Nirovkasining asoslari


Download 114.32 Kb.
bet1/15
Sana31.01.2023
Hajmi114.32 Kb.
#1144549
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kamron 2


MAVU:SPORT TRENIROVKASINING ASOSLARI

REJA:

KIRISH
I.BOB.SPORT TRENIROVKASINING ASOSLARI
1.1 Sport trenirofkasi vositalari
1.2 Sport trenirofkasi uslubiyatlari
II.BOB.SPORTCHINING UMUMIY VA MAXSUS TAYORGARLIGI
2.1 Trenirovka jarayonining uzluksizligi,nagruzka va dam olishni navbatlashuvi
2.2 Trenirovka jarayonida texnik maxoratni oshirishva funksional tayyorgarlik
2.3 Sportchining funksional maonaviy,psixologik tayyorgarligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Yoshlar hayotida san’at, adabiyot, sport muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbari bu sohalarni rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.


Kelgusi yili buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlaymiz. Yoshlarimizga hazrat Navoiy ijodini chuqur o‘rgatishni tizimli yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham namunalarini yaratib, turli mobil ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Toshkent shahrida zamonaviy muhtasham kutubxona barpo etish taklifini bildirdi.
Bu ma’rifat saroyi ilm-fanning so‘nggi yutuqlari asosida jihozlanadi. Bu dargohda yurtimiz va jahondagi eng nodir, noyob va bebaho asarlar jamlanadi. U buyuk ajdodlarimizning boy merosi va nomlarini butun dunyoga tarannum etadigan, barcha yurtdoshlarimiz, birinchi navbatda, siz, qadrli farzandlarimiz uchun chinakam ziyo maskaniga, g‘urur va iftixorimiz ramziga aylanadi, deb ishonaman.
Yaqinda mamlakatimizning sport hayotida quvonchli yangilik bo‘ldi. Osiyo Olimpiya Kengashining qaroriga ko‘ra, 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qilishi belgilandi. Bu musobaqada Osiyo qit’asidagi 45 ta davlat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha o‘zaro bellashadi.
Bunday nufuzli xalqaro sport o‘yinlarining O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba o‘tkazilishi barchamizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi, albatta. Shu bilan birga, u bizga g‘oyat katta mas’uliyat ham yuklaydi. Mana, sizlar kabi navqiron va azamat yoshlarning o‘z kuch va mahoratini ko‘rsatib, Vatanimiz bayrog‘ini yuksakka ko‘tarishlari uchun yana bir zo‘r imkoniyat, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sport trenirovkasi pedagogik xodisa bo‘lib, mashq qilish usluliyatlari tizimi yordamida bevosita yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan va jismoniy tarbiyaning ixtisoslashgan jarayonidir. Shuni takidlash muximki, sport pedagogika nuqtai nazaridan birdan-bir maqsad bo‘lmasdan, tarbiyalash, sog’lomlashtirish va xayotga tayyorlashning vositasidir.
Sport mashg’ulotining vazifalari: sog’liqni mustaxkamlash va manaviy tarbiya talablari, shaxsni xar tomonlama garmonik rivojlantirish; sport texnikasi va taktikasini egallash; tanlangan sport turiga xos jismoniy, ruxiy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish, sport gigiyenasi va o‘z-o‘zini nazorat qilish soxasida amaliy va nazariy bilimlarni egallashdan iborat. Sport mashg’uloti davomida faqat yuqori maxoratinigina egallamasdan, sog’lig’ini mustaxkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, ser’unum mexnat ximoyasi uchun zarur bo‘lgan xayotiy zaruriy malakalarni eggalash vazifalari xal qilinadi.
Sport mashg‘ulotining metodlari aslida belgilangan sport natijalariga erishishni ta’minlash uchun mashg‘ulot vositalaridan foydalanishning xilma-xil usullari demakdir.
Harakat faoliyatini o‘zlashtirishning boshlang‘ich davrida mashg‘ulot metodlari ana shu harakatlarni amalda bajarishga o‘rganish metodlaridan boshqa narsa emas. Bunda mashq harakatlarini detallarga ajratib bajarib, detallarni bir-biriga qo‘sha borib bir butun holda birlashtirish metodi va detallarni tanlab tanlab chiqara borib, mashqlarni to‘la bajarish metodlari kiradi. Harakatlarni amalda o‘rganish murabbiy rahbarligida o‘tadi. Bunda u so‘zlab berish metodlaridan hamda ko‘rsatish metodlaridan foydalanadi.
Sport mashg‘ulotining asosiy metodik arsenali sportchidagi harakat malakalarini takomillashtirishga va jismoniy fazilatlarini tarbiyalashga qaratilgan metodlardan iborat. Bunda qat’iy ravishda reglamentlab qo‘yilgan mashqlar metodlari birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi.

Download 114.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling