Niyozov Qahramon Adashaliyevich


Qiyoslashga asoslangan baholash


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

Qiyoslashgasoslangan baholash - nisbiy baholash shakli bo`lib, u yuqorida bayon 
qilingan 
mezonga 
asoslangan 
baholashdan 
so`ng, 
uning 
natijalari 
asosida 
baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo`lga kiritgan natijalarini o`zaro taqqoslash orqali 
o`lchashdan iborat. 
Bu baholash shakli ham ikki boshichdan iborat bo`lib, birinchi bosqichda 
baholanuvchinichg erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar 
o`zaro taqqoslash orqali o`lchanadi.
Afzalligi 
 O`qiituvchi ko`p vaqt sarflamaydi. 
 Turli shart - sharoitga oson moslashtirish mumkin. 


65 
 Muayyan baholanuvchilar guruhi a’zolarini ularning o`zlashtirish darajasiga qarab 
tabaqalashtirish imkonini beradi. 
 Baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini ajratib olish imkonini beradi 
(masalan, olimpiadaning navbatdagi bosqichiga ishtirokchilarni yoki kollejga kirish 
imtihonlari natijasida, boshqalarga nisbatan eng yuqori ko`rsatkich ko`rsatgan 25 kishini 
ajratib olish mumkin). 
Kamchiligi 
 Faqat muayyan o`quvchilar guruhi, sinf, maktabdagi mavjud natijalarga qiyosan 
baholash amalga oshiriladi.. 
 Baholar o`qituvchi tomonidan subyektiv belgilanishi mumkin. 
 Bilimlarni xolisona va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratadi. 
 
Oʻquvchilarni baholash turlari 
O`quvchilarni baholashning hozirda keng tarqalgan test sinovlari, yozma ishlar
laborotoriya ishlari, mustaqil amaliy ishlar va boshqa shakllari bilan birga quyidagi ayrim 
shakl, usullardan foydalanish aynan o`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan ta’lim jarayoni 
shakllariga mos keladi: 
Suhbat. O`quvchi bilan suhbat dialog va hamkorlik tamoyillariga asoslangan bo`lishi 
kerak. Bunda o`quvchi rivojlanishining asosiy yo`nalishlari va aniq vazifalarni belgilanadi. 
O`qituvchi tomonidan qo`llab-quvatlash orqali kamchiliklarni bartaraf qilish yo`l-
yo`riqlarini ko`rsatib beriladi. O`qituvchi suhbatni oldindan rejalashtiradi va o`quvchi 
bilan suhbatni olib borganda, boshqa o`quvchilar so`zini bo`lmasligi uchun oldindan 
kelishib olishi zarur. Har bir suhbat natijasini sinf rahbari jurnaliga yozib borish maqsadga 
muvofiqdir. Suhbat natijasida o`qituvchi va o`quvchi bir necha muhim bo`lgan 
yo`nalishlarni belgilashlari lozim. Ushbu yo`nalishlar bo`yicha qisqa muddatli, erishib 
bo`ladigan maqsadlar kelishib olinadi va bu maqsadlarga erishishda yordam berishi 
mumkun bo`lgan mavjud imkoniyatlarni muhokama qilib, belgilab olinadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling