Foundation kursi: Video taqdimot hisoboti
Download 66.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqrejalashtirish ffk 10 4 mini group
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish qismi
- Vazifalar bo’limi
ISFT Instituti 22-FFK-10- MINI GURUH-4 Semestr 1 / FEVRAL, 2023 Video taqdimot hisoboti Guruh a’zolari: Turgʻunboyev Arslonbek Umirzoqov Sardor Bobomurodov Abbos Umurzoqov Shodiyor Omonov Samandar Foundation kursi Fan o’qituvchisi: Kholiqov Ravshan Mavzu: “Rejalashtirish mohiyati 1. Kirish qismi. “Rejalashtirish mohiyati” mavzusini guruh a’zolari bilan muhokama qilindi. Reja intizomiga to`la rioya qilish va uni operativ nazorat qilish rejalashtirishning muhim tamoyili hisoblanadi. Rejalarni amalga oshirish jarayonida turli sabablarga ko`ra nomutanosibliklar, reja ko`rsatkichlaridan chetga chiqishlar va belgilangan vazifalarni bajarilmay qolish ehtimollari vujudga kelishi mumkin. Shu tufayli reja ko`rsatkichlarining bajarilishini doimo nazorat qilib borish, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, zarur ichki rezervlarni qidirib topish va zarur bo`lganda reja ko`rsatkichlariga tuzatishlar kiritib borish talab etiladi. Shu sababli biz har qanday biznesni yuqori maqsad uchun aniq strategiyaga tayangan holda amalga oshirish mumkinligi bizda qiziqish uyg’otdi. R.T.Tursunov, N.X.Xakimov, N.T.Pulatov “Biznes Strategiyasi” darsligidan foydalanildi. 2. Vazifalar bo’limi. Guruh a’zolari birgalikda “Rejalashtirish mohiyati” mavzusini rejalar asosida taqsimlab video taqdimot yaratildi. Turgʻunboyev Arslonbek, Umirzoqov Sardor, Bobomurodov Abbos, birgalikda “Biznes - Strategiya – maqsadlarga erishish” mavzu qismini yoritib berishdi. Umurzoqov Shodiyor ,Omonov Samandar “Qayerdan boshlash kerak?” mavzu qismini yoritib berdi. Mavzuning “Biznes - Strategiya – maqsadlarga erishish” qismi - talabalarda biznes strategiya asoslari, strategik modellar, kompaniya va korporatsiyalarning faoliyatini tahlil qilishda mavjud strategik modellami ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash uslublari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat. Mavzuning “Qayerdan boshlash kerak?” qismi - O'z biznesini noldan boshlash tasavvur qilganimizchalik darajada qiyin emas, ammo ko'pchilik ish boshlayotgan tadbirkorlar qayerdan boshlashni va biznes sohasinini qaysi yo'nalishini tanlashni aniq bilishmaydi. Hatto inqiroz davrida ham siz foydali strategiyani topishingiz va amalga oshirishingiz mumkin. Shunday ekan, ichki bozorlarda sifatli tovarlar ulushining pasayishi va ularning narxini juda ham ko'tarilishiga olib kelgan hozirgi iqtisodiy vaziyatlar, ish boshlash uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi. Mavzuning “Yangisinimi yoki mavjudinimi?” qismi – Biznes strategiyaning yangi yoki avvaldan mavjudining afzalliklari va kamchiliklari to’g’risida so’z boradi. Mavzuning “Biznesning asosiy manfaatdor tomonlari (sub'yektlar)” qismi - Funksional ixtisoslashuviga ko'ra tadbirkorlik subyektlari haqida so’z boradi. Mavzuning “Biznes g’oyalarni himoya qilish” qismi – Mualliflik huquqi, Patent, Savdo belgisi va Diversifikatsiya haqida ma’lumot berilgan. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika–sanoat–moliya rejalari, qurilish–moliya rejalari, transport–moliya rejalari tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib o’z o’rnini biznesni rejalashtirishlarga bo’shatib berdi. Biznesni rejalashtirishda biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi. Ko’pchilik, ayniqsa, amaliyotchilar ushbu hujjatni tayyorlashning nafaqat muhim, balki juda murakkab ekanligidan ham xabardorlar. «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznesni rejalashtirish» kitobi mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning «biznesni rejalashtirishga ega bo’lib, siz professionalga aylanasiz, o’z biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo’ladi»2deb aytganligi bejiz emas, albatta. Haqiqatdan ham, biznesni rejalashtirish bu biznes ummonidagi mayoq, biznesning hozirgi va kelajakdagi holatining suratidir. U yangi paydo bo’layotgan biznesning yuragidir. Biznesni rejalashtirish bo’yicha xorijiy adabiyotlar oqimining o’sishi ushbu sohaga ma‘lum bir aniqlik kiritib, uning ilmiy–uslubiy asoslarini boyitdi. Ayrim mualliflar fikr va mulohazalarini keltirib o’tishga harakat qilamiz. Masalan, yuqorida aytib o’tilgan «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznesni rejalashtirish» asarida bu savol asosan yakka tartibda o’z biznesini ochish niyatida bo’lgan shaxslarga yo’naltirilgandir. Unda, xususan, «biznesni rejalashtirish korxonangiz gullab–yashnashi uchun kerakli yo’lni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi hujjatdir. Biznesingiz bilan bog‗liq bo’lgan eng ahamiyatli holat bu menejmentdir. Qisqasi bu – siz» degan mulohaza oldinga suriladi. Download 66.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling