Nirovkasining asoslari


Nagruzka va dam olishning navbatlashuvini


Download 114.32 Kb.
bet8/15
Sana31.01.2023
Hajmi114.32 Kb.
#1144549
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
kamron 2

Nagruzka va dam olishning navbatlashuvini ko‘rib chiqib biz mavxum nagruzka to‘risida fikr yuritdik. Biroq, amaliy mashulotda nagruzka xajmi, shiddati to‘xtovsiz-navbatlashadi, shuning uchun navbatlashuvining real tizimi turli-tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, agar butun A nagruzka qo‘llanilsa, albatta, shu nagruzkadan keyin to‘liq tiklanishni kutish zarur emas, balki boshqa allaqachon tiklangan B nagruzkani berish mumkin va shu bilan bir vaqtda A nagruzka uchun aktiv dam olish nuqta yuzaga keladi.


Mashulot nagruzkasini asta-sekin maksimal darajaga oshirish. Sport mashuloti jarayonida yuqori natijaga erishish uchun, nagruzkani dinamikasi (xajmi va shiddati bo‘yicha) maksimumgacha oshirish zarur. «Maksimal nagruzka» tushuncha-sini ko‘plar organizm funksional inkoniyatining nixoyasida turgan «o‘ta oir nagruzka» bilan chalkashtiradilar. Maksimal nagruzka organizmga maksimal talab qo‘yadi va funksiyalar faoliyatining ortishiga yordamlashadi.

Nagruzkaning asta-sekin va maksimal oshirilishi bir-biriga zid xam bo‘lishi mumkin. Nagruzkani maksimal oshirish-dan oldin organizmni asta-sekin bunday nagruzkaga ko‘nik-tirish lozim. Organizmni ko‘niktirish uchun esa, mashulotning xar bir bosqichida mashq qilishning-maksimal samarasiga erishish kerak, faqat shundagina moslashuv mexanizmlari egiluvchan va xarakatchan bo‘ladi.


Mashulot nagruzkasini oshirish davomida «sport turi-ning moxiyatiga qarab uning xajm va shiddati o‘zgaradi.


Nagruzka xajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik izchil o‘zgar-tirishlar kiritilishi lozim.
Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlarida nagruzka asta-sekin oshib borsa, tezkor kuch talab qiluvchi turlarda (o‘ta stressli nagruzkalar bundan mustasno) to‘lqinsimon xarakat xarakterlidir.


Nagruzkaning to‘lqinsimon o‘zgarishi. Sport mashuloti uchun to‘lqinsimon dinamika xosdir.
Quyidagi masshtabdagi «to‘lqin»lar mavjud:

  1. kichik to‘lqinlar mayda turkumdagi (2-7 kun) nagruzka-larning dinamikasini ifodalaydi;

  2. o‘rtacha to‘lqinlar bu bir necha (3-6) kichik to‘lqin-larning moxiyatni ko‘rsatadi va o‘zicha o‘rta turkumni ifoda-laydi;

  3. katta to‘lqinlar katta turkumlarni tashkil qiluvchi mashulot bosqichlari va davrlaridagi o‘rta turkumlarning to‘lqinsimon o‘zgarishini ifodalaydi.

Nagruzka (xajm va shiddati)ning to‘lqinsimon o‘zgarishini L.P. Matveea «kechikuvchi transformatsiya» xodisasi deb tushun-tiradi, yaoni nagruzkaning son, sifat va vaqtni ifodalovchi tomonlariga qayta moslashish bir vaqtda sodir bo‘lmaydi. Bunda tabiiy bioritm, tabiiy muxit, musobaqa kalendari va boshqa-larni xisobga olish zarur. Chunonchi, o‘rta va ayniqsa katta «to‘lqin»larning boshlanishida xajm ko‘rsatkichlari (xafta va oy ichida mashulot ishlarining umumiy soni) yuqori ko‘rsatkichlarga yetadi, keyin xam barqarorlashadi va kamayib boradi. Shuning asosida esa, turli shiddat ko‘rsatkichlari (mashulotning motorn zichligi, xarakatlarning tezlik, kuch tomonlari va boshqalar) katta axamiyatga ega bo‘ladi. kichik «to‘lqinlarda» ko‘pincha xajm va shiddatning qarama-qarshi munosabatlari kuzatiladi: mikrotsiklning birinchi yarmida ikkinchi yarmiga nisbatan mashulotlar katta shiddatda, lekin kichik xajmda olib boriladi. Bu umumiy munosabatlar mashulot jarayonida u yoki bu mashqlarning o‘rni va axamiyatiga qarab turlicha namoyon bo‘ladi.


Download 114.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling