Nivelirlash tarmoqlarini korrelatlar usulida tenglash
Download 159.5 Kb.
|
1 amaliy ish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Korrelatlar normal tenglamalarining jadvalini tuzish.
- 3.6. Korrelatlar normal tenglamalarini yechish.
Jadvalning 4, 5, 6, 7 ustunlarida tuzatmalar shartli tenglamalarining koeffitsiyentlari (a, b, c, d) keltiriladi. Ushbu koeffitsiyentlar o’lchangan qiymatlar funksiyasining hususiy hosilalari hisoblanadi. 1-shakldagi shartli tenglamalar uchun koeffitsiyentlar 1ga teng. (3) Jadvalning 8 ustuniga 3.3. paragrafda aniqlangan vazniy funksiya qiymatlari joylashtiriladi. Bo’lajak hisoblarni nazorat qilish maqsadida jadvalning 9 ustuniga 1-7 satrlar bo’yicha yig’indi yoziladi. Ushbu hisoblarning to’g’riligi koeffitsiyentlar ostidagi qatorlardagi raqamlarning yig’indisini aniqlash orqali tekshiriladi. "Summa" qatorining tagida tuzatmalar tenglamalari ozod hadlarining qiymatlari keltiriladi. "K" - qatori va 10, 11 ustunlar korrelatlar normal tenglamalarini yechgandan so’ng to’ldiriladi. 3.5. Korrelatlar normal tenglamalarining jadvalini tuzish. Korrelatlar normal tenglamalarining soni shartli tenglamalar soniga teng. 1-jadvaldagi tuzatmalar shartli tenglamalarining koeffitsiyentlari normal tenglamalar koeffitsiyentlarini hisoblash uchun boshlang’ich ma'lumot hisoblanadi. Korrelatlar normal tenglamalarining ozod hadlariga teng, faqat ular bo’lajak hisoblar qulayligi maqsadida santimetrda ifodalanadi. 2-jadval
Jadvalning 7 ustunidagi ko’rsatkichlar quyidagi formulalar asosida hisoblanadi. (4) Korrelatlar tenglamalarining koeffitsiyentining jadvalda zinama-zina shaklida yozilgan, chunki kvadratik koeffitsiyentlarga nisbatan normal tenglamalr simmetrik joylashgan bo’ladi. 2-jadvalda hisoblar verguldan keyin ikkita o’nlik raqam saqlangan holda olib boriladi. 3.6. Korrelatlar normal tenglamalarini yechish. Ko’rilayotgan misolda ikkinchi jadvaldagi qiymatlardan foydalangan holda korrelatlar normal tenglamalari quyidagicha yoziladi. +4.05K1-1.16K2+1.33K3+1.56K4+1.00=0 -1.16K1+2.10K2+0K3+0K4+1.30=0 (5) +1.33K1+0K2+3.22K3-1.45K4+0.30=0 +1.56K1+0K2-1.45K3+4.27K4+1.20=0 (5) - sistema Gauss usulida yechiladi, ya'ni noma'lumlar ketma-ket safdan chiqarib boriladi. (5) - tenglamalar sistemasini Gauss usulida yechish tartibi 3-jadvalda keltirilgan. Sxemadagi eliminatsion tenglamalar yozilgan qatorlar qizil siyohda yozilishi maqsadga muvofiq. Normal tenglamalarni yechishda raqamlar verguldan keyin ikkita qoldirilishi kerak. Korrelatlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish uchun to’rttala korrelata qatnashgan ixtiyoriy tenglama, ularning qiymati qo’yilib hisob bajarilsa natija nolga yoki unga yaqin songa teng bo’ladi. Qo’yilgan misolda birinchi tenglamadan foydalanamiz: Karrelatlar normal tenglamalarni yechish tartibi 4-jadval
Qo’shimcha nazorat tariqasida korrelatlar normal tenglamalari (3) yig’indisidan foydalansa ham bo’ladi, ya'ni 1. +4.05*(-0.504)-1.16*(-0.898)+1.33*(+0.084)+1.56*(-0.070)+1.0=+0.004 2. -1.16*(-0.504)+2.10*(-0.898)+1.3=+0.004 3. +1.33*(-0.504)+3.22*(+0.084)-1.45*(-0.070)+0.3=+0.001 4. +1.56*(-0.504)-1.45*(+0.084)+4.27*(-0.070)+1.2=-0.007 Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling