Nizo va stresni boshqarish


Nizoning to’rtinchi bosqichi –


Download 31.81 Kb.
bet9/10
Sana17.01.2023
Hajmi31.81 Kb.
#1097004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Очиқ дарс - апрель Nizo va stresni boshqarish

Nizoning to’rtinchi bosqichi – nizoning yechimini kutayotgan holatga yangi variantdagi yechimlar, sizga ma’lum bo’lgan yechimlarga muqobil yechimlar izlab topish.
Ya’ni, shaxs mumkin qadar o’z ichki holatining yaxshi his qilib borishi lozim va o’z ichki holatining stressga kirib qolmasligini nazoratdan chiqarib yubormasligi katta rol o’ynaydi. Psixologik jihatdan olganda, bu holatlarning barchasida shaxs ruhida asabiylashuv kuchayib boradi. Shaxslararo nizolarda shaxslarning o’zaro bir-birlarini bilmasligi, ularning bir-biridan hadiksirashi, atrof-muhitning ham salbiy ta’siri, kishilarning shaxsiy xususiyatlari katta ta’sir ko’rsatadi.
Nizoning beshinchi bosqichi – qaror qabul qilish bosqichi, bu o’z o’rnida nizoning yechim fazasiga, eng yuqori bosqichdan pastga qarab qaytishiga sharoit yaratib beradi. Ushbu bosqichda ikki yo’nalishni ko’rib chiqamiz:
a) qaror qabul qilish bilan nizoni yechimga qarab yo’naltirish;
b) qaror qabul qilish bilan nizoni faqat o’z foydasiga yo’naltirish.
Nizo va uning guruhdagi holati to’g’risida gap ketganda, nizoni boshqarish va uni konstruktiv yo’nalishda olib borishning asosiy yo’llaridan biri bu guruhdagi har bir shaxs bilan alohida va guruh bilan alohida ish olib borishdadir.
Nizoviy holatni boshqarishning asosiy talablaridan biri – muloqotga kirishishda muloqotchilarning ruhiy holatlari jiddiy e’tiborga olinib, hatto ilgaridan ba’zi narsalar mo’ljallanib qo’yilgan holatda muloqotga kirishish yaxshi natija berishini unutmaslik kerak.
Rahbar e’tiborga olishi zarur bo’lgan nizolar va ularning psixologik tashkil qiluvchilari
Nizo turlari Nizoning psixologik tashkil qiluvchilari
1 Konstruktiv va destruktiv nizolar Mehnat faoliyatidan kelib chiquvchi prinsipial muammolar yuzasidan
2 Shaxsiy Shaxsning ichki ziddiyatlari
3 Shaxslararo. Xodimlar xarakterlarining o’zaro nomutanosibligi, boshqaruv usullariga amal qilmaslik, kommunikatsiyalarning buzilishi, xodimlar malakasining pastligi
4 Shaxs bilan guruh o’rtasidagi. Guruh ichida o’zaro muomala, mehnat faoliyati va xulqatvor normalardan chetlanish
5 Guruhlararo Jamoadagi rasmiy va norasmiy guruhlar o’rtasidagi mavjud muamolar, tashkilotda ijtimoiy raqobatning mavjudligi
6 Ijtimoiy Sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy institut va jamoalarning maqsad va manfaatlari, harakatning an’anaviy uslublari
7 Yashirin yoki ochiq Ikki shaxs orasidagi mojaro
8 Stixiyali paydo bo’ladigan va davriy yuzaga chiqadigan, ig’vo orqali chiqadigan. Tashabbuskor tomonidan qasddan qilingan vijdonsizlarcha harakat
9 Innovatsion, vaziyat va qadriyatga oid Shakllararo va guruhlararo munosabatlardagi ziddiyatlar
10 Tashkiliy-texnologik Ishchi o’rinlarini, mansablarni taqsimlashdagi nomutanosiblik
11 Ma’muriy-iqtisodiy tizimdagi Tashkiliy-texnologik va iqtisodiy sabablar, shartnomamajburiyatlarining tuzilishi, axborotdagi noaniqliklar
12 Norasmiy tashkilotlar faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Rasmiy va norasmiy tizimlar manfaatlaridagi ziddiyatlar, boshqaruvga oid muammolarni rasmiy va norasmiy yechish usullarining mos kelmasligi
13 Ijtimoiy-psixologik munosabatlar tizimi amal qilishi bilan bog’liq. Guruh liderligi uchun kurash, guruh manfaati, qadriyati va maqsadi uchun olib borilgan to’qnashuvlar
14 Tashkil qilish tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy. Ish haqidan noroziliklar, uni to’lash vaqtining kechiktirilishi, mehnat me’yorining oshishi va mehnatga haq to’lash tarifining pasayishi; tashkilot rahbariyati xatolari
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bo’lish mumkin:
1.Tarkibiy-tashkiliy usullarga:
– ishga bo’lgan talabni tushuntirish usuli;
– muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli;
– umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar, mukofotlanishning tarkibiy tizimi.
2.Strategik usullari:
– uzoqlanish;
– silliqlashish;
– majburlash;
– kelishuv, muammoni hal qilish.
Uzoqlanish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo’lmagan va o’zaro munosabatlarning yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo’llaniladi. Bunday holatli ziddiyat hali yetilmagan yoki ziddiyatga chiquvchilarning lavozim darajalari yaqin bo’lgan hollarda kuzatiladi.
Agar ziddiyat subyektiv sabablar tufayli bo’lgan bo’lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma’qul strategiyadir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyat ustida yana bir bor fikr-mulohaza yuritib, qarama-qarshilikka borishga, uni davom ettirishga hech qanday asos yo’q degan xulosaga kelishiga imkon beradi. Agar ziddiyat obyektiv sabablar tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag’lubiyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho’ziladi, nizoli vaziyatni chaqiruvchi sabablar chuqurlashadi.
Silliqlashish. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo’li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir-biri bilan xushmuomalali bo’lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o’zida birga suzayotgan qayiqni “qaltis tebratish” yaxshi emasligiga chaqirishadi.
Bunday usul, ikkala tomondan bittasining lavozim darajasi yoki mavqei yuqori bo’lgan va u mazkur ziddiyat bo’yicha o’zini bahslashishga tushishni lozim, deb bilmagan hollarda qo’llaniladi. Bunda ziddiyatga tushishdan voz kechgan tomon muxolifiga o’z istagiga erishishga imkon bersada, ikkala tomon o’rtasidagi dahshatli “yong’in” so’nadi va kelajakda ham yaxshi munosabat saqlanib qolishiga erishiladi. Shu tariqa ishonch orqali vaziyat silliqlashadi.

Download 31.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling