Nizomiddinov abbosxon xalqaro audit standatrlaridan test auditorlik faoliyatini litsenziyalash nima?


Download 19.19 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi19.19 Kb.
#103478
Bog'liq
Nizomiddinov A XAC test


NIZOMIDDINOV ABBOSXON

XALQARO AUDIT STANDATRLARIDAN TEST

1. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash nima?

А. Bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati

o’rnatish uslubidir.

B. Bu «Auditorlar palatasi» tomonidan audit o’tkazishga ruxsat berish

С. Bu Moliya Vazirligining auditorga audit qilishga ruxsat berishi

D. Bu malaka sertifikatini berishni nazorat qilish

2. Nazorat qiluvchi va xuquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga

ko’ra o’tkazilgan auditorlik xizmatining haqi kim tomonidan to’lanadi?

А. Auditorlik tekshiruvini belgilagan organ

B. Tekshiriluvchi sub’ekt

С. Mahalliy xokimiyat

D. Davlat byudjeti

3. Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasini tuzish qaysi XAS bilan tartibga solinadi?

А. 700-XAS

B. 710-XAS

С. 720-XAS

D. 730-XAS
4. Auditorlik firmasiga huquqni qaysi hujjat beradi?

А. Litsenziya

B. Sertifikat

С. Guvohnoma

D. Order

5. Auditorlik xulosasiga qaysi qatorda to’liqroq va aniqroq javob berilgan?

А. Moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ektga taqdim etilgan hujjat

B. Buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat

С. Moliyaviy hisobotning to’g’riligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat

D. Moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining maxfiy fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat

7. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish chog’ida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar auditorlik hisobotining qaysi qismida ko’rsatiladi?

А. Tahlil

B. Kirish

С. Adresat

D. Yakuniy

8. Mijoz korxona rahbari tijorat siri hisoblab auditorga ba’zi ko’rsatkichlarni tekshirishga ruxsat bermadi. Bu holat auditorlik xulosasida qanday aks etadi?

А. Auditorlik xulosasi berishdan bosh tortadi.

B. Ko’rsatkichlar moddiyligiga bog’liq ravishda yoki ijobiy xulosa berish mumkin yoki xulosa berishdan bosh tortishi mumkin.

С. Salbiy auditorlik xulosasi berishi mumkin.

D. Auditorlik firma direktoriga yozma xat bilan rasmiylashtirib berilganligi uchun auditor ijobiy xulosa berishi mumkin.

9. Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi deb nimaga aytiladi?

А. Bu xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab

qo’yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun

etarli deb hisoblaydigan hajmda o’tkazishga to’sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko’rsatadigan hatti-harakatlari yoki harakatsizligidir

B. Auditorlik tekshiruvida inventarizatsiyani o’tkazilmasligidir

С. Bu xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo’yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun sifatli o’tkazishga to’sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko’rsatadigan hatti-harakatlari yoki harakatsizligidir

D. Bu xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillarining, boshlab qo’yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun sifatli o’tkazishga to’sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko’rsatadigan hatti-harakatlari yoki harakatsizligidir

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi auditorlik hisobotining qaysi qismida ko’rsatiladi?

А. Kirish

B. Adresat

С. Tahlil

D. Yakuniy

10. Auditor qaysi hollarda katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi shart emas?

А. Katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan javoblar olinmaganida

B. Mutaxassislar hisob-kitoblarida nomuvofiqliklar bo’lganda

С. Inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar bo’lganda

D. Tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik muomalalari mavjud bo’lganda

11. Auditor qanday shaxs?

А. Malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxs

B. Jismoniy shaxs

С. Moliya Vazirligidan ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxs

D. Kooperativ xo’jalik sub’ekti

12. Qonunning nechinchi moddasida yordamchi auditor haqida gapirib

o’tilgan?

А. 4-modda

B. 5-modda

С. 22-modda

D. 10-modda

13 Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish qaysi jarayonida vujudga keladi?

А. Audit rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida

B. Audit dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida

С. Audit rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish jarayonida

D. Audit rejasining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida

14. Auditorlik hisobotiga qaysi javobda to’laroq ta’rif berilgan?

А. Auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga, katnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat

B. Auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga, katnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan shartnoma

С. Auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga, qatnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan moliyaviy hisobot

D. Auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga taqdim etilgan hisobot



15. Auditorlik xulosasi nechta qismdan iborat?

А. 3

B. 2

С. 4

D. 5
Download 19.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling