Nizolarning kelib chiqish sabablari va turlari. Oilaviy nizolar oqibatlari


Download 92.5 Kb.
bet5/5
Sana10.03.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1256914
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oilaviy mojorolar va ularning sabablari. Nomaqul oila psixologik muhit salibiy bо‘lgan oila sifatida

Nima uchun oilalar buziladi?
Oilalarning ajralishiga yо‘l qо‘yish kerakmi?
Ajralish muammosi xozirga zamon insoniylik jamiyatning eng muxim ijtimoiy muammolaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda xam, О‘zbekistonda xam ajralish muammosiniо‘rganishga keng ilmiy jamoatchilik e’tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soxa mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan soxalari mutaxassislari о‘rganmoqdalar. Ularning e’tibori bu xodisa sabablari, omillari, motivlarini о‘rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishga er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat xam kо‘p zarar kо‘radi.Ajralishlar kо‘plab noxush xodisalar: notо‘liq oilalarning sonining ortishi, bolalar va о‘smirlar о‘rtasida qonunbuzarlikning kо‘payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolg‘izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning о‘zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bо‘lishi mumkin.
Bu о‘rinda xaqli ravishda agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradigan bо‘lsa, uni rasmiy ravishda ta’qiqlab qо‘ysa bо‘lmaydimi? Degan savol yuzaga kelishi mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jixatdan nixoyatda murakkab jarayon edi. Biroq, bu usul oila mustaxkamligini ta’minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Ajralishni ta’qiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, о‘z navbatida nikox yoshining о‘sishini, oila qurmaslik, nikoxgacha va nikoxdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosog‘lom oilalar miqdorining ortishi nikox oila munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta, bularning xam shaxs, inson ruxiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchunzarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun xam xozirgi vaqtda ajralish erkinligini deyarli barcha davlatlar nikox-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu о‘rinda muxim ajralishni ta’qiqlash va unga rasmiy ravishda xalaqit qilish emas, balki ajralishning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf etishdir. Shunday qilib ajralish fojeami yoki fojeadan qutilishmi? Ayrimlar agar oilada farzandlar bо‘lmasa bu fojeadan qutilishdir, er-xotinlarning о‘zaro munosabatlarning о‘zaro munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakillanmayotgan bо‘lsa, ularda о‘zaro tushinish, о‘zaro xurmat, bir-birlariga nisbatan emotsional yaqinlik, mexr-oqibat bо‘lmas, oila о‘z funksiyalarini bajarmayotgan bо‘lsa, bunday juftlar ajralib ketgani ma’qul, deb xisoblaydilar.
Ajralishlarning о‘ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshishi jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning axvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bо‘ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa, о‘zbek va qishloq oilalarida ajralish tashabbuskori kо‘proq erkaklar bо‘ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarda, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bо‘lgan shaxar oilalarida ajralish tashabbuskori kо‘proq ayollar bо‘ladi.
Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling