Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?


Download 23.81 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi23.81 Kb.
#156322
Bog'liq
1 topshiriq tarix


  1. Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?”mavzusida esse yo’zib bering

ESSE (frans. — urinish, sinash, ocherk) — erkin mavzuda yozilgan, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid sub‘yektiv fikr bayon qilinadi. Esse uslubi obrazliligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Esseda talaba o’z shahsiy nuqtai nazarini bildiradi, uni qat’iy tarzda faktlar bilan asoslab beradi.

Эссе yozishda quyidagi talablarga amal qilish shart:  

• shahsiy munosabatni bildirish

• to’g’ri faktlarni,dalillarni keltirish;
• nazariyaga asoslanish;
• atamalarni o’z o’rnida qo‘llash
• sitatalar keltirish;
• turli hil ko’z qarashlarni keltirish;
• mantiqiy qonuniyatning saqlanishi;
• taqqoslash va xulosalash usullaridan foydalanish;
• savodxonlik ( uslubiy, imlo, tinish belgilari);

Esse quidagi qismlardan iborat:

1. Kirish qismi. Unda mavzuning dolzarbligi, turli fikrlarni mavjudligi, ularning ma’no-mazmuni ko’rsatiladi.

2. Asosiy qism. Mulohazalarning mazmuni, mualifning dalillari (misollar, faktlar), zid bo‘lgan dalillarni keltiradi, ularni tahlil qiladi, zaif va kuchli tomonlarni ko’rsatadi.

3. Xulosa. Asosiy mulohazini keltiradi, faktlardan xulosa qiladi va uning foydali tomonlarini ko’rsatib beradi..

Essening xajmi- komp’yuterda 2-3 varoqdan iborat bo‘lishini tavsiya qilamiz



__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

2 mavzuni diqqat bilan o‘qib, asosiy mazmunini tushunib, berilgan jadvalni to‘ldirish. Berilgan savollarni batafsil to'ldirish.

Ibtidoiy jamoa davri”mavzusidagi jadvalni to‘ldirib bering.



Davrning nomi

Xronologiya

Ho‘jalik faoliyatining turlari

Davrning o‘ziga xosligi

Paleolit

(“palayos”-qadimigi, “litos”-tosh) davri; bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib,15-12ming yil ilgari tugaydi.

Bu davr odamlari toshlardan qo`pol qurollar yasab,termachilik va jamoa bo`lib ov qilish bilan shug`ullanishgan.

Paleolitning uch davri xam o’zining rivojlanish darajasiga qarab, mexnat qurollaridagi o’zgarishlar asosida turli davrlarga bo’linadi. Ilgari ilk paleolit davri shellgacha, shell`, ashel` davrlariga bo’lingan edi. Lekin keyingi davrlarda qilingan tadqiqotlar natijasida, uni olduvay va ashel` davrlariga bo’lish muvofiq deb topildi.

Ilk paleolit

Ashel davri, 800-100 ming yilni o`z ichiga oladi

Ilk paleolit davrida odamlar to’da-to’da bo’lib, asosan g’orlarda yashaganlar, abiatdagi tayyor narsalarni-daraxtlarning mevalarini, o’simlik ildizlarini kovlab yeb tirikchilik qilganlar. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ovlab, ushlab eganlar, shuningdek,mayda jonivorlarni, ularning tuxumlarini ham iste’mol qilganlar.Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg’ulotlari terib ozuqa topish, hayvonlarni ovlash, tosh qurollari yasash va ularni,mukammallashtirishdan iborat bo’lgan. 

Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz boʻlib, unda tayyor boʻlgan mahsulotlarni oʻzlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar.

O`rta paleolit



Mustye davri, miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar;

Odamlarning mehnat qurollari yasash uchun qulay, qattiqroq va tez parchalanadigan chaqmoq toshlarni Navoiy viloyatidagi Ijont va Uchtutda, Farg’onadan 40 km uzoqroqdagi Qapchig’oydagi tosh konlaridan topganligi, toshga ishlov berish ustaxonalaridan foydalanganligi aniqlangan. Chaqmoq toshdan o’tkir qirrali pichoqlar, qo’l chopqichi, qiradigan kurakcha, teshadigan bigiz va boshqa qurollar yasalgan. .

Oʻrta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashib, turmushida yangi unsurlar paydo boʻla boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy toʻdadan urugʻchilik jamoasiga oʻtish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Odamlar oʻchoqlar atroflarida toʻlanib, ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa boʻlib ov qilish paydo boʻldi.

So`nggi paleolit

miloddan avvalgi 40-12 ming yillik.Soʻnggi paleolit qadimgi tosh asrining soʻnggi bosqichidir

Bu davrga oid makonlar Ohangarondagi Koʻlbuloq, Toshkentning gʻarbidagi Boʻzsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirgʻichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor.

Bu davrga kelib odamlar faqat togʻli hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutugʻi urugʻchilik tuzumiga (matriarxat) oʻtilishidir.

Mezolit

(“mezos”-oʻrta, “litos”-tosh) miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar.

Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xoʻjaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib, dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.

Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy gʻor makonidan, Markaziy Fargʻonaning koʻpgina yodgorliklaridan topib oʻrganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonot va oʻsimlik dunyosida katta oʻzgarishlar sodir boʻladi. Insoniyat oʻz tarixidagi dastlabki murakkab moslama-oʻq-yoyni kashf etadi.

Neolit

(“neos”-yangi tosh)-miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar

Bu davr odamlari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, koʻllar boʻylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib, baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shugʻullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri kulolchilikning paydo boʻlishidir. Shuningdek, bu davrga kelib toʻqimachilik va qayiqsozlik ham paydo boʻladi.

Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.Neolit davri turli joylarda turlicha kechgan, ya‘ni yer yuzida neolit davri har xil vaqtda paydo bo’lgan va tugagan.

Eneolit

(mis-tosh davri)-miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshi.

Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metall bilan tanishdilar. Bu davrga kelib mis qurollar ancha takomillashgan boʻlsada, undan ogʻir mehnat qurollari yasashning imkoni yoʻq edi. Misdan asosan uy-roʻzgʻor buyumlari, taqinchoqlar va harbiy qurollar yasalgan.

Eneolit davri yodgorliklari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut (mis koni) mavzelaridan, Panjikent atroflaridan (Sarazm madaniyati) topib tekshirilgan.

Bronza

Bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar.

Markaziy Osiyoda bronza davri ibtidoiy jamoa ho’jaligi ikki zona bo’ylab rivojlangan. Marakaziy Osiyoning sersuv va azim daryolari bo’ylari va etaklarida o’troq dehqonchilik ho’jaligi shakllangan. Kamsuv, cho’l va dasht zonalarida esa ko’proq chorvachilik uchun tabiiy geografik qulayliklar mavjud bo’lgan. Shuning uchun ham bu erlarda chorvachilik rivojlangan.
Bu davrda sug’orma dehqonchilik bazasida qad ko’targan doimiy qishloqlarning ko’payishi, ularda yashayotgan aholi sonining tobora zichlashib borishi va yangi
yerlarni intensiv o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan ko’plab madaniyat o’choqlari vujudga keldi. Natijada miloddan avvalgi II ming yillikda dehqonchilik va chorvachilik Markaziy Osiyoning madaniyatining asosiga aylanadi.

Bronza davriga mansub bo’lgan yodgorliklardan biri Sarazm arxeologlar tomonidan keng o’rganilgan. Sarazm II bosqichi ilk bronza davriga, Sarazm III-XII esa rivojlangan bronza davriga mansub. Sarazmning 2 bosqichida ko’p xonali uylar shakllandi, 2 ibodotxona, xovlilar oralig’ida tor ko’chalar, maydonlar qad ko’tardi. Uy devorlariga qizil rangda naqsh beriladi, uy ichida mehroblar joylashtiriladi.

Temir

Temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlaridan.

Dehqonchilik – ilk temir davrida ishlab chiqarishning vujudga kelgan birinchi tarmog’i bo’lib, temir metalini ishlatilishi unda alohida o’rin o’tutgan. Daraxtlarni kesish, yangi erlarni ochish va boshqa ishlarda temir qurollarning o’rni katta edi. Er haydash qurollari-so’qa, omoch tishlarining temirdan yasalishi ham mehnat unumdorligini bir necha marta oshishiga xizmat qilgan.Ishlab chiqarishning ikkinchi tarmog’i hunarmandchilik bo’lib, ilk temir davrida u dehqonchilikdan ajralib, alohida ixtisoslikka aylanadi. Hunarmandchilik asosan temirchilik kasbidan boshlanadi.

Ilk temir davrida jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichga ko’tarilishi va mehnatning o’zgartiruvchilik mohiyati – dehqonchilik va hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’ldi. Temir metalining ho’jalik hayotga kirib kelishi bilan odamlar yuz beradi. Temir qurollarning ishlatilishi va undan mehnat qurollari sifatida keng foydalanish ko’plab moddiy boyliklarni yaratilishiga olib keldi. Natijada ijtimoiy hayotda katta o’zgarishlar ro’y bera boshladi. Erkin jamoa ho’jaliklarida jamoa a’zolari orasida tabaqalanish jarayoni boshlanadi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining o’rganishi mulkiy tengsizlik dastlab chorvador aholi orasida ko’zga tashlanganiligini ko’rsatadi.

O'quv qo'llanma, ma'ruza va qo'shimcha materiallardan foydalangan holda "Mavoraunnaxrning markazlashgan davlatlari" jadvalini to'ldiring. Ushbu ish tufayli talaba mintaqadagi siyosiy vaziyatni o'rganadi, Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tushunadi.

"Mavorounnaxrning markazlashgan davlatlari" jadvalini to'ldiring.




Somoniylar

Qoroxoniylar

Xorazmshoxlar

Asoschi (hukmron sulolaning taniqli vakili)

Ismoil Somoniy

Abdulkarim sotuq bugʻroxon Qoraxon 

Qutbiddin Muhammad

Mavjud bo‘lgan davri

865-999 yillar

X-asr o`rtalaridan 1141-yilgacha

1097-yildan 1231-yilgacha

Hududi



Movarounnahr va Xuroson

Qoraxoniylar davlati Koshg`ardan Amudaryogacha cho`zilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg`ona va qadimgi So`g`d yerlarini o`z ichiga olgan.




Hukmdorning unvoni

Somonxudot

Arslonxon va Qoraxon

Xorazmshox

Boshqaruv tizimi

Somoniylar mamlakatii boshqarishda davlat ma’muriyatini tashkil etadilar. Mamlakat o’nga devon (devoni vazir, devoni, mustafi, dsvoni amir al-mul, devoni sohib ash-shurat, devoni sohibi muayid yoki borid, devoni mushrif, devoni mumallikayi xos, devoni muhtasib, devoni avqof, devoni qazo az-ziya) boshqaruvida idora etilgan. Somoniylar hokimiyati yirik zamindorlarning manfaatini himoya qiluvchi mustaqil feodal davlat edi («mulki sultoniy», «mulk yerlari», «vaqf yerlari») X asr oxirga kelib mamlakatda avj olib keggan o’zaro urushlar uning iqgisodiy va siyosiy qudratiga katga putur yetkazdi va somoniylarning qoraxoniylar davlatadan mag’lubiyatga uchrashiga olib keldi. XI asr boshlarida somoniylar davlati hududlari va ikki davlat qoraxoniylar va g’azlaviylar davlatlari naydo bo’ldi.

Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo‟lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan.

Monarxiya

Ijtimoiy tuzum


Somoniylar davlati sud ishlari va xuquqiy munosabatlarni amalga oshirish shariatga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan va uni qozikalon, mufti, raislar amalga oshirganlar. Og’ir jazoga loyiq jinoyatchilarni amir va qozikalon sud qilganlar, o’lim jazosi aksariyat xollarda Registon maydonida amalga oshirilgan. Somoniylar davrida yirik yer egalar-dexqonlarning mavqei ortdi va ular xatto viloyatlar xokimlari darajasigacha ham ko’tarila boshladi. Ziroatchi kadevarlar, ijarachi barzikorlar, qullar qishloq xo’jaligi bilan mashg’ul bo’lsa, xunarmandlar va savdogarlar ham ijtimoiy xayotda faol ishtirok etardi.







Yerga egalik qilish shakllari

Somoniylarda yer egaligi quydagicha shaklda edi: Mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf mulklari, jamoa mulki. Somoniylar davrida yerlar qaytadan taqsimlandi va oqibatda yangi yer egaligi shakli paydo bo’ldi. Yer egalarining bu yangi gurux asosan sipoxiylardan chiqqanlar edi. Voxadagi yerlarning asosiy qismi Zarafshondan bosh olgan kanallar orqali sug’orilgan. (Shohrud, Karmina, Shopurkom, Xarkanrud, Gav, Xitraf, Samjon) Qorakuldaryo), Paykand, Daymun, Arvon, Navkand, Romiton, Varaxsha, Xama, Xaramkom va boshqalar).

Iqto, vaqf, barzikor




Soliqlar












Til, din, madaniyat





 Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat berdilar. Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va utning imlosi joriy etildi. Movarounnahrda ko’p o’tmay hatto ona tilidan ko’ra arab tili va yozuvini yaxshiroq bilgan bilimdonlar paydo bo’ldi. Mahalliy bilimdonlar o’z vatanida quvg’in ostiga olinib, kupgina tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaharlari Damashq, Kohira, Bog’dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo’ladilar. Davlatni boshharishda abbosiylar ma’muriyati ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi, chunki arablar orasida shu davrda davlat ishiga yaroqli bo’lgan bilimdonlar hali oz, borlari ham zaif edi.

Qoraxoniylar davrida turkiy tildagi adabiyot jadal taraqqiy etdi.

Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukmronligi mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do'stona munosabatlar o'rnatadilar.






Download 23.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling