Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart? Kirish Tarix — arabcha so‘z bo‘lib, «o'tmish», «o'tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish»


Download 105.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.01.2023
Hajmi105.44 Kb.
#1087734
Bog'liq
tarix amaliy ish1



 
Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart?  
Kirish 
Tarix — arabcha so‘z bo‘lib, «o'tmish», «o'tgan voqealar haqida aniq 
hikoya qilish» ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq 
o'tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan hayotiy yo'lini, avloddan 
avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi 
sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni yetaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini 
tartibga solingan holda o'rganuvchi, tasvirlovchi fandir. 
Tarixni o‘rganish, bilish — bu kishilik jamiyatining rivojlanish 
qonuniyatlari, taraqqiyotning mavjud bosqichdan yangi bosqichga o‘tish 
jarayonini, insonlarning inqirozli, turg'unlik holatiga tushish sabablari va 
bu holatdan chiqish yo'lidagi tajribalarini, har bir zarrasi qimmatga 
tushgan o'tmish sabog‘ini umumlashtirish, tushunib yetish, anglab olish 
demakdir. Tarix fani tarixiy jarayonning qonuniyatlari va 
tendensiyalarini tushunib yetishga, hozirgi zamonni to‘g‘ri anglab 
olishga, kelajakni asosli ravishda ko'ra bilishga ko‘maklashuvchi ilmdir. 
XXI asr bo‘sag‘asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - 
qadimiy 0 ‘zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir 
bo'ldi. 1991— yil 31-avgust kuni bo‘lgan Respublika Oliy Kingashining 
navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida 0 ‘zbekistonning davlat 
mustaqilligi e’lon qilindi. 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining 
mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-umidlari ushaldi, 
muqaddas maqsadi ro'yobga chiqdi, mamlakat ahli siyosiy mutelik va 
asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren 
davlat - 0 ‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. 0 ‘zbekistonning davlat 
mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og‘ir va 
mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimizning keyingi yuz 
yillik tarixi mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, 
istiqlol qurbonlar evaziga qo‘lga kiritilgandan guvohlik beradi. Endilikda 
xalqimizning o ‘z taqdiri o‘z qo'lida, xalq o'z mamlakatining 


mustaqilligini mustahkamlash mobaynida astoydil mehnat qilmoqda.
0 ‘zbekiston fuqarolari, xususan, yoshlar qalbiga milliy istiqlol g'oyasini 
singdirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda « 0 ‘zbekis-
ton tarixi» fanining o‘rni, imkoniyatlari katta. Binobarin, Respublika oliy 
o ‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichida «0‘zbekiston tarixi» fani 
asosiy fanlar qatorida turadi. 0 ‘zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining 
qadimgi o'choqlaridan biri ekanligi, o‘zbek davlatchiligining shakllanishi 
va rivojlanish bosqichlari, o'zbek xalqining shakllanish jarayoni kabi 
dolzarb masalalarni yangi manbalar, mustaqillik yillarida nashr etilgan 
ilmiy asarlar asosida ochib berishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Asosiy qisim 
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o'zining uzoq va betakror tarixiga 
ega bo'lganidek, 0 ‘zbekistonning, o‘zbek xalqining tarixi ham boy va 
sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e'tirof 
etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko'ra 
Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar 
qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, 
sivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq chorrahalaridan biri sifatida butun 
insoniyat tarixining borishiga ma’lum darajada ta’sir etib bordi. Shu 
bilan bitga, ajdodlarimiz hayotiga boshqa xalqlar, sivilizatsiyalaming 
ham ta’siri bo‘ldi. Ming yillar davomida o'zbek xalqining fors, hind, 
yunon, arab, rus va boshqa xalqlar bilan ma’lum darajada aralashuvi 
sodir bo‘lgan, ulaming madaniyati, fani, san'ati va umuman turmush 
tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan. 
O'zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. 
Hozirgi O'zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari 
miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo'lib, qariyb 
3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida 
eng yuksak darajaga ko'tarilgani jahonga ma’lum. 


Vatanimiz tarixi o‘zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati 
xazinasiga ulkan hissa qo'shganligidan guvohlik beradi. Buyuk 
bobolarimiz — Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, 
Ahmad alFarg'oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad 
ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Bahouddin Naqshband
Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, 
Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan 
nafaqat o'zbeklar, balki butun turk dunyosi, qolaversa, butun yer yuzi 
xalqlari faxrlanadilar. 
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko‘hna 
shaharlar bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohga aylangan.
0 ‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, 
ziyoratchilar bu shaharlami, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me’- morchilik 
majmualari va yodgorliklami ko'rib, ularda mujassamlashgan xalq 
ustalarining iste’dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga 
tahsinlar o'qimoqdalar. Muqaddas yerimiz orqali o'tgan Buyuk Ipak yo'li 
Osiyo va Yevropadagi xalqlar va mamlakatlami bir-biriga bog‘lab turgan, 
xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan. 
0 ‘zbekiston tarixi xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi 
kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo'lini, ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, madaniy va m a’naviy hayotini holisona o‘rganishdan, 
tushuntirishdan iboratdir. 0 ‘zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti 
bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan voqealar rivojining ichki mantig‘ini, 
sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to‘plangan amaliy tajriba va 
saboqlarai o‘rgatadi. Vatanimiz tarixi o'zbeklarning xalq, millat bo'lib 
shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, 
davlatlaming tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini 
o'rgatadi. 0 ‘zbekiston tarixi xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga 
kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, 
demokratik—fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor 
iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish 
jabhalaridagi faoliyatini o‘rgatadi. O'zbekiston tarixi xalqimiz tarixini 


haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi munavar ko'zgu, ijtimoiy, siyosiy, 
tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir. 
Tarixiy voqealarni o'rganishda to‘g‘ri ilmiy-nazariy, metodologik 
asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi 
davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o'qitish va o‘rganish ishlari 
markschalenincha metodologiyaga bo'ysundirildi. Har qanday voqeani 
yoritishga sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik nuqtayi 
nazarlaridan yondashildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-
ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, 
feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar 
va kutubxonasi g'allar, mulkdorlar va yo‘qsillar tarixiga bo‘lindi. Boylar 
va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat 
arboblariga ommaga qarshi reaksion siyosat yurituvchi ekspluatatorlar 
guruhi deb qaraldi, tarixiy shaxslar qoralandi, nomlari badnom qilindi. 
Tarixiy voqea va hodisalar kambag‘allarni va yo'qsillarni himoya qilgan. 
Xulosa 
Darhaqiqat, 0 ‘zbekiston tarixi, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari 
tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas 
bog‘langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo 
mintaqasidagi ko'pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy 
makonda bo‘lib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug‘, qabila, 
qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o‘zaro ta’sirda va aloqada 
boMganlar, qo‘shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning 
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti mushtarak, uzviy bog‘liq 
o'tgan. Shu sababdan O'zbekiston tarixini qo‘shni mamlakatlar tarixiga 
bog'liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqga qarama-qarshi qo'ymagan 
holda o‘rganish taqozo etiladi. Qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, turkman, 
tojik, fors, afg'on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini 
qanchalik yaxshi bilsak, 0 ‘zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur 
tushunamiz. 

Download 105.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling