Nizolarning kelib chiqish sabablari va turlari. Oilaviy nizolar oqibatlari


Download 92.5 Kb.
bet1/5
Sana10.03.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1256914
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oilaviy mojorolar va ularning sabablari. Nomaqul oila psixologik muhit salibiy bо‘lgan oila sifatida


Oilaviy mojorolar va ularning sabablari. Nomaqul oila psixologik muhit salibiy bо‘lgan oila sifatida
Reja:



  1. Nizolarning kelib chiqish sabablari va turlari.

  2. Oilaviy nizolar oqibatlari

  3. Nizolar eskolatsiyasi.

4. Nizo omillari va motivlari


Oilaning felitsitologik funksiyasi
Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga kо‘ra ularning quydagicha asosiy turlariga ajratish mumkin:
Er-xotin о‘rtasidagi nizolar:
qaynona-kelin о‘rtasidagi nizolar:
qaynona-kuyov о‘rtasidagi nizolar:
ovsinlar о‘rtasidagi nizolar:
ota-onalar va bolalar о‘rtasidagi nizolar:
farzandlar о‘rtasidagi nizolar:
Albatta, bu rо‘yxatni yana davom etiraverish mumkin, xar qanday oilada er-xotinning о‘zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga kо‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar birikturuvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun xam psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda“konstruktiv”(“biriktiruvchi”)va destruktiv”(“ajratuvchi”) nizolarga farqlanadi. Ular о‘zlarining yuzaga kelishiga asos bо‘lgan muammolar, bu muammolarning xal etilishi, kechinishi, ishtirokchilar, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga kо‘ra bir-birlaridan farqlanadi.
Qanday nizolarga biriktiruvchi nizolar deyiladi?
Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga sabab bо‘lgan muammolar va ularning xal qilinishi ham earning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlari qaratilgan bо‘ladi. Agar ular xal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar о‘z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudje6tini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yо‘l qо‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi masalalar toifasidagi nizolar misol bо‘la oladi. Ular asosan er xotin о‘rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtrokchilari ham faqat er-xotinlarning о‘zlarigina hisoblanadi. Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birining salbiy va ijobiy xususiyatlarini о‘rganib borish, bir-biriga maoslashish, muammolarni xal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar “er-xotinning urishi-doka rо‘molni qurishi” kabi nizolar toifasiga kiradi. “Doka rо‘molni qurishi” er-xotin о‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.

Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling