Nizomi nomidagi tdpu tabiiy fanlar kimyo yunalish 2-kurs talabasi Ahmadov Toʻlqining analitik kimyo fanidan tayyorlagan mustaqil ishi. Mavzu: Massalar tasiri qonunini kompleks birikmalarda qo'llanilishi


Download 97.04 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi97.04 Kb.
#1560570
Bog'liq
massa tasiri qonunining kompleks brikmalarda qullash


Nizomi nomidagi TDPU tabiiy fanlar kimyo yunalish 2-kurs talabasi Ahmadov Toʻlqining analitik kimyo fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.


Mavzu:Massalar tasiri qonunini kompleks birikmalarda qo'llanilishi.
Tarkibida murakkab - "kompleks" ion tutgan birikmalar kompleks birikmalar deyiladi. Yangi kimyoviy bogʻ hosil qilmasdan yoki yangi elektron jufti yuzaga kelmasdan oddiy molekulalardan murakkab molekulalar hosil boʻlishi kompleks birikmalarni yuzaga keltiradi.Kompleks birikmalarda olingan va berilgan elektronlarning soniga qarab valentlikni bilib boʻlmaydi. Kompleks birikmalar 2 ta polyar molekulalarni oʻzaro taʻsiridan hosil boʻladi. Masalan:

NH 3 + HCl = [NH4]Cl


Kristall

CaCl2 + 8NH3 = [Ca(NH3 )8]Cl2


Kristall

CuCl2 + 2NH4OH = Cu(OH)2¯ + 2NH4Cl


Koʻk choʻʻkm

Agar choʻkmaga koʻp miqdorda NH4OH qoʻshsak, choʻkma eriydi.

Cu(OH)2¯ + 2NH4OH + 2NH4Cl = [Cu(NH3)4]Cl + 4H2O

koʻk rangli eritma

Fe(CN)2 + 4KCN = K4[Fe(CN)6] sariq qon tuzi

Fe(CN)3 + 3KCN = K3[Fe(CN)6] qizil qon tuzi

Agar reaktsiya sharoiti oʻzgartirilsa,

CrCl3 + 6H2O -® [Cr(H2O)6]Cl3 1 mol suv ajratilsa,

sariq rangli

[Cr(H2O)5Cl]Cl2, yana 1 mol suv ajratilsa [Cr(H2O)4Cl2]Cl

toʻq qizil rangli yashil rangli

birikmalar hosil boʻladi. Shunday qilib bir kompleks ikkinchisiga oʻtadi.

Kompleks birikmalar juda koʻp joylarda qoʻllaniladi. Biologiyada ularning ahamiyati juda katta. Kompleks birikmalarsiz hayot boʻlmaydi.

Gemoglobin Fe2+ , xlorofill Mg 2+ larning kompleks birikmalaridir. Kompleks birikmalar asoslar, kislotalar, tuzlar boʻlishi mumkin. Ular ichida elektrolitmas moddalar ham bor.

Asoslar Kislotalar Tuzlar

[Ag(NH3)2 ]OH H[AuCl4] [Ni(NH3)4]SO4

[Cu(NH3)2](OH)2 H2[SnF6] Na3[AlF6]

[Ni(NH3)4](OH)2 H2[PtCl6] K3[Fe(CN)6]

Elektrolitmas moddalar: [Pt(NH3)4Cl2] [Pt(NH3)6 ]Cl4

[Ni(CO)4] [Fe(CO)5]

Kompleks birikmalarning tuzilishini 1898 yilda shved olimi Alfred Verner oʻzining koordinatsion nazariyasida tushuntirdi. Bu nazariyaga koʻra:

Kompleks birikmada markaziy oʻrinni kompleks hosil qiluvchi - zaryadlangan metal atomi (kation) egallaydi.


Kompleks hosil qiluvchi ion yoki atom atrofida u bilan bogʻlangan maʻlum sondagi anionlar yoki neytral molekulalar bilan oʻralgan boʻladi. Bu anion yoki molekulalar ligandlar deyiladi. Ularning soni esa, koordinatsion son . deyiladi.
Kompleks hosil qiluvchi va ligandlar ichki sferani tashkil etadi va kvadrat qavs ichiga olinadi.
Ichki sferaga kirmagan ionlar tashqi sferani tashkil etadi.Kompleks birikmaning ichki va tashqi sferalarining barqarorligi bir-biridan keskin farq qiladi. Kompleks birikmalarda tashqi sferada turadigan ionlar elektrostatik taʻsir kuchlari orqali bogʻlangan, shuning uchun suvli eritmalarida ichki va tashqi sfera ionlariga oson toʻla dissotsiatsiyalanadi:

[Cu(NH3)4]SO4 = [Cu(NH3)4]2+ + SO42-

K4[Fe(CN)6] = 3K+ + [Fe(CN)6]3-

Ichki sferadagi ligandlar markaziy atom bilan kuchli bogʻlangan boʻlib, ular kuchsiz elektrolitlarga oʻxshab oz miqdorda dissotsiatsiyalanadi:

[Cu(NH3)4]2+ = Cu2+ + 4NH3

[Fe(CN)4] 3+ = Fe 3+ + 6CN-


Kompleks ionning dissotsiatsiyasiga massalar taʻsiri qonunini tatbiq etish mumkin.

[Cu2+ ] [NH3] 4 [Fe3+ ] [CN- ] 6

K beq =-------------- -------- K beq = -------------------

{ [Cu(NH3)4]2+} {[Fe(CN)6]3+}

Kompleks hosil qiluvchi ion va ligandlar kontsentratsiyalari koʻpaytmasining kompleks ion kontsentratsiyasiga nisbati beqarorlik konstantasi deyiladi. Beqarorlik konstantasining qiymati qancha kichik boʻlsa, kompleks birikma shuncha barqaror boʻladi.

Kompleks birikmalarning barqarorligini xarakterlash uchun oxirgi vaqtda beqarorlik konstantasi oʻrniga barqarorlik konstantasi qoʻllaniladi. Beqarorlik konstantasining teskari qiymati barqarorlik konstantasi deyiladi.

{ [Cu(NH3)4]2+}

K barkarorlik = ---------------------- = -------

[Cu 2+ ]* [NH3]4 K beqaror




K barqarorlik qancha katta qiymatga ega boʻlsa, kompleks birikma shuncha mustahkam boʻladi. Taʼsir etuvchi massalar qonuni — kimyoviy muvozanat sharoitida uzaro reaksiyaga kirishuvchi moddalar va reaksiya mahsulotlari, massalari orasidagi bogʻlanishlarni ifodalovchi qonun; u massalar taʼsiri qonuni deb ham yuritiladi. Bu qonunni birinchi bor 1865-yilda Nikolay Beketov qoʻllagan va 1867-yilda norvegiyalik olimlar K.Guldberg va P. Vaagelar rivojlantirgan. Taʼsir etuvchi massalar qonuni turli hisoblashlarda keng qoʻllanadi.Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentratsiyani tasirini 1867-yil norvegiyalik olimlar; K.Mguldberg va P.Vagelar tomonidan kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni massalar tasiri qonuni kashf etildi. Bu qonunga koʻra: kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari koʻpaytmasiga proporsional va reaksiya tenglamasidagi modda formulasi oldidagi koefitsent konsentratsiya darajasiga bogʻliq. Masalan; NH3 ni hosil boʻlish reaksiyasi uchun toʻgʻri va teskari reaksiya tezliklari quyidagicha ifodalanadi. N2 + 3H2 ↔ 2NH3 V1 = k [N2] [H2] 3; V2 = [NH3] 2 Bu formulalarda [N2] [H2] va [NH3] lar tegishlicha N2 va NH3 larning molyar konsentratsiyalari; k1 va k2 lar proporsionallik koefitsentlari boʻlib, reaksiyaning tezlik doimiysi deb ataladi. tezlik doimiysi reaksiyada qatnashuvchi moddalar tabiatiga, temperaturaga, katalizatorning bor-yoʻqligiga bogʻliq, lekin konsentratsiyaga bogʻliq boʻlmaydi. Agar reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri qattiq holatda boʻlsa, masalan, uglerodning yonishi: C + O2 = CO2 Bu reaksiya tezligi faqat kislorod konsentratsiyasiga bogʻliq. v = k[O2]
Download 97.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling