Hamkorlikda oʻqitishning «Birgalikda oʻqiymiz» mеtodi
Hamkorlikda oʻqitishning «Birgalikda oʻqiymiz» mеtodi 1987yili Minnеsot
univеrsitеti profеssorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf
oʻquvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda
bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning
toʻliq bajarilish natijasida oʻquv matеrialining yaxlit oʻzlashtirilishiga erishiladi. Mazkur
mеtodning asosiy printsiplari-komandani taqdirlash, oʻquvchilarga individual
yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga kеltirish.
Erkin fikrlash darslari
Erkin fikrlash darslari ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuotda chop etilgan
maqolalar va bu maqolalarning muhokamalariga bagʻishlanadi.
Erkin fikrlash darslaridan koʻzda tutilgan maqsad:
1. Oʻquvchilarning bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kеngaytirish.
2. Oʻquvchilarni ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar, kitoblar bilan
tanishtirish orqali ularning bilim olish va fanga boʻlgan qiziqishlarini orttirish.
3. Oʻquvchilarning avval oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini yangi
vaziyatlarda qoʻllash orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.
Munozarali darslarning muvaffaqiyati qoʻyidagi masalalarni toʻgʻri hal etishga bogʻliq:
- oʻquvchilarning darsga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishiga;
- ular oʻrtasida oʻzaro hamkorlik, yordam uyushtirilishiga;
- oʻquvchilarning oʻz fikr-mulohazalarini toʻliq bayon qilishi va mantiqan
dalillashiga;
- oʻquvchilarda
boshqalarning
fikrini
sabot
va
chidam
bilan
tinglash
koʻnikmalarining hosil qilinganligiga;
- oʻqituvchining iqtidori, e’tiqodi, oʻquvchilarning bilim faoliyatini faollashtira olish
koʻnikma va malakalariga egallaganlik darajasiga bogʻliq boʻladi.
- Erkin fikrlash darslarini oʻtkazish uchun oʻquvchilarga koʻpgina ilmiy, ilmiy-
ommabop maqolalarni oʻqishni tavsiya etamiz.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |