Nizoli vaziyatlarda konfliktni yuzaga ketiruvchi psixologik omillar. Reja : 1 Nizoli vaziyatlar haqida tushuncha
Nizoli vaziyatlarni bartaraf qilish
Download 22.11 Kb.
|
11.yuridik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’yin tovlash
- Kompromiss
- Raqobat
- Pedagogik jamoada quyidagi metodikalar o’tkaziladi va taxlil qilinadi
2. Nizoli vaziyatlarni bartaraf qilish
Nizoli vaziyatlarni bartaraf qilish uchun metodlarning ikki guruhidanstrukturali va shaxslararo usullaridan foydalanish mumkin. Ishga qo’yiladigan talablarni natijalar darajasini, (har bir ishchi kutilaѐtgan natijalar darajasini, kim turli axborotlarni qabul qilishini va x.k.); Koordinatsion va integratsion metodlar (ulardan biriguruh zanjiri. Rahbar odamlarni o’zaro ta’sirini, qarorlar qabul qilish)ni, tashkilot ichidagi axborotlar oqimini tartibga keltiradi, natijada nizolarni vujudga kelishini oldini oladi; Xodimlarni barcha kuchlarini umumiy maqsadga erishishiga yo’naltiradi; Mukofotlar tizimini yaratish (minnatdorchilik, mukofot berish, xizmat lavozimini ko’tarish orqali odamlar xulqiga ta’sir etish orqali nizoli vaziyatlarni boshqarish mumkin). bo’yin tovlash (ѐki qochish), tekislash (moslashish), kompromiss, raqobat, hamkorlik kabilarni nizoli vaziyatlarni bartaraf qilishning shaxslararo metodlari deb atash mumkin. Bo’yin tovlash -nizoli vaziyatni inkor qilish shaklida namoѐn bo’ladigan munosabat. Bunda rahbar vaqt, resurslar etishmasligini, muammoni unchalik ahamiyatli emasligini bahona qiladi. Bunday hatti-harakatning shiori ―Pashshadan fil yasash kerak emas‖. nizoni xal qilishni ortga surish (o’z-o’zidan tinchib qoladi), raqiblarga o’z adovatlarini o’ylab ko’rishlariga imkon berish. Tekislash –bu ikkinchi tomonni qiziqishlarini manfaatini unga moslashish orqali qoniqtirish bo’lib, o’z manfaatlarini qondirilishiga katta ahamiyat bermaslik. Bunda ―Sen yutishing uchun men yutqazishim kerak‖ printsipi asosida harakat qilinadi. Bunda nizoni rivojlanib ketishidan qochish va haqiqat ―raqibi‖ tomonida deb tushunish, kelajakda sherigi bilan til topishiga intilish bunday xulqning namoѐn qilish sababi bo’lib hisoblanadi. Kompromiss –bu tomonlarni fikrlarini, pozitsiyalarni ochiq muhokama qilib, har ikkala tomon uchun ham qulay va ma’qul echimni topish usulidir. Bunday ѐndoshuvning afzalligi shundaki, bunda tomonlarni huquq va vazifalarini muvozanatlashuvi va da’volar legalligi vujudga keladi. Kompromis rahbar munosabatlaridagi taranglikni olib tashlashga va optimal echimni topishga ѐrdam beradi. Raqobat –kimnidir g’olib chiqishiga olib keladi va oxir oqibatda sherigini yo’q qilishga olib keladi ―Men g’alaba qilishim uchun, sen yutqazishing kerak‖. Bu nizoli vaziyatga ѐqimsiz va kam samarali ѐndashuv bo’lib, hisoblanadi, lekin bunda yana shuni tan olish kerakki, raqobat qobiliyat va talantni stimullashtiradi. Raqobat ko’pincha o’zini yuqori baholab va raqibini etarli baholamagandan kelib chiqadi. Raqobat –yana o’zini manfaatlarini, haѐtini, oilasini himoya qilish, yuqoriga intilish zaminida ham yuzaga keladi. Hamkorlik –nizoni bartaraf qilishga nisbatan ham har ikkala tomonni manfaatlarini qondirish muhimroq. Hamkorlik degani bir tomonni manfaatlari qondirilmasa, ikkinchi tomonni ham manfaatlari qondirilmaydi. Bitta tomon ikkinchi tomonni hisobidan maqsadiga erishishga intilmaydi. Shunday qilib, nizolarni bartaraf qilish vositalari va uni muvaffaqiyatli xal qiinishi raqiblarning xarakteridan, davomiylik darajasidan, janjallashmaѐtgan tomonlarni strategiyasi va taktikasidan kelib chiqqan holda belgilangan. Ko’pincha nizoli vaziyatning o’zi uni bartaraf qilishning qaysi usulidan foydalanish kerakligini ko’rsatadi. Agar nizoli vaziyatda maqsad ham, tomonlar munosabatlari ham juda muhim bo’lmasa, bunday nizoli holatga e’tibor bermaslik kerak. Agar maqsad juda muhim bo’lib, munosabatlar unchalik muhim bo’lmasa, bunday vaziyatdan chiqish yo’li xukmronlik. Shuningdek, maqsadga nisbatan munosabatlar muhimroq bo’lsa, ―tekislash ‖ taktikasidan foydalanish ma’qulroq. Bunday vaziyat haqida ko’pincha shunday deyishadi: ―Arzimagan narsalarga janjallashish nimaga kerak?‖. Agar nizoli vaziyatda ham maqsad, ham tomonlar munosabatlari muhim bo’lsa, unda ―hamkorlik‖ uslubidan foydalanish kerak bo’ladi. Agar siz ―hamkorlik‖ uslubidan foydalanishga qaror qilgan bo’lsangiz, unda siz tengsizlikka va tomonlarni bir-biridan ajratib qo’yilishiga olib keladigan o’zini himoya qilishdan voz kechishingiz kerak. Sheriklar bilan munosabat ijobiy bo’lishi va ularni birlashtirilishiga katta e’tibor berilishi kerak. Hamkorlik qilish yo’llari juda ko’p. N.N.Obozov tomonidan tavsiya etilgan usulga to’xtalamiz. Uni nuqtai nazaridan nizoli vaziyatni hal qilish 7 bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich sizdan ma’lum kuch-quvvatni talab qiladi. Nizo mavjud ekanini tan oling. Jamoaga nizo mavjudligi haqida ma’lumot berish orqali, muhitni mish-mishlardan tozalaysiz va kelishuv uchun yo’l ochisiz. Amalga oshiriladigan ishlarni kelishib oling. Qaerda, qachon va siz birgalikdagi boshlaydigan ishingizni kelishib oling. Bu masalani hal qilishi uchun bir qadam tashlash bo’lib hisoblanadi. Yaxshisi muhokamada kimlar qatnashishini oldindan kelishib olingani ma’qul. Uchrashuvni neytral joyda ѐ har bir tomon bilan navbati bilan tashkil qilish kerak. Nizoni aniqlang. Nizoni, xal qilinishi kerak bo’lgan muammo doirasida aniqlash kerak. Bu stadiyada ―bizning‖ muammo sifatida ѐndashilishi kerak-ki, bu o’sha zahoti hamkorlik ruhini yuzaga keltirsin. Ikkala tomon ham quyidagilar haqida fikrlarini bildirishlari kerak: ular nizoli vaziyatdagi o’z hissasini qanday baholayapti. Tomonlarni har biri ko’rmayaptimi, tan olmayaptimi, tasodifiymi ѐki maqsadlimibularni aniqlash juda muhim. Imkon qadar ―yashirin manfaatlarga‖, shaxsiy xafagarchiliklarga kamroq e’tibor bering, aks holda bu nizoni bartaraf qilishni qiyinlashtiradi. Shu maqsadda asosiy e’tiborni, tomonlarni shaxsiyatlariga tegmagan holda konkret harakatlarga, tomonlarning ehtiѐjlariga va munozarali predmetlarga qarating. Muammoni hal qilish variantlarini izlang. Bu bosqichda ―aqliy xujum‖ taktikasini qo’llash maqsadga muvofiqroq, chunki bu usul muammoni xal qilishni juda ko’p variantlarini topish imkonini beradi. O’zaro muhokamadan so’ng, ba’zan umuman aqlga to’g’ri kelmaydigan fikr bo’lib ko’ringan g’oya juda samarali bo’lib chiqishi ham mumkin ѐki qarama-qarshi fikrdagi odamlarni yagona fikrga kelishlari bir-birlarini tushunishlari va yaqinlashishlari mumkin. O’zaro kelishuvga erishing. Ilgari surilgan takliflarni baholash, har ikkala tomon uchun ma’qul keladiganini tanlash ya’ni kelishishiga erishish kerak. Ba’zan kelishuv uchun bitta uchrashuvni o’zi ham etarli bo’lishi mumkin, ba’zan esa bir nechta uchrashuvlarni tashkil qilish kerak bo’ladi. Rejani haѐtga tatbiq eting. Tomonlar kelishuvini ifodalovchi xujjatda nima qilinishi kerakligi, kim tomonidan qachon va qaerda qilinishi kerakligi ko’rsatilishi kerak. Bu ishlarni bajarilishiga tez kirishish kerak, muddatni o’zgartirilishi esa ishonchsizlikni vujudga keltiradi. Qabul qilingan qarorni baholang. Eng muvaffaqiyatli bo’lgan kelishuvda ham qaysidir tomon xafa bo’lib qolishi mumkin. Bu suhbatlarda, gapirish ohanlarida, qatnashchilarning jestlarida namoѐn bo’lishi mumkin. Ularni har biriga ochiq gapira olishlari uchun imkon yaratib, ulardan so’rang: ―Kelishuvni borishi sizni qay darajada qoniqtirdi? Qabul qilingan qaror sizga tiqishtirilaѐtganga o’xshamayaptimi? Nima deb o’ylaysiz, har ikkala tomonni ham manfaatlari hisobga olindimi? Sizni nazaringizda bu qarorga yana nimani qo’shsa bo’ladi? Pedagogik jamoada quyidagi metodikalar o’tkaziladi va taxlil qilinadi: Guruhdagi psixologik iqlimni aniqlash. Muloqotda o’zini o’zi boshqara olish. Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash. Metodikalar o’tkazilib taxlil qilinganidan so’ng guruhiy munosabatlarni yaxshilash maqsadida trening mashg’ulotlari o’tkaziladi. Download 22.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling