Nima uchun qushlar elektr simlarida o`tirganlarida ularni tok urmaydi?


Download 22.7 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi22.7 Kb.
#1715913
Bog'liq
Zakovat savollari - javoblari


1-savol:
Nima uchun qushlar elektr simlarida o`tirganlarida ularni tok urmaydi?
Javob: Simga qo`ngan qushlarning tanasi elektr zanjirining tarmog`idek bo`ladi bu tarmoqning qarshiligi ikki barmoqni, ya’ni qushning ikkala oyog`i orasidagi qisqa sim bo`lganligini qarshiligiga qaraganda juda katta bo`ladi, shuning uchun bu tarmoqdagi qushni tanasidagi tok juda kam bo`lib, qushga zarar keltirmaydi.
2-savol:
Shunday o`simlik borki uning barglari huddi baliqniki singari tangachasimon tuzilgan bu qaysi o`simlik ?
Javob: Saksovul
3-savol:
“Boshi olovda, oyog`i suvda” Bu naql qaysi o`simlik to`g`risida aytilgan?
Javob: Yantoq o`simligi haqida. Savol yo`llovchi 7A-sinf o`quvchisi Erkinov Azizbek.
4-savol:
Uni Italiyada “Shayton olmasi” deb atashgan. Boshqa ko`p xalqlar ham o`sha Italiyacha nomini o`zlarining tiliga moslab o`zlashtirib olganlar. XVIII asr boshlarida rus podshosi Pyotr I Gollandiyadan qimmat bahoda olib kelib, Rossiyaning barcha guberniyalarida qattiq nazorat ostida ko`paytirish uchun taqsimlagan. Qisqa fursatda u Rossiyada “ikkinchi non” nomini olgan. Hozirgi vaqtda uning turli navlari ekilib, eng sevimli taomlar tayyorlanadigan masalliq hisoblanadi.
Javob: Katroshka. Savol yo`llovchi metematika fani o`qituvchisi Jobborov O.
5-savol: TOPISHMOQ
Pishirsa osh bo`lur,
Pishirmasa qush bo`lur
Javob: Tuxum
6-savol:
Braziliyaning tropik o`rmonlarida o`sadigan bir daraxtda “Shokolad” moyi olinadi. Shuning uchun bu daraxtni shokolad daraxt deb ham atashadi. So`z qaysi daraxt to`g`risida boryapti?
Javob: Kakao daraxti. Savol yo`llovchi 7A-sinf o`quvchisi Xo`jayev Siroj.
7-savol: TOPISHMOQ
Suvga biroz pichan soldik,
O`sha suvdan tomchi oldik.
Unda tirik jonni ko`rib,
Biz hammamiz hayron qoldik.
Javob: Tufelka
8-savol:
Asl vatani Evropa, balandligi 1,5-2,5 m ga yetadigan doim yashil buta. Daraxt mevasi olchaga o`xshaydi. Uning tarkibida kofein, qand oshlovchi moddalar bor undan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda butun dunyoga tarqalgan. Savol bu qaysi o`simlik to`g`risida ketyapdi?
Javob: Kofe, Qahva
9-savol:
Qadimgi Mesopotamiyada shunday daraxtning mevasidan oziq-ovqat sifatida istemol qilingan. Danagi metallni eritishda yoqilg`I vazifasini bajargan. Po`stlog`ining tolalaridan arqon hamda savat to`qilgan, shuning uchun ham Mesopotamiyaliklar uni “Hayot daraxti” deb atashgan. Gap qaysi o`simlik to`g`risida ketyapdi?
Javob: Xurmo daraxti. Savol yo`llovchi 7A-sinf o`quvchisi Yusupov O.
10-savol:
-60-70 C sovuqda tuxum qo`yib, bola ochadigan, qanoti eshkakka aylangan qush. Qaysi qush to`g`risida so`z bormoqda?
Javob: Pingvin
11-savol:
Ibn Sino bilan bir davrda yashagan Abu Rayhon Beruniyning qaysi kitobida o`simlik va hayvonlar mahsulotidan hamda mineral moddalardan dorilar tayyorlash to`g`risida ma’lumot berilgan?
Javob: “Saydana” kitobida. Savol yo`llovchi 8-sinf o`quvchisi Yunusova Ro`za.
12-Savol:
Cho`llarda uchraydigan qaysi qush O`zbekiston qizil kitobiga kiritilgan?
Javob: Yo`rg`a_tuvaloq
13-savol:
Qaysi qushlar qanotlari patlari yelpig`ich hosil qilmaydi, toj suyagi ham bo`lmaydi?
Javob: Tuyaqushlar.
14-savol:
Hozirgi qushlarning ajdodi bo`lgan qush nomini toping
Javob: Protoavis
15-savol:
Ayrim o`simliklar hujayrasida o`ziq moddalardan tashqari, zaharli moddalar ham hosil bo`ladi. Bizning qishlog`imizda ham uchraydi. Bu o`simlikning nomi yirtqich hayvon nomi bilan ataladi. Bu o`simlik qaysi?
Javob: “Ayiqtovon”.
16-savol:
Tabiatda shunday o`simlik borki, bahorning ilk darakchilaridan biri, dorivor. Bundan tashqari, o`simlikning tarkibida oq sutga o`xshash shira. Unda kauchuk borligini ko`rsatadi. Xalqimiz bu o`simlikni sevib “momaqaymoq” deb ham atashadi. Bu qaysi o`simlik?
Javob: Dorivor “Qoqio`t”.
17-savol
Timsohlarning eng yirigi ……………. uzunligi 7 m ga yetadi. A Bu qaysi timsoh?
Javob: Nil timsohi
18-savol
Qaysi hududda hayot kechiradigan toshbaqa juda yirik 300 kg dan oshadi?
Javob: Tropic dengizlardagi Dengiz toshbaqasi.
19-savol
Yil mobayida 5 martta bola ochib ko`payadigan qush bu ….
Javob Musicha
20- savol
Qushlarning qaysi ichki organi 2 bo`limdan iborat?
Javob Oshqozon
Download 22.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling