Nizomi I. Umumiy qoidalar


III. Huquq va majburiyatlar


Download 402.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi402.04 Kb.
#1450623
1   2   3
Bog'liq
Ashulla va raqs nizom SamDU

III. Huquq va majburiyatlar 
6.Oliygohdagi ijodiy va madaniy-maʼrifiy tadbirlarda qatnashish, turli 
koʻrgazmalar, ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar majmuasini uyushtirish va oʻtkazishda 
koʻmaklashish.
7. Yoshlar orasida madaniy-maʼrifiy, ijodiy-amaliy ishlarni olib borish va toʻgarak 
faoliyati haqida axborotni keng targʻib qilish.
8. Talabalarni toʻgarak ishlariga keng jalb qilish va qiziqtirish maqsadida 
fakultetlar Kengashi qarori asosida toʻgaraklarga qatnashuvchi talabalar orasida 
tanlovlar va ko’rgazmalar tashkil qilish.
9. Iqtidorli talaba-yoshlardan iborat jamoalar tashkil qilib, Art zonalar faoliyatidan 
kelib chiqqan holda pullik xizmatlarni yoʻlga qoʻyish.
10. Toʻgarak rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq, oliy taʼlim muassasasi 
rahbarining buyrugʻiga binoan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 
IV. Toʻgaraklarga aʼzolik 
11. Mazkur Nizom qoida va talablari hamda mutaxassislik toʻgaraklarining maqsad 
va vazifalarini maʼqullagan, madaniy-maʼrifiy, ijodiy faoliyatga oʻz bilimi va 
qobiliyati bilan qiziqqan bakalavriat va magistratura talabalari toʻgarakka aʼzo 
boʻlishlari mumkin,
12. Toʻgaraklar turini tanlash va qatnashish talabalar uchun ixtiyoriy boʻlib, uning 
toʻgaraklarga ishtirok etish haqidagi ogʻzaki bildirishi yetarlidir. 
V. Toʻgarak aʼzolarining huquq va burchlari 
13. Toʻgarak faoliyatiga doir barcha tashkiliy-amaliy masalalarning hal qilinishida 
teng huquqlilik asosida ishtirok etish va toʻgarakning Nizomiga rioya qilish hamda 
uning maqsadlari va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish. 
14. Nizomga toʻldirishlar va oʻzgartirishlar kiritish borasida takliflar va tavsiyalar 
bilan chiqish. 
15. Oliy taʼlim muassasasida toʻgaraklar uchun maxsus jihozlangan auditoriyalar 
va jihozlardan foydalanish.
16. Talabalarning jamoat ishlarida ishtirok etishi va dam olishlari eʼtiborga olinib, 
toʻgarak rahbari taqdimnomasiga muvofiq tuzilgan jadval asosida toʻgarakda 
qatnashish va mashgʻulotlarni sababsiz qoldirmaslik. 

Download 402.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling