Nishonov sarbonbek pul va banklar fanidan mustaqil ishi


Bank tijorati kam investitsiya qilib ko’proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo’lishi kerak


Download 0.74 Mb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1575012
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NISHONOV SARBONBEK

Bank tijorati kam investitsiya qilib ko’proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo’lishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o’zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. O’isqacha qilib aytganda, bank faoliyati “hamma narsa mijoz uchun” degan tamoyilga asoslangan bo’lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to’laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi. Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o’zaro qiziqishlariga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta’minlashni birinchi o’ringa qo’yishi lozim.
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko’rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo’lib, banklar faoliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar ularning faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo’lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
  • -vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish;
  • -korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
  • -iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish;
  • -moliya-valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish;
  • -iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko’rsatish va boshqalar.

Tijorat banklari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi.
1. Vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish.
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;
3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish.
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish.
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish.
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xiz-matlarini ko’rsatish.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling