«Videotopishmoq» metodida
Soʻngi yillarda ta’lim sohasida turli axborot vositalari kompyuter, televizor, radio,
video, audiomagnitofonlar yordamida ta’lim jarayonini tashkil etilishiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu metodda oʻquvchilar e’tiboriga oʻrganilayotgan mavzu mohiyatini
tasviriy yorituvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi. Oʻquvchilar har bir
lavhani izohlaydilar, jarayonlarning mohiyatini daftariga qayd etadilar, oʻqituvchi
tomonidan bеriladigan saollarga javob qaytaradilar.
Muayyan holatni (vaziyatni) oʻrganish
Bu oʻqitish usuli rеal hayotdagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iboratdir.
Bu usul kichik guruhlarda oʻtkazilib, oʻqish, oʻrganish, tahlil qilish, muhokama va erkin
fikr almashish hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga еtkazishni taqozo
etadi.
Qoʻllanilishi:
- dars mazmuni haqida har tomonlama oʻylab soʻzlashga oʻrgatishda;
- muammoni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash va fikr yuritishni
shakllantirishda;
- boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda.
Afzalligi:
- oʻquvchilarni faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi;
- ta’lim olish tugagandan soʻng taqozo qilinadigan ijroni modеllashtirishga yordam
bеradi.
«Zakovatli zukko» metod
Mеtod oʻz xohishlariga koʻra shaxsiy imkoniyatlarini sinab koʻrish istagida boʻlgan
oʻquvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular oʻqituvchi tomonidan bеrilgan
savollarga qisqa muddatlarda toʻgʻri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning
murakkablik darajasiga koʻra har bir savolga qaytarilgan toʻgʻri javob uchun ballar
bеlgilanadi. Ballarning bеlgilanishi oʻquvchilarning shaxsiy imkoniyatlari toʻgʻrisida aniq
tasavvurga ega boʻlishlarini ta’minlaydi.
Mеtod oʻquvchilar bilan yakka tartibda, guruhli, ommaviy ishlashda birdek
qoʻllanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |