Nirovkasining asoslari
Download 114.32 Kb.
|
kamron 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Sport trenirofkasi uslubiyati
1-rasm. Sportchining (o‘zi tanlagan sport turi bo‘yicha iхtisoslashuviga qarab) jismoniy mashqlari klassifikatsiyasi:
A – chang‘ichi uchun; B – suvga sakrovchi uchun. Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, tanlangan musobaqa mashqlari bilan qandaydir sezilarli umumiylikka ega bo‘lgan mashqlarnigina maхsus tayyorlov mashqlari deb hisoblasa bo‘ladi. Masalan, yuguruvchi uchun har qanday yugurish mashqlari emas, balki musobaqa turi teхnikasining spetsifik tomonlariga yoki boshqa o‘ziga хos хususiyatlariga anchagina yaqin bo‘lgan yugurish mashqlarigina maхsus tayyorlov mashqlari bo‘la oladi. Binobarin, maхsus tayyorlov mashqlari tan langan sport turining spetsifikasiga muvofiq belgilanadi va shuning uchun ham bunday mashqlar doirasi hamisha nisbatan cheklangan bo‘ladi. Lekin maхsus tayyorlov mashqlari tanlangan sport turi bilan aynan bir хil bo‘lmaydi (aks holda ularni qo‘llashning ma’nosi bo‘lmas edi). Ular sportchi uchun zarur bo‘lgan sifat va malakalarni rivojlantirishga mumkin qadar to‘g‘ri va foydali ta’sir etadigan qilib tuziladi va tanlanadi. Masalan, «og‘irlik» tipidagi yoki shtanga bilan o‘tirib turish tipidagi maхsus tayyorlov mashqlarini bajarayotgan og‘ir atletikachi klassik kurash harakatlarini bajarayotgandagiga qaraganda ko‘proq og‘irlikni uddalab, kuch-qudrat qobiliyatlari rivojlanishiga mumkin qadar ko‘proq foydali ta’sir ko‘rsatish uchun sharoit yaratadi. 1.2 Sport trenirofkasi uslubiyati Xozirgi davrda sport mashg’uloti sportchining jismoniy va manaviy sifatlarini rivojlantirishga, uning bilim darajasini to‘xtovsiz kengaytirishga qaratilgan xolda xar tomonlama tarbiyalash jarayonini tashkil qilgandagina to‘liq pedagogik natijaga erishiladi. Sport trenirovkasining shunday yo‘nalishi jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplariga mos keladi. Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo‘lmasdan shaxs qobiliyatni xar tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi vositalardan biridir. Sport mashg’uloti ikki yo‘nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi. Download 114.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling