Tаshqi kuchlаr. Ichki kuch vа kuchlаnish, kеsimlаr usuli maqsad va vazifalar


Download 461.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi461.6 Kb.
#1416247
  1   2   3
Bog'liq
№1 Ички кучлар



5-mavzu 
5-mavzu.TАSHQI KUCHLАR. ICHKI KUCH VА 
KUCHLАNISH, KЕSIMLАR USULI 
 
Maqsad va vazifalar. 
Bu mavzuni o‘rganib chiqib, siz quyidagilarni bilishingiz kerak:
1. Deformasiya va uning turlarini
2. Ichki kuch va uning fizik moxiyatini;
3. Turli kuch va momentlar ta’sirida hosil bo‘ladigan ichki kuch 
faktorlarini;
4. Kuchlanish va uning turlarini.
 
 
 
Ma'ruza rejasi. 
 
1. 
Materiallar qarshiligi fanini qisqacha tarihi. 
2. 
Deformasiya va elastik jism haqida tushuncha. 
3. 
Tashqi va ichki kuchlar, kesish usuli. 
Tashqi kuchlar klassifikasiyasi
Tashqi kuchlar (nagruzkalar) mashina va inshoot qismlariga turlicha ta'sir 
qilishi mumkin. Kuchlarni ta'sir ettirish usuliga harab, ularni hajmiy va sirtki 
kuchlarga bo'lish mumkin. Hajmiy kuchlar jumlasiga, masalan, jismlarning o'z 
oqirligi kiradi. Sirtki kuchlar taqsimlangan va to'plangan kuchlarga bo'linadi. Biror 
maydon yoki uzunlik bo'ylab ko'yilgan kuchlar taqsimlangan kuchlar deb ataladi. 
Masalan, tomdagi qor qatlami maydon bo'ylab taqsimlangan nagruzkaga misol bo'la 


5-mavzu 
oladi; gazning idish devorchasiga bosimi ham taqsimlangan nagruzkadir. Bunday 
nagruzka maydon birligiga to'qri keladigan kuch birlik H/s
2
ifodalanadi. 
Uzunlik bo'ylab taqsimlangan nagruzka uzunlik birligiga to'qri keladigan kuch 
birliklari bilan ifodalanadi (N/m). 
Nagruzka uzunlik yoki maydon buylab tekis yoki notekis taqsimlangan bo'lishi 
mumkin. Masalan, suvning to'qonga bosimi notekis taqsimlanadi chukurlik ortishi 
bilan bosim ham ortadi. 
Jismning juda kichik maydonchasiga ta'sir qiladigan kuchlar qiladigan kuchlar 
to'plangan kuchlar deb ataladi. Hisoblashning osonpashtirish uchun to'plangan kuch 
nuqtaga qo’yilgan deb hisoblanadi; bunda uncha katta hatolik bo'lmaydi. To'plangan 
kuchlar kuch birliklari, Nyuton (N) bilan o’lchanadi. 
Ta'sir qilish harakteriga ko’ra nagruzkalar statik va dinamik nagruzkalarga 
bo'linadi. Noldan ma'lum bir maksimal qiymatigacha asta-sekin ortib borib, shundan 
so’ng o’zgarmaydigan yoki juda kam o’zgaradigan nagruzka- statik nagruzka deb 
ataladi. 
Nagruzkaning ta'sir qilish vaqti sekundning juda kichik ulushlariga teng bo'ladigan 
zarbiy nagruzka - buq bolqasi babasining qoqilayotgan ustun qoziqqa ta'siri dinamik 
nagruzkaga misol bo'la oladi. 

Download 461.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling