Shahrisabz davlat pedagogika instituti oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi magistranti Fayziyeva Farangis Muxiddin qizining “Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarida komillikning badiiy talqini” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishiga


Download 29 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi29 Kb.
#1614133
Bog'liq
ichki taqriz Farangis (2)


Shahrisabz davlat pedagogika instituti oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi
magistranti Fayziyeva Farangis Muxiddin qizining “Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarida komillikning badiiy talqini” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishiga
TAQRIZ

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatlari ortasida kechayotgan manaviy inqirozlar, ularning sabablari, yechimlari dolzarb jarayon bolishi bilan birgalikda, insoniyatning ertangi kuni uchun ham goyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida mamlakat strategik rivojining bosh omillari belgilanar ekan, “Mana shu strategiyaga muvofiq, barcha soha va tarmoqlar qatori madaniyat va san'at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari ravnaqini yangi bosqichga kotarishni biz oz oldimizga maqsad qilib qoyganmiz... Avvalo xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosini har tomonlama chuqur organish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va nuktadon shoirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uygotish, yosh avlodni gumanistik goyalar, milliy gurur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni kozda tutadi“. Shu jihatdan Fayziyeva Farangisning “Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida komillikning badiiy talqini” mavzusidagi dissertatsiya ishi bu borada ahamiyatlidir.


Magistrant dissertatsiyani yozish jarayonida Navoiyning komil inson haqida qarashlarini mutasavvuflar va oz asarlari asosida ozaro qiyoslagan holda tahlilga tortadi va “Mahbub ul-qulub” asarida tasvirlangan komil inson goyasida ijodkorning oziga xos tomondan yondoshganligini talqin etadi.
Ishning tarkibiy qismi umumiy tavsif, 3 asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat.
Ishning umumiy tavsifida mavzuning dolzarbligi, mavzuning organilganlik darajasi, maqsad va vazifalari bilan bogliq masalalar izchil yoritilgan.
Ishning dastlabki “Komil inson va badiiy tafakkur qirralari” bobida komil inson sifatlari mutasavvuf olimlarning komil inson haqida qarashlari asosida yoritilgan va Navoiyning bu boradagi oziga xos qarashlari va badiiy talqini xususida soz yuritiladi. Navoiyning falsafiy-tasavvufiy mazmundagi asarlarida komil inson fazilatlari, unga erishish yollari va “Mahbub ul qulub” asarida komil inson tarbiyasida jamiyat va ijtimoiy muhitning orni haqida soz boradi.
Ikkinchi “Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarida kamolot bosqichlarining badiiy talqini” nomli bobda Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida komillikning qirralari va kamolot bosqichlari bayon qilingan bolib bunda inson kamolotining bosqichlari va komillik sifatlari Navoiy qarashlari asosida tahlil qilingan.
Uchinchi bobda esa “Mahbub ul-qulub”asarida insonparvarlikning orni haqida soz boradi. Insoniy tushunchalar, odob ahloq qoidalari, turli insoniy sifatlar asar matni doirasida tahlil etilgan va bu tushunchalarning jamiyat hayoti uchun, barkamol avlodni tarbiyalash uchun nechoglik muhum ekanligi korsatilgan.
Ishning xulosa qismida barcha fikrlar umumlashtirilgan va asosli xulosa chiqarilgan. Alohida maqolalar ham tahlil qilingan. Bayon etilganlardan korinadiki, ish muallifi mavzu yuzasidan mustaqil fikrga ega.
Ishda himoyaga qadar tuzatish mumkin bolgan ayrim imloviy xatoliklar mavjud.
Fayziyeva Farangisning “Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarida komillikning badiiy talqini” mavzusidagi dissertatsiyasini tugallangan tadqiqot sifatida ijobiy baholayman va ochiq himoyaga tavsiya etaman.


Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Tillar fakulteti dekani f.f.n.dots.Muhammadiyev A.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling