Nizoli vaziyatlarda konfliktni yuzaga ketiruvchi psixologik omillar. Reja : 1 Nizoli vaziyatlar haqida tushuncha


Muloqotda o’z – o’zini boshqarish darajasini aniqlash so’rovnomasi


Download 22.11 Kb.
bet3/3
Sana23.09.2023
Hajmi22.11 Kb.
#1686478
1   2   3
Bog'liq
11.yuridik

Muloqotda o’z – o’zini boshqarish darajasini aniqlash so’rovnomasi
Mazkur so’rovnoma amerikalik psixolog M.Snayder tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, shaxsning muloqot davomida o’z – o’zini qanchalik kuchli boshqara olishini o’rganishga xizmat qiladi.
Ko’rsatma: «Diqqat bilan quyidagi berilgan 10 ta gapni o’qib chiqing. Gaplar mazmunida ifodalangan fikr o’zingiz uchun qanchalik tegishli ekanini bildiring. Bunda «to’g’ri», «to’g’ri shekilli» kabi javoblardan foydalaning» So’rovnoma materiali
Mening nazarimda, boshqalarning xatti – harakatlariga taqlid qilish oson emas,
Men atrofdagilar diqqatini jalb etish ѐki ularni kuldirish uchun har xil qiliqlar qila olgan bo’lar edim.
Mendan tuzukkina aktѐr chiqishi mumkin edi.
Atrofdagi odamlar nazarida men ba’zi narsalarni haddan tashqari yurakka yaqin olaman.
Do’stlar davrasida men kamdan – kam boshqalarning diqqat markazida bo’laman.
Har xil vaziyatlarda har xil odamlar bilan muloqot qilishda men o’zimni turlicha tutaman.
Men biror narsaga qat’iy ishonganimdagina uni himoya qilib, ѐqlab chiqishim mumkin.
Odamlar bilan muomala – munosabatda muvaffaqiyat qozonish uchun men atrofdagilarga ma’qul tushadigan xatti – harakatlarni qilishga intilaman.
Men «ko’rgani ko’zim bo’lmagan» odamlar bilan ham o’zimni do’stona tuta olaman.
Men har doim ham o’zimning haqiqiy sifatlarimni namoyish etmayman.
Natijalarni hisoblash.
Kalitga mos kelgan har bir javob uchun 1 ball qo’yiladi Kalit:
«to’g’ri», «to’g’ri shekilli» - 1, 5, 7;
«noto’g’ri», «noto’g’ri shekilli» - 2, 3, 4, 6, 8, 9,10.
Tekshiriluvchining javoblari kalit bilan solishtirilgach, bolalarning umumiy yig’indisi hisoblab topiladi. Natijalarning talqini.Agar tekshiriluvchi samimiy javob bergan bo’lsa, uning muloqotda o’z – o’zini boshqara olish darajasi haqida quyidagi fikrlarni bildirish mumkin:
1 – 3 – kommunikativ nazorat sust; hulq – atvor barqaror, vaziyatga qarab o’zgaravermaydi muloqotda samimiy ravishda ko’ngildagi gapni gapirish ehtimoli yuqori: dangallik va cho’rtkesarlikning kuchli ekanligi atrofdagi ba’zilarga ѐqmasligi mumkin.
4 – 6 – kommunikativ nazorat o’rtacha; samimiyat daraji yuqori, lekin ba’zida hissiѐtlar «jilovi» bo’sh qo’yib yuboriladi: xulq – atvorda atrofdagilarning fikrlarini inobatga olish mavjud.
7 – 10 – kommunikativ nazorat yuqori; tezlik bilan har qanday rolga kirisha olish; vaziyat o’zgarishi bilan shaxsiy xulq – atvorni osongina o’zgartirish; atrofdagilarda qanday taasurot qoldirilishini oldindan bilish.
M.Snayderning ta’kidlashicha, kommunikativ nazorat darajsi yuqori bo’lgan odamlar qaysi vaziyatda o’zini qanday tutish kerakligini biladilar, o’z emotsiyalarining ifodalanishin boshqaradilar. Biroq ular o’zlarini tabiiy tutishga qiynaladilar, voqealar rivojini oldindan payqab bo’lmaydigan vaziyatlarni xush ko’rmaydilar. Kommunikativ nazorat darajasi past bo’lgan odamlar o’zini tabiiy va ochiq tutadilar, lekin vaziyat o’zgarganda, yangi vaziyatga moslashishda qiynaladilar.
Download 22.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling