Низомий номидаги давлат педагогика
Xoll effekti va uning qollanishi
Download 476.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmper qonuni.lorens kuchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar: 1.S. Orifjonov. Elektromagnetizm. Toshkent. 2011. 2.A.Detlaf, B.Yavorskiy. Kurs fiziki. 2 tom. Moskva.
Xoll effekti va uning qollanishi: Tokli otkazgich magnit mydonga kiritilsa, tokni tashuvchi haraktdagi zaryadlarga Lorens kuchi tasir etadi. Buning oqibatini batafsil organish uchun otkazgich muntazam (parallelopipid) shaklga ega deb hisoblaylik (24.1-rasm).
Otkazuvchanlik zarralarining tartibli harakat tezligi bolsin. Magnit maydon induksiyasi otkazgichning yon sirtlaridan biriga tik va etarlicha kichik bolsin. Maydonni kichikligi shunday bolishi kerakki, otkazgichda zarralarning aylanma harakati kuzatilmasin. Zarraga tasir etuvchi Lorens kuchi otkazgichning magnit maydonga parallel joylashagan yon sirtlarida (rasmda yuqorigi sirtda) erkin zaryadlarni ortishiga, qarshi sirtda ularning kamomadi vujudga kelishiga olib keladi. Zaryadlarning bunday qayta taqsimotidan vujudga kelgan qoshimcha elektr maydon tasiri Lorens kuchiga tenglashgach toxtaydi: . (24.1) Otkazgichning kondalang yonalishdagi olchami (magnit maydonga tik va maydon boylab) bolsa, otkazgichning kondalang yonalishida kuchlanish vujudga keladi (Xoll kuchlanishi) va uni tajribada olchash mumkin. Bu hodisa E.Xoll tarafidan 1879 yili kashf etilgan va uning ismi bilan ataladi. Xoll kuchlanishining ishorasi otkazuvchanlik zaryadlarini ishorasi bilan bogliq bolib, bu ishorani tajribada aniqlash imkonini beradi. Tajriba metallardan boshqa otkazgichlar bilan otkazilganda (yarimotkazgichlar, eritmalar, gazlar), bu ham otkazgich haqida muhim malumotdir. Bundan tashqari Xoll kuchlanishigi qarab zarralarining ortacha tartibli harakat tezligini aniqlash mumkin, bu esa mikroskopik malumotdir. Tezlikni tok zichligi orqali ifodalaylik: , unda . (24.2) Bu yerdagi - Xoll koeffitsienti deb ataladi. Xoll effekti boyicha tajriba qoyilib, olchansa, otkazuvchanlik zaryadlarining kontsentratsiyasi aniqlanar ekan. Shuning uchun Xoll effekti yangi materiallar bilan, yarimotkazgichlar bilan ishlovchi olimlarning muhim ilmiy quroliga aylangan. Tajribada qollanuvchi material Xoll koeffitsienti va magnit induksiya malum bolsa Xoll kuchlanishiga kora tok kuchini aniqlash mumkin. Aksinsa tok kuchi malum bolsa, unga kora magnit maydonni olchash mumkin. Fizikada Xollning kvant effekti ham ochilgan. Uning xossalari moddaning kvant xossalari bilan tushuntiriladi va bu hodisani kuzatilishi ham oson emas. kvant Xoll effekti atom fizikasida organiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.S. Orifjonov. Elektromagnetizm. Toshkent. 2011. 2.A.Detlaf, B.Yavorskiy. Kurs fiziki. 2 tom. Moskva. 3.http://physicsleti.narod.ru/fiz 4. http://fizportal.ru/physics/task Download 476.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling