Nizomiy nomidagi tdpu 70111101-Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix) ta’lim yo‘nalishi magistranti Urakova Feruzaning


Download 13.66 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi13.66 Kb.
#1550036
Bog'liq
Urakova F. ichki taqriz


Nizomiy nomidagi TDPU 70111101-Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix) ta’lim yo‘nalishi magistranti Urakova Feruzaning
Mustaqillikdan keyingi yillarda Haj amallarini tashkil etilishimavzusidagi magistrlik ishiga
TAQRIZ
Dunyodagi deyarli barcha dinlarda mavjud bo‘lgan muqaddas joylarni ziyorat qilish an’analari mazmun va shakl jihatidan xilma xil bo‘lsa-da, har bir joyda o‘ziga xos mintaqaviy ahamiyat kasb etib kelgan. Iymon va e’tiqod masalasiga inson hayoti uchun ahamiyati muhim ekanligi, o’z diniy qadriyatlarimizni ulug’lab, ezozlab yashar ekanmiz, hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam iymon-e’tiqod bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o’zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanlik masalasi dolzarbdir.
Shu nuqtainazardan F.Urakovaning magistrlik dissertatsiyasi “Mustaqillikdan keyingi yillarda Haj amallarini tashkil etilishi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, ishning mazmunida tadqiqot maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti hamda amaliy ahamiyati o‘zaro bog‘langan holda to‘liq yoritilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni bilan aloqalari va unda Haj va Umra safarlarining aks etirilishi” deb nomlanib, unda Haj amallarini bajarishning mustaqillikdan keyingi davrdagi yozma manbalar va tadqiqotlarda yoritilish tahlili amalga oshirilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobini mustaqillik yillarida Haj ziyoratini tashkil etilishi mavzusini ilmiy adabiyotlarda yoritilishi haqidagi tahlillar tashkil etgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Haj ziyoratini tashkil etilishi mavzusi bo‘yicha tajriba-sinov ishlarining o‘tkazilish mazmuni deb nomlangan va ushbu bobda mavzuni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilshi davr talabi, mavzuni o‘qitishda oid ilg‘or ta’lim texnologiyalarning qo‘llashi va uning samaradorligi, noan’anaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashga doir tahlillar yoritilgan. Ta’lim tizimida mavzuni o‘qitishda tajriba-sinov natijalari keltirilgan.
F.Urakova tomonidan yozilgan “Mustaqillikdan keyingi yillarda Haj amallarini tashkil etilishi” mavzusidagi magistrlik ishi qo‘yilgan talablarga javob beradi. Uni himoyaga tavsiya qilaman.

Taqrizchi: Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti Jahon tarixi kafedra


dotsenti v.b, PhD A.Z.Mo‘minov
Download 13.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling