases and high-level requirements)) ning tavsiyalariga ko‘ra, ekotizimni shakllantiruvchi bir necha ishtirokchilar mavjud: Cloud service user (CSU): bulut xizmatidan foydalanuvchilar; Cloud service provider (CSP): bulut xizmatini taqdim etuvchilar; Cloud service partner (CSN): bulutli xizmat hamkorlari. Foydalanuvchini o‘zini oraliqdagi foydalanuvchilar qatoriga qo‘shishi mumkin, ular bulut xizmatini taʻminlovchilar (CSP) tomonidan ko‘rsatiladigan bulutli servis oxirgi foydalanuvchilari uchun bulutli xizmatlarni amalga oshiradilar. Oxirgi foydalanuvchilar jumlasiga shaxslar, mashinalar yoki ilovalar kiradi. Bulut xizmatini taqdim etuvchilar – bulutda xizmat ko‘rsatadigan va doimiy yetkazadigan tashkilot. Xizmat ko‘rsatishdagi hamkor: bulutli servis provayderining xizmatlarini ko‘rsatish jaryonini qo‘llab turuvchi shaxs yoki tashkilot (masalan, xizmatlar integratsiyasi) 67. Bulutli ekotizimdagi qatnashchilarning o‘zaro taʻsirlashuvlari Bulutli ekotizimdagi ishtirokchilarning roli. CSU-bulut xizmatidan foydalanuvchilar, CSP-bulut xizmatini taqdim etuvchilar, CSN-bulutli xizmat hamkorlari. Mazkur prinsiplarga asoslangan holda, bulutli ekotizimdagi qatnashchilarning o‘zaro taʻsirlashuvlari ssenariysini ko‘rib chiqamiz (bulutlararo ssenariylar). 1. Bulutlararo piringli ssenariy. Ikki provayder bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro hamkorlik qilishi mumkin. Har bir CSP (provayder) bulutli tarmoqlararo hamkorlik uchun va o‘z API sini taklif eta oladi va provayderlar bir-biri bilan boshqa provayderning API sidan foydalangan holda hamkorlik qiladi. 2. Bulutlararo federatsiya bilan birgalikdagi ssenariy. Ikki provayder o‘zaro ishonch asosida alyansga mantiqan birikishi mumkin. Alyansda bulutli tarmoqlararo o‘zaro hamkorlik uchun umumiy API aniqlanadi va har bir CSP boshqalari bilan umumiy API orqali birgalikdada o‘zaro hamkorlik qiladi. Download 180.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling