Niyozov Qahramon Adashaliyevich


Baholashning asosiy usullari va tamoillari


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

 Baholashning asosiy usullari va tamoillari 
Baholash va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o`quv materiallari 
o`zlashtirilganligini, ko`nikma va malakalar hosil bo`lganligini tekshirish va baholash 
ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o`qitish natijalarini 
nazorat qilish emas, balki o`quv jarayonining turli bosqichlarida ta ’lim oluvchilarning 
bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. 


62 
O`quvchilarning o`zlashtirishlarini baholash O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
vazirligining 2006 yil 10 iyundagi 152- sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan "Umumiy o`rta 
ta’lim maktab o`quvchilarining ta’lim tayyorgarligi darajasini aniqlashning ko`p ballik 
reyting tizimi to`g`risidagi Nizom"ga muvofiq amalga oshiriladi. 
Bu Nizomga ko`ra o`quvchilarnig ta’lim tayyorgarligi darajasini baholashning reiting 
tizimi quyidagi nazorat turlari orqali amalga oshiriladi: 
1. Oraliq nazorat (ON)- har bir o`quv fanidan DTS bo`yicha o`quvchilar o`zlashtirishi 
lozim bo`lgan asosiy bilim, ko`nikma, malaka (BKM)larning elementlari soni aniq 
belgilangan majburiy standartli nazorat ishi orqali amalga oshiriladi. MSNIlar soni dastur 
talabidan, fanni o`qitish mazmunidan kelib chiqqan holda belgilanadi. MSNIlar 
Respublika T`alim Markazi (RTM) huzurida tashkil etilgan ijodiy guruh tamonidan 
tayyorlanadi. 
2. Joriy nazorat (JN)-oralik nazorat orasida o`tkazilagan kundalik so`rov bo`lib, u 
o`quvchilar bilimida bo`shliq paydo bo`lishning oldini olish, o`quv faolligini oshirish 
maqsadida amalga oschiriladi. Shu bilan birga t`alimiy o`rgatuvchi xarakterga ham ega 
bo`ladi. O`qituvchi har bir o`quvchining MSNIlar oraligida joriy nazoratdan o`tishini 
ta’minlashga ma`suldir. 
3. Ijodiy faollik nazorati (IFN)-reiting doirasida barcha o`quvchilar uchun majburiy 
bo`lmagan qo`shimcha topshiriqlar va ijodiy ishlarni ixtiyoriy bajarish orqali, ularning 
istak va xohishlariga ko`ra tashkil etiladi. Har chorakda bir marta o`tkaziladi. 
4. Bosqichli nazorat(BN)- o`quv yili tamom bo`lgandan keyin imtihonlar yoki 
sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Bosqichli nazorat uchun namunaviy va sinov imtihon 
materiallari RTM tomonidan tayyorlanib, joylarga yetkaziladi. 
5. Yakuniy nazorat (YaN) –maktabda ta’limning to`liq kursi tugagandan so`ng Davlat 
attestatsiyasi shaklida amalga oshiriladi. 
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, o`qituvchi tomonidan joriy (kundalik) nazorat 
hamda ijodiy faollik nazorati uchun materiallarni tayyorlash va o`quvchilar o`zlashtirishini 
baholashni amalga oshirib borish lozim. 
Bunda baholashning samarali bo`lishi uning quyida qisqacha bayon qilingan ilmiy
uslubiy asoslariga muvofiq olib borilishi bilan bog`liq. Ular shaxsga yo`naltirilgan 
ta’limning o`ziga xos xususiyatlariga muvofiq. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling