Nizomi I. Umumiy qoidalar
Download 402.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Ashulla va raqs nizom SamDU
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Toʻgaraklarning asosiy maqsad va vazifalari
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Sport faoliyati va san’at fakulteti “San’atshunoslik” kafedrasi musiqiy ta’lim yo’nalishi “Ashulla va raqs” toʻgarak NIZOMI I. Umumiy qoidalar: 1. Ushbu nizom Art zonalarda tashkil etiladigan toʻgarak ya’ni “Ashulla va raqs” toʻgaraklarning maqsadi va vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Toʻgarak Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Sport faoliyati va san’at fakulteti “San’atshunoslik” kafedrasining oliy taʼlim muassasasi tasarrufida boʻlib, ijodiy-amaliy faoliyat bilan shugʻullanuvchi talabalar va professor-oʻqituvchilarning madaniy ehtiyojlarini oʻrganish hamda maʼnaviy- maʼrifiy va koʻngilochar xususiyatga ega boʻlgan turli madaniy xizmatlar koʻrsatish, havaskorlik, badiiy ijod va ilmiy innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish – uning asosiy faoliyati hisoblanadi. 3.Toʻgaraklar nizomi, toʻgarak rahbari hamda uning tarkibi oliy taʼlim muassasasi Kengashida koʻrib chiqiladi va oliygoh rektori (filial direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlanib, amaliyotga joriy etiladi. II. Toʻgaraklarning asosiy maqsad va vazifalari 4.Toʻgaraklarning asosiy maqsadi–talaba-yoshlarning isteʼdodlarini aniqlash hamda kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, milliy musiqa madaniyatini va milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish, universitet jamoasiga madaniy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va boʻsh vaqtlarining mazmunli oʻtishini taʼminlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan namunali dasturlarni shakllantirish, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. 5.Toʻgaraklarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Oliy oʻquv yurtida taʼlim olayotgan talaba-qizlarning isteʼdod va qobiliyatlarini aniqlash, ularning shunday fazilatlarini namoyish etish va rivojlantirib borishlari uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish; Taʼlim muassasasi faoliyatida ijodiy ishlarni olib borishga munosib ijtimoiy- maʼnaviy hamda ijodiy muhitni yuzaga keltirish; O’zbek milliy raqs san’at va badiiy havaskorlik sanʼatini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish; Professional ijodiy guruhlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazish; Ommaviy bayramlarda tasviriy va amaliy san’at ko’rgazmalarini tashkil etish va namoish etish. Ijtimoiy madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha ularga pulli xizmatlar koʻrsatish; Talabalarning boʻsh vaqtini maqsadli va mazmunli tashkil etish, uni oqilona rejalashtirish va amalga oshirish borasidagi qarashlarining shakllanishi va rivoji uchun koʻmaklashish. Download 402.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling