Низомий номидаги тошкент давлат
Download 191.74 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5339380407538291349
- Bu sahifa navigatsiya:
- XONLIKLAR DAVRIDA ELCHIILIK TAOMILI
- Adabiyotlar
НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ IX – XII АСРЛАРДАГИ МАРКАЗИЙ ОСИЁ РЕНЕССАНСИ: ТАДҚИҚОТЛАР, ТАҲЛИЛЛАР ВА ХУЛОСАЛАР ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ Т Ў П Л А М И Тошкент – 2021 X.DAVRONOV Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti "Jahon tarixi" kafedrasi assistenti XONLIKLAR DAVRIDA ELCHIILIK TAOMILI Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, oʻzbek xalqi oʻzining juda boy va qadimiy tarixiga ega. Bu oʻlka inson madaniyati dastlabki kurtak otgan sarzaminlardan biri sanaladi. U butun tarix davomida umumbashariy qadriyatlarning takomillashuviga salmoqli hissa qo'shib kelgan. Ayniqsa, davlatning tashqi siyosat va diplomatiya masalasi mazkur hududda o'z tadrijiy rivojlanish yo'liga ega. Ushbu sohaning XVI-XIX asrlardagi rivojlanish tarixi, xususan, unda elchilarning o'rni masalasini tadqiq etish har qachongidan ham ahamiyatlidir. Elchining asosiy quroli so‘z ekanligi tarixiy manbalarida ko'p bor o‘z aksini topgan. Jumladan, XVII asrning oxirlarida yozilgan “Dastur al-muluk” asarida "elchi o‘tkir, yaltiroq shamshirga monand tildan chaqqonlik va mohirlik bilan foydalanishi lozim. Ammo uning ochiq yuzligi, go‘zal muomalasi biron-bir murosaga kelish yoki sulh tuzish paytida muloyim, yoqimli nutqidan taralib turgan so‘z javharlaridan bilinib tursin. Agar u o‘z nutqini avvalida dag‘al, qo‘rs, keskin so‘zlar borligini sezsa, bunday so‘zlarni yumshoqlik qaychisi bilan kesib tashlashi zarur. Elchi nutqining boshlanishida do‘q-po‘pisa tarzidagi so‘zlarni aytgan bo‘lsa, gapning xotimasini yaxshi, yoqimli munosabatlarni, mehribonlikni anglatadigan so‘zlar bilan tugatishi kerak 1 ", — deb qayd etiladi. Shuningdek, “Elchi ko‘zi to‘q, ko‘ngli boy bo‘lib, fe’lidagi ayb- nuqsonlarni aritmog‘i kerak”, - deb ta’kidlanadi. Bundan kelib chiqib, ko‘p hollarda elchilikka ma’naviy barkamollikka erishgan, turli ilmlarga ega kishilarni tayinlashga xarakat qilishgan. Buni O‘zbekiston xalqlarining turli davrlarida 1 Xoja Sa ma ndar Termiziy. Da stur ul-muluk. Podshoxla rga qo‘lla nma - T.: Sha rq, 1997. B- 80 hukm surgan sulolalar, hukmdorlar tomonidan boshqa davlatlarga yuborilgan elchilar misolida ham kuzatish mumkin. Ko‘p hollarda Markaziy Osiyodan uzoq va yaqin mamlakatlarga yuborilgan elchilik missiyasiga rahbarlik qilgan kishilar bilimdon shaxslardan, jumladan, musulmon ruhoniylaridan tayinlangan. XVI-XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida turli murakkab, nomutanosib va ziddiyatli jarayonlar kechdi. Bu jarayonlarda islom dini va musulmon ruhoniylari muxim o‘rin tutdilar. Ularning nufuzi yuqori bo‘lgan sohalardan biri davlatning boshqaruv tizimi edi. Xonliklarda mavjud bo‘lgan murakkab ma’muriy-boshqaruv tizimida turli darajadagi diniy bilimlar sohiblari muhim o‘rin tutganlar. Ular o‘zlarining bilim doiralari, tajriba va uquvlari bilan turli mansab va lavozimlarni egallaganlar. Ularda elchilar tayinlash yoki xonliklarga chet mamlakatlardan siyosiy, iqtisodiy, diplomatik maqsadlarda kelgan elchilarni kutib olish, ularni joylashtirish va xonlikdagi faoliyatiga javobgar mansabdor shig'ovul lavozimi mavjud edi . Bu lavozim egalari ham ko‘p hollarda musulmon ruhoniylaridan tayinlangan. Musulmon ruhoniylarning ayrim vakillari xonliklarning tashqi xalqaro aloqalarida faol ishtirok etganlar. Jumladan, 1633-yilda Buxoroning oliy hukmdori Imomqulixonning Moskvaga yuborilgan elchisi, ayni vaqtda yirik ruhoniy bo‘lgan Kamoliddin Xoji Ota quliga berilgan yorliqda quyidagilar qayd etilgan edi: «... ikki muqaddas shaxar xojisi Kamoliddin Xoji Ota quli xalif uyi martabasiga teng uyning qullaridan biridir... u Hind va Iroq va Tara va Qozon va Moskva va boshqa mamlakatlarning qimmatbaxo mollari va gazmollarini xarakat qilib topib kelgan», — deb qayd etiladi. Savdoda ruhoniylarning ishtiroki haqida XIX asrning 30-yillarida Markaziy Osiyoda bo‘lgan ingliz ofitseri A. Berns ham guvohlik berib, quyidagilarni qayd etgan edi. Ingliz ofitseri, karvondagi choy savdosi bilan mashg‘ul savdogarlardan biri bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Bu shaxs haqida A. Berns: «U xo‘ja edi... shu bilan birga u savdogar va ruhoniy edi» - deb qayd etadi 2 . 2 Ma nnonov B.S O‘zbek diploma tiya si ta rixi. – Toshkent.: JIDU, 2005. B-149. Diniy ulamolar ko‘p hollarda o‘z zimmasiga yuklatilgan tashqi siyosat borasidagi muayyan bir vazifani hal qilish bilan birgalikda o‘zi birga yurgan karvonlarning turli yerlardan eson-omon o‘tib olishlariga baholi-qudrat xissa qo‘shganlar. Shunday hollardan biri haqida 1558-1560-yillarda Xiva va Buxoro xonliklarida bo‘lgan «Moskva savdo kompaniyasi»ning vakili ingliz Antoni Jenkinson xabar beradi. Uning yozishicha, ularning karvoniga nisbatan tajovuzkorlik harakatlari vujudga kelganida karvondagi diniy ulamo «tatar Azi» yordamga kelib, yo‘lto‘sarlar bilan muzokaralar olib borgan va karvonning eson-omon o‘z manziliga yetib olishiga imkon yaratgan. Din peshvolarining ayrim vakillari o‘zlarining tashqi siyosiy aloqalar o‘rnatish va rivojlantirishdagi faoliyatlari bilan turli xalqlarning yaqinlashuvi, ular madaniyatlarining biri-biriga o‘zaro ta’sir etishiga xizmat qilganlar. Islom dini ulamolari va turli tariqat vakillari Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosiy aloqalari rivojida nafaqat bevosita, balki bilvosita rol o‘ynaganlar 3 . Zero, o‘rta asr manbalarida elchilar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan hislatlar haqida “Elchi uyat-andishali, sobit va tetik bo‘lishi kerak. U har bir mamlakat yozuvini o‘rgansa, yarashadi. Elchi turli tuman san’at-hunarlardan xabardor bo‘lsin”, - deb qayd etiladi. Shunday shaxslardan biri haqidagi XVI asr muallifi Xasanxoja Nisoriyning ushbu xabari diqqatga sazovordir. U “mashoyix va sayidlar natijasi Podshohoja bin Abdulvahhobxoja” haqida yozib, u shaxs “ayniqsa she’r san’ati va insho san’atini to‘la egallagandilar. Rum podshosi Xonngorga - mulki abadiy bo‘lsin — yoziladigan maktublarni alar insho qilganlar va bu xatlarni xazrat Xongor iltifot yuzasidan o‘z xazinasida (qimmatbaho matolar qatori) saqlashni buyurganlar”, - deb qayd etgan edi. O‘zbek xonliklariga jo‘natilayotgan Elchilar Moskvadan jo‘nash oldidan "ishonch yorlig‘i", ya’ni elchining shaxsini va elchilik vazifasini bajarishga vakil qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni hamda 3 Ma nnonov B.S. XIX a sr boshla rida gi Buxoroning xa lqa ro va ziyatiga oid sa yohatnomala r // “Insoniyatning mA daniy merosi – uchinchi ming yillikka ” Buxoro va Xiva 2500 yil: Xa lqa ro simpozium tezisla ri. – T.: O‘zbekiston, 1997. B- 65 elchining va elchilik missiyasining vazifasi batafsil bayon etilgan "yo‘riqnoma" olar edilar. Bu yo‘riqnomada, shuningdek, elchiga begona mamlakatda turli vaziyatlarda: yo‘lda, muzokaralar paytida, qabul paytida, bazmlarda va boshqa vaqtda o‘zini tutish, o‘z podshosining obro‘yini to‘kmaslik haqida ko‘rsatma berilar edi. XVIII asrdan boshlab esa Rossiyadan O‘rta Osiyoga kelgan har bir kishiga, u elchilik missiyasi a’zosi bo‘lmasa ham, hukumat idoralaridan maxsus ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar olib, ularda kommunikatsiya yo‘llari, shaharlar va boshqalarga e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlangan. O‘zbekistan davlatchiligining hamma davrlarida elchining barcha ilm soxalaridan xabardor bo‘lishi, keng qamrovli bilimlar egasi bo‘lishiga aloxida e’tibor berganlar. Bu xususda “Turli-tuman fan asoslarini o‘rgansin, ayniqsa, badiiy so‘z sirlarini yaxshi o‘zlashtirsin. Agar she’riyatni yaxshi xis etsa, tushunsa, buning ustiga o‘zi she’rlar ham yozsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Astronomiya, xandasa, ildiz chiqarish, yer satxini o‘lchash, matematika-geometriya ilmlarini elchi mukammal bilmog‘i lozim”, - deb qayd etiladi manbalardan birida. Elchilar har tomonlama komil bo‘lishi lozim bo‘lgan. Elchilar ega bo‘lgan xislatlar jumlasiga ularning muayyan jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishini ham kiritish mumkin. Xususan, ularning dadil bo‘lishi, “chavgon o‘yiniga mohir, yoy tortishga qodir, qushchilik, ovchilik sirlaridan xabardor bo‘lishi hamda shaxmat va nard o‘yinlarini mukammal darajada o‘zlashtirishi lozimki, toki hariflari undan ustun bo‘lmasin”, - deb qayd etiladi manbalarda. Elchi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan muhim fazilatlardan biri hozirjavoblik edi. O‘rta asr manbalarida, shuningdek, qanday toifadagi kishilarni elchilikka tayinlash nojoiz ekanligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, XVII asr muallifi Xoja Samandar Termiziy to‘rt toifa odamni elchi sifatida yubormaslik tajribada isbotlanganligi haqida yozar ekan, ularning asosiy jihatlarini ko‘rsatib beradi. Uning yozishicha, birinchi toifa vakillari “podshohdan jafo ko‘rgan», ikkinchisi “mol-mulki, hurmat-izzati podshoh g‘azab shamoli bilan sovurilgan”, uchinchisi “o‘z amalidan haydalgan”, to‘rtinchisi esa “podshohning zarari hisobidan o‘z manfaatini ko‘zlagan, ya’ni davlat manfaatidan o‘z manfaatini ustun qo‘ygan” kishilarni davlat elchisi qilib yuborish aqldan uzoq ish hisoblangan. Muarrixning qayd etishicha, asrlar davomida shakllangan tajribadan shu narsa ayon bo‘ladiki, “zebu ziynatidan, obro'-e’tiboridan judo bo‘lgan odamning qalbida alam- iztirob tikanagi qadalgan bo‘ladi. Shu bois bunday kishi dushmanning kuch-quvvati va shavkatini o‘z davlatining kuch-quvvatiga nisbatan ustun, ortiq, deb hisoblab, shunday bir paytda fursat topib, qalbida yashirinib yotgan adovatni yuzaga chiqarib, podshohiga xiyonat qilish yo‘liga kirib, unga qarshi fitna uyushtirishi mumkin”. Buni nafaqat elchilar, balki turli amaldorlar, o‘z mol-mulkidan ayrilgan shaxslar xatti-harakatida ham kuzatish mumkin. Elchilarni tayyorlashda ishlab chiqilgan talablardan biri — ogohlik va hushyorlik edi. Jumladan, XVII asrda qayd qilinganidek, elchi ikki masalada nihoyatda hushyor bo‘lishi, ya’ni “o‘z podshohiga sodiqligini ifodalash uchun mamlakatning nomusi, shon-shuhratini, saltanatning ulug‘vorligini ehtiyot qilishi, shuning bilan birga, dushman bilan bo‘lgan munosabatida uning makr-hiylasidan hamisha ogoh va hushyor bo‘lib turishi lozim” edi. Biror yurtga jo‘natilayotgan elchiga “podshohning tili” deb qaralgan va unga nihoyatda katta e’tibor va ahamiyat berish zarurligi uqtirilgan. Jumladan, safar oldidan elchiga safarning mohiyati va mazmuni, undan kutilgan natijalar ko‘p mubolag‘ali so‘zlar bilan tushuntirish ta’kidlangan 4 . Elchilar nafaqat mamlakatlar va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish, balki mamlakat ichidagi siyosiy qarama- qarshiliklarni bartaraf etishda ham faol ishtirok etganlar. Masalan, Xoja Samandar Termiziy Subxonqulixon tomonidan Samarqandda Xojaqulibiy o‘torchi boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish va u bilan yarashish bitimini tuzish uchun ikki marta elchi qilib yuborilgan. Elchilar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan fazilatlardan yana biri tadbirkorlik edi. Odatda uzoq yurtlarga yuborilgan elchilar ayni 4 Ma nnonov B.S O‘zbek diploma tiya si ta rixi. – Toshkent.: JIDU, 2005. B-149. vaqtda savdo ishlari bilan ham shug‘ullanganlar. Bunda savdoning ikki turi ular faoliyatida xarakterlaydigan jixatlarni yaqqol namoyon qiladi. Birinchi tur savdoda elchilar o‘z hukmdorlarining sovg‘alarini o‘zga yurt hukmdorlariga yetkazganlar. O‘z navbatida bu hukmdorlar elchi orqali uning hukmdoriga tegishli sovg‘a-salomlarni jo‘natgan. Bu holda olib kelingan mollardan, buni Rossiya bilan elchilik munosabatlarida yaqqol kuzatish mumkin, boj va soliqlar olinmagan. Ilmiy adabiyotlarda savdoning bunday turi sovg‘a-salom almashuv tarzida talqin qilinadi. Markaziy Osiyo xonliklariga tashrif buyurgan yoki xonliklardan o‘zga yurtlarga yo‘l olgan elchilar turli madaniyatlar, turmush tarzi, tabiiy va iqtisodiy boyliklarni o‘zaro ayirboshlash ishiga katta xissa qo‘shganlar. Ular o‘z mamlakatlarida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarni boshqa yurtlarga eltganlar, u yerlardan ham buning evaziga turli mahsulotlarni olib kelganlar. Elchilar davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarining mustahkamlanishiga ham hissa qo‘shganlar. Markaziy Osiyo xonliklari shaharlari turli karvon yo‘llari tutashib ketgan, qo‘shni dasht, uzoq va yaqin mamlakatlar aholisi vakillari tez- tez qatnab turadigan yirik markazlar edi. Ular jumlasiga xorijiy Sharq va G‘arb mamlakatlaridan kelgan elchilar, harbiylar, savdogarlar, sayohatchilar va boshqa shaxslarni kiritish mumkin. Ayniqsa, elchilar va boshqa rasmiy shaxslar o‘z oldiga qo‘yilgan turli maqsadlarni amalga oshirishda asrlar davomida shakllangan karvon yo‘llari bo‘ylab harakatlanib, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy holatini o‘rganganlar. Buning yorqin misoli sifatida “Moskva savdo kompaniyasi”ning vakili Antoni Jenkinson tomonidan 1558-1560-yillarda Markaziy Osiyoga amalga oshirilgan tashrifni kiritish mumkin. Moskva davlati hukmdori Ivan Grozniyning yorliqlari bilan Markaziy Osiyoga kelgan bu vakil o‘z oldiga qo‘yilgan muayyan vazifalarni bajarish barobarida xonliklarning yirik shaharlari savdo imkoniyatlarini ham o‘rgangan va savdo-sotiq bilan ham shug‘ullangan. Bu o‘rinda XVI asr muarrixi Hofiz Tanish Buxoriyning quyidagi ma’lumoti diqqatga sazovordir. Uning yozishicha, Abdullaxonning o‘g‘li Abdulmo‘minni sunnat qilinishi munosabati bilan o‘tkazilgan bayramda bog‘ atrofi “farang gazlamasi va turli xil rangdagi ipak gazlamalar bilan bezatilgan” edi. Yevropada ishlab chiqarilgan “farang gazlamasi bu yerga albatta turli yo‘llar bilan elchilar hamda mahalliy va xorijiy savdogarlar tomonidan keltirilgan bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyo xonliklarida xorijiy elchilarni kutib olish borasida ham bir qator tartiblar shakllangan edi. Xonliklarga kelgan elchilar mahalliy hukmdorlarning amaldorlari tomonidan tantanali kutib olingan. Bunga yorqin misol sifatida 1820-yilning 10-oktabrida Rossiyadan Buxoroga yo‘l olgan Negri missiyasini keltirish mumkin. Bu elchilikning tashkil etilishiga 1815-yilda Rossiya imperiyasi poytaxtiga kelgan amiri Haydarning elchisi iltimosnomasi asos b o‘lib xizmat qilgan edi. Unda savdo borasida shartnoma tuzish maqsadida Buxoroga rus elchiligi yuborishni so‘rab Rus hukumatiga murojaat qilingan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri K.V. Nesselrode Buxoro elchisining iltimosnomasini qabul qilib, podsho Aleksandr I bu taklifni ijobiy qabul qilishini aytadi. Biroq Buxoroga rus elchiligi faqatgina 1820-yilda yuboriladi. Elchilar zimmasiga ayrim hollarda muayyan vazifalar bilan birgalikda yashirin ma’lumotlar to‘plash vazifasi ham yuklatilar edi. Jumladan 1717-yilda Buxoroga Rossiyadan yuborilgan elchi Florio Beneveniga bir muhim maxfiy hujjat - uning Buxorodagi faoliyatiga oid yetti banddan iborat alohida topshiriq berilgan edi. Shunday qilib, Markaziy Osiyoda turli xalqlar, so‘ngra davlatlar miqyosida ehtiyoj kuchayib borgan elchi shaxsi o‘rta asrlar davomida Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar va mavjud bo‘lgan davlatlar - Buxoro, Xiva, Quqon xonliklari hayotida muhim rol egallaganlar. Bu davrda elchi va uning shaxsiga bo‘lgan talablar ham amaliy, ham nazariy jihatdan rivojlanib borgan. Elchi va u ega bo‘lishi lozim bo‘lgan hislatlar tizimi takomillashgan. Ular o‘rta asr mualliflarining bir qator asarlarida o‘z aksini topgan bo‘lib, bu davrda yashagan muarrixlar, adabiyotshunoslar, faylasuflar va boshqalar o‘z asarlarida keng qamrovli elchi obrazini xarakterlaydigan asosiy chizgilarni belgilab berishga muvaffaq bo‘lganlar. Adabiyotlar: 1. Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. Podshoxlarga qo‘llanma - T.: Sharq, 1997. B- 80 2. Mannonov B.S O‘zbek diplomatiyasi tarixi. – Toshkent.: JIDU, 2005. B-149. 3. Mannonov B.S. XIX asr boshlaridagi Buxoroning xalqaro vaziyatiga oid sayohatnomalar // “Insoniyatning mAdaniy merosi – uchinchi ming yillikka” Buxoro va Xiva 2500 yil: Xalqaro simpozium tezislari. – T.:O‘zbekiston, 1997. B-65 Download 191.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling