Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi
Download 80.71 Kb.
|
Boshqaruv psix
Liderlik sifatlari nazariyasi.
Boshqaruvda lider asosan, guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqaradi. U hech qachon yolg`iz bo`lmaydi, gurux a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider gurux a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarini hammadan ham yaxshi biladi. Ular ichida eng tashabbuskoridir. Bundan tashqari, liderlikning uslublari va sifatlari ham alohida o`rganilgan. Guruhda rahbarlik haqida fikr ketganda, avvalo, guruh haqida qisqacha psixologik izoh berish lozim. Guruh- bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga bo`ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Shu guruhdagi rasmiy munosabatlarning boshqaruvchisi rahbardir. Guruhda rahbarlik, maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida, saylovlar oqibatida sodir bo`ladi. Bundan tashqari, rahbar liderda yo`q bo`lgan rag`batlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z xodimlariga ta’sir o`tkazishi mumkin. Rahbar guruhda u yoki bu qarorlar va ko`rsatmalarni o`z ixtiyoricha bajara olmaydi, u ko`plab rasmiy ko`rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar doirasidan chiqib ketishi qiyin bo`ladi. Guruhdagi o`zaro munosabatlar yuqoridan ‘astga yoki aksincha bo`lab, gurux a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan buysunuvchilar o`rtasidagimunosabatlarni o`z ichiga oladi. Bu borada «lider» va «rahbar» tushunchalari o`rtasidagi farqlar haqida gapirish mumkin. B.D.Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi: lider - guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar - shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; liderlik kichik guruhlardagina xos bo`lgan hodisa bo`lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo`lishi, amalga oshirilishi mumkni; agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo`lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartiblar asosida saylov oqibatida sodir bo`ladigan hodisadir; liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo`lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo`nalishiga qarab uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro`y beradi; Download 80.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling