Nitrat kislotasini yuqori bosimda ishlab chiqarish qurilmasi texnologik tasviri
Download 55 Kb.
|
Nitrat kislotasini yuqori bosimda ishlab chiqarish qurilmasi texnologik tasviri Reja: Kuchsiz nitrat kislotasini quyultirish. Kuchli nitrat kislotasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez kilish. Foydalanilgan adabiyot Atmosfera xavosi filtr (1)dan o‘tgach, ikki bosqichli turbokompressor (2)ga o‘tib, 7,3 atomgacha siqilib, 3 qismga bo‘linadi: Havoning asosiy qismi (taxminan 46 ming м3ғsoat) issiqlik (6)ga borib, u yerda 470K (200оС)gacha isib, aralashtirgich (13)ga kiradi. Suyuq ammiak omborxonadan bug‘latgich (15)ga yuborilib, u yerda suv bug‘i hisobiga bug‘latiladi. Bug‘li issiqlik almashgich (14)da ammiak bug‘lari ham ishlatilib, aralashtirgich (13)ga beriladi. Aralashtirgich (13)da hosil bo‘lgan va tarkibida 11,5%gacha ammiagi-ammiak havo aralashmasi kontakt apparati (12)ga yuboriladi. Bu kontakt apparati (12)da quyidagi gomogen , amaliy qaytmas va ekzotermik reaksiya ketadi; 4NН3(б)Q5О2(г0=4NО(г)Q6Н2О(б)QQ (1) Bir texnologik qurilmada bunday kontakt apparatidan ikkita bo‘lib, har birini diametri 2,2metrga tengdir. Kontakt apparati ichida ustma-ust qo‘yilgan 12ta, asosan plastikadan yasalgan, to‘r joylashtirilgan. Harorat 1200К(930оС)atrofida ammiakni to‘la oksidlanish darajasi 96%gacha erishiladi. Hosil bo‘lgan nitroza gazlari shu kontakt apparatining davomi sifatida uni pastki qismiga joylashtirilgan qozon-foydalangichga yuboriladi. U yerda nitroza gazlari issiqligi xisobiga bosimi 1,7MPa, haroratni 500K bo‘lgan bug‘ olinadi. So‘ngra nitroza gazlari oksidlovchi apparat (11)ga beradi. U yerda azot monooksidi nitroza gazi tarkibidagi kislorod bilan reaksiyaga kirishib, azot dioksi NО2ni hosil qiladi: 2NО(г)QО2(г)=2NО2(г)QQ (а) Bu ekzotermik reaksiya hisobiga nitroza gazlari yanada isiydi. Shu munosabat bilan, nitroza gazlarini sovutish maqsadida, nitroza gazlari havoni isitish (6) va sovutgich (7)larga yuboriladi, va ularda 320Kgacha sovutiladi. Bu vaqtda nitroza gazlari tarkibidagi bug‘ning asosiy qismi kondensatsiyalanib, suyuqlikka o‘tadi. Bu vaqtda qisman konsentratsiya 40% bo‘lgan nitrat kislotasi ham xosil bo‘ladi: Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling